Aqliy tarbiya
- shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to‘g‘-
risidagi bilimlami berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkuri
va dunyoqarashini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik
jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.
Absolyut va nisbiv haqiqat
- bilish jarayonining taraqqiyotini
belgilovchi kategoriyalar. Nisbiy haqiqat o‘sib absolyut haqiqatga
aylanadi.
Abstrakt tafakkur
- narsa va hodisalaming bevosita idrok
qilish mumkin bo‘lmagan
xususiyatlari, o‘zaro munosabatlari,
qonuniyatlari haqidagi mavhum tushunchalar asosida fikrlash turi.
Bunda mavhum tushunchalar hosil qilinadi.
Abstrakt tushuncba
- narsa
va hodisalaming mavhum beigi,
xususiyat, sifat va o‘zaro munosabatlarini aks ettiradigan tushun
chalar.
Avtoritar pedagogika (avtoritar pedagogik texnologiya) -
ta’lim-tarbiya jarayoniga rahbarlikda o'qituvchining obro‘siga
asoslanish, unga o‘quvchilaming ko‘r-ko‘rona, so‘zsiz itoat etish-
lari. Bunda o‘quvchilaming erkin va mustaqil fikrlashlari, shunday
harakatlar qilishlari cheklangan bo‘ladi.
Avtoritet
- shaxsning boshqalar e’tirof qilgan obro‘si, fazilati,
boshqalarga nisbatan ta’siri va ular tomonidan qadrlanishi.
Avtoritet chin yoki soxta bo‘ladi.
Adaptiv mashg‘ulot
- o‘quvchining tashqi muhitga, jamoaga,
mehnat vazifalarini bajara olishga moslashuvini ta’minlashga
qaratilgan mashg‘ulot.
Atama
- tabiiy tildagi so‘z yoki so‘z birikmalari (real yoki
abstrakt narsalami ifodalovchi). Atamaning u yoki bu kontekstdagi
ma’nosi to‘g‘risidagi
masala doim muhokama qilinadi, chunki
odatdagi til ko‘p ma’noli. Odatdagi til ko‘p ma’noli bo‘lgani
sababli, atamaning har bir holatdagi qo‘Ilanilishi ma’nosi
muhokama qilib boriladi.Bir fan yoki
ilmiy nazariyada atamalar
bitta ma’noda ishlatiladi.Atamalar nazariy, empirik turlarga ajrati-
ladi. Nazariy atamalar tajriba bilan asoslangan, empirik atama esa
tajriba orqali tasdiqlangan xulosalarga tegishli bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: