Metodologiya
- bilishning ilmiy metodi haqidagi ta’limot.
Biror fanda qo‘llanadigan metodlar majmuasi.
Motiv
- odamni o‘qishga yoki biror
harakatlami bajarishga
undovchi turli sabablar yig‘indisi.
Nazorat
(ta’lim jarayonida) - ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma
va malakalari darajasini
aniqlash, o‘lchash va baholash jarayoni.
Nafosat didi
- shaxsning buyum yoki hodisaga nisbatan muno-
sabat bildirish turi, obyektiv nafosat o'lchovi.
Nafosat madaniyati -
go‘zallikni his etish, undan zavqlanish,
mavjud go‘zalliklami asrash va boyitish yo‘lida o‘zlashtirilgan
bilim hamda amalga oshiriladigan nafosat faoliyatini tashkil
etish
darajasining sifat ko‘rsatkichi.
Nafosat ongi -
go‘zallik, go‘zallikni his etish, uning mohiyatini
anglash, nafosat his-tuyg‘usi, nafosat
didi kabi tushunchalaming
ongda aks etishi.
Dostları ilə paylaş: