‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə257/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

Rag‘batlantirish 
- tarbiyalanuvchining xatti-harakati va fao- 
liyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko‘ngi- 
lini ko‘tarish va uni qo£llab-quwatlash usuli.
Rivojlanish 
- shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida 
namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda 
etuvchi murakkab jarayon.
Reyting 
(baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash) - 
muayyan hodisani oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baholash.
Sinf 
- yoshi va bilimi jihatidan bir xil bo‘lgan, ma’lum 
o‘quvchilar guruhi.
Surdopedagogika 
(yunoncha “surdus” - kar) - eshitish qobiliya­
ti buzilgan bolalami o‘qitish va tarbiyalash jarayonini o'rganuvchi 
fan; 
korrektsion (maxsus) pedagogikaning yana bir muhim sohasi.
Suhbat 
- savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi.
Tamoyil 
- (yunoncha “principium”) - biror-bir nazariyaning 
asosi, 
negizi, asosiy boshlang‘ich qoidasi; boshqaruvchi g‘oya, 
faoliyatning asosiy qoidasi; umumlashtirilgan talab.
Tarbiya 
- muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajri­
ba 
asosida shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori 
va 
dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Tarbiya jarayoni 
- o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tar- 
biyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga 
yo‘naltiri!gan samarali hamkorlik jarayoni.
507


Tarbiya mazmuni 
- shaxsning shakllanishiga qo‘yiluvchi 
ijtimoiy talablar mohiyati.
Tarbiya metodi 
(yunoncha “metodos” - yo‘l) - tarbiya maqsa- 
diga erishish yo‘li; tarbiyalanuvchilaming ongi, irodasi, tuyg‘ulari 
va xulqiga ta’sir etish usullari.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin