bosq ichi) davrlarda markaziy nerv tizimining zararlanishi natijasida
yuzaga keladigan aqliy yoki psixik rivojlanmaslik.
Oliy ta'lim
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asosla-
nib, ikki bosqich (bakalavriyat hamda magistratura)da
tashkil
etiladigan hamda mutaxassisliklar yo‘nalishlari bo‘yicha xalq
xo‘ja!igining turli sohalariga oliy ma’lumotli mutaxassislami
tayyorlab beruvchi ta’lim bosqichi.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim
- jamiyatning
oliy mala-
kali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondi-
rish, shaxsning ijodiy ta’lim - kasb-hunar manfaatlarini qanoatlan-
tirishga qaratilib, oliy o‘quv yurtlari va
ilmiy-tadqiqot muassasa-
larida tayanch doktorantura va doktoranturada ta’lim olish,
shuningdek, mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish asosida
amalga oshiriladigan ta’lim bosqichi.
Oraliq nazorat
- o‘quvchilar tomonidan o‘quv materialining
muayyan bob yoki bo‘limIari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim,
ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli.
Dostları ilə paylaş: