Baynialminallik
(“inter” — orasida, o‘rtasida, aro, “natio” -
xalq) — o‘ zga millat va elatlarning
haq-huquqlari, erki, urf-odatlari,
an’analari, turmush tarzi, tili hamda vijdon erkinligini hurmat
qilish, ulaming manfaatlariga ziyon yetkazmaslikni
ifoda etuvchi
shaxsga xos ma’naviy-axloqiy fazilat.
Bakalavriat
- mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha fundamen
tal va amaliy bilim beradigan, ta’lim olish muddati kamida to‘rt yil
davom etadigan tayanch oliy ta’ lim.
Bashoratlash
- bo‘lajak darsni tashkil etilishining turli variant-
larini baholash va ulardan qabul qilingan nxezonlarga muvoflq eng
ma’qulini tanlab olish.
Baho
- ta’lim oluvchilarga ulaming ta’lim olishi, bilimlami
o‘zlashtirishga nisbatan ijodiy yondoshishini rag‘batlantirish
maqsadida ta’sir ko‘rsatish vositasi.
Bilim olish
-
borliqni idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va
muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko‘nikma,
malakalarining mustahkamlanib, mavjud
bilimlarning takomil-
lashib, boyib borish jarayoni.
Boshlang'ich ta’lim
- o ‘quvchilarga murakkab bo‘lmagan
ilmiy bilimlami berish asosida ularda o'qish, yozish va hisoblashga
oid dastlabki bilim, ko‘nikma hamda malakalami shakllantirish
asosida ularda shaxsiy gigiyena va sog‘lom
turmush tarzi ele-
mentlarini hosil qilish bosqichi.
Boshlang‘ieb ta’lim pedagogikasi
- boshlang‘ich sinflar
o‘quvchiIarini
tarbiyalash, ularga ta’lim berish, ulaming o‘ziga xos
psixologik hamda fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish,
shuningdek, ulami intellektual, ma’naviy-axloqiy
va jismoniy
jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o‘rganadi.
Bilim
- borliqni bilish jarayonining amaliyotda tasdiqlangan
natijasi. Obyektiv reallikning inson ongida adekvat aks ettirilishi
(tasawur,
tushuncha, mulohaza, nazariyalar). U kundalik, ilmiy,
empirik, naz£uriy bilimlarga ajratadi. Kundalik bilim sog‘lom fikrga
va kundalik amaliy faoliyat shakllariga asoslanadi. Insonning atrof-
492
muhitga
moslashuvi, uning xatti-harakatlari va oldindan ko‘ra
bilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ilmiy bilim -
tizimli, asosli va narsa, hodisalar mohiyatiga chu
qur kirib boradigan bo‘ladi. U empirik va nazariy darajada boMadi.
Empirik bilim -
bilishning kuzatish, о‘lchash, tajriba usullarini
qo‘llash natijasi. Narsa-hodisalarning sifat va miqdor ko‘rsatkich-
larini ifodalaydi. Empirik ko'rsatkichlar orasidagi bogiiqliklaming
muntazam takrorlanishi empirik qonunlar yordamida ifodalanadi,
ular, ko‘pincha, ehtimollik xususiyatiga ega bo‘ladi.
Nazariy bilim
- empirik holatlami tasvirlash, tushuntirish, ya’ni
narsa-hodisalar mohiyatini bilish imkonini beradigan qonunlami
ochishni nazarda tutadi.
Bilish
- obyektiv borliqning ongda aks etishining
oliy shakli,
haqiqiy bilimlar hosil qilish jarayoni. Bilish quyidagi darajalarda
bo‘ladi:
Dostları ilə paylaş: