‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə260/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

509


Test 
- aniq maqsad asosida muayyan holat darajasini sifat va 
miqdoriy ko‘rsatkichlarda belgilashga imkon beravchi sinov 
vositasi.
Topshiriq 
- o‘quvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy 
tajriba ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida qo‘llaniIadigan 
usul.
Tushuntirish 
- o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umum- 
lashma, taqqoslash asosida bayon qilish.
To‘garak 
- o‘quvchilaming qiziqish va qobiliyatlarini rivoj- 
lantirish maqsadida sinfdan yoki maktabdan tashqari sharoitda 
uyushtiriluvchi qo‘shimcha ta’lim shakli.
Taktika 
- bosh maqsad yo‘lida xususiy, oraliq masaialami 
hal qilishga yo‘naltirilgan harakatlami tashkil qilish usuli. 
Pirovardida strategik maqsadlarga ko‘proq samara bilan erishishni 
ta’minlash uchun sharoitning o‘zgarishlarini mos ravishda hisobga 
olish.
Tafakkur operatsiyalari 
- qiyoslash, tahlil, sintez, abstrakt- 
lashtirish, umumlashtirish, konkretlashtirish, tasniflash, tizimlash.
Ta’lim dasturi 
- о‘quv fanlarining bakalavriat yo‘nalishlari 
yoki magistratura mutaxassisliklariga qo‘yiladigan malaka talab- 
lariga muvofiq kadrlaming zaruriy va yetarli darajadagi tayyorgar- 
ligini ta’minlovchi, bloklarga jamlangan ro‘yxati.
Ta’limning jamoa usuli (jamoa ta’limi) 
- o‘quvehilaming 
bir-birini o‘qitish shakli. Har bir o‘quvchiga yangi dars mavzusi 
bo‘yicha bir varaqdan kam bo'lmagan hajmdagi ilmiy matn yoki 
maqolani qayta so‘zlab berish va hamma savollarga javob bera 
olish darajasida o‘rganish topshiriladi. Har bir o‘quvchi navbatma- 
navbat bir necha o‘quvchi bilan bittadan abzatsni, misolni, savolni 
o‘zaro muhokama qilib, o‘zlashtiradi. So‘ngra kichik guruh yoki 
butun sinf oldida so‘zlab beradilar va o‘qituvchining savollariga 
javob qaytaradilar, yozma bayon qilishlari ham mumkin. Bu usulni 
qo‘Hash jarayonida yakka va guruhli ta’lim shakllari ham amalga 
oshiriladi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin