‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

predmetiami
tabaqali 
o‘rganish asosiy o'rin oladi.
Taiimning boshlangich bosqichida integratsiyalangan kurslar 
kiritilishining sababi bolalarda yaqqol tabaqalangan kurslarga 
qiziqish boimasligi, ya’ni ana shu davrda ular dunyoni yaxlit 
bilishi va idrok etishidir. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchini 
bilimlami o‘zlashtirish jarayonining o‘zi qiziqtiradi. Predmetni 
bilishga qiziqish aqliy faoliyatning murakkab shakllari rivojla- 
nishiga va keyinchallk predmetlaming tavsiflanishigabog4 liq holda 
vujudga keladi. Amaliyotdan ko‘rinadiki, yangitipdagi maktablami 
yaratish, taiim mazmunidan ortiqcha mamuraviylashtirish va 
cheklashlami chiqarib tashlash orqali ta’limdagi qoliplaming
112


barham topishi ancha tezlashmoqda. Lekin ta’lim jarayonining 
o‘zini qayta qurish, o‘qituvchi bilan o‘quvchilar munosabatining 
uslublarini o‘zgartirish natijalari yaxshi sezilmayotir.
Maktablarda ta’limning mazmunini yangilash borasidagi 
tadbirlar va echimlar orasidagi o‘rta maktab o‘quv materiallarini 
quyi sinflarga oddiygina ko‘chirish bilan o‘quvchilaming 
qobiliyatini tezroq rivojlantirishga, ta’limning sifatini oshirishga 
intilishlar ham uchramoqda. Bunday materiallar esa bolalar 
0
‘zlashtirishining psixologik xususiyatlariga ham, quyi sinfdagi 
o‘qitish metodlariga ham to‘g‘ri kelmaydi. Shunga ko‘ra, mazkur 
tadbir ortiqcha so‘zlarni kiritish, axborotlarni ko‘paytirish bilan 
ta’limning mazmunini murakkablashtiradi va hajmini oshiradi, 
bolaning xotirasi cheksiz bo‘lsa-da, uning uchun o‘quv 
mashg‘ulotini qiyinlashtiradi, xolos. Insonparvar munosabatni 
barpo etish qadriyatlaming o ‘zgarishini talab qiladi. Endilikda 
boshlang‘ich ta’limda bilimlarning tayyor shakllarini o‘zlashtirish 
va, asosan, faoliyatning qayta tiklash turlaridan foydalanish emas, 
balki bola faoliyatining bilim olish jarayoniga bog‘liq izlanish 
turlarini faollashtirish kerak. Psixologlarning tadqiqotlaridan 
ma’lum bo‘lishicha. ta’lim ana shu yo‘sinda qayta qurilsa, bola 
to‘liq kamol topish subektiga aylanadi, Shunda u faqat qayta tiklash 
va to‘ldirish lozim boigan bilimlar bilan ta’minlanadigan 
pedagogik ta’sir ko‘rsatish obyekti hisoblanmaydi. Bola faoliya­
tining jamoaga taqsimlangan shakllarida yoki o‘qituvchi bilan birga 
ishlashda mustaqil bilim olish jarayoniga faol kirishadi va o‘zining 
ijodiy qobiliyatlarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Xususan, mustaqil bilim olish jarayonidagi faol izlanish ishlarida, 
hatto qiyinchiliklarga duch kelinsa ham, bolaning sog‘ligiga ijobiy 
ta’sir etadi. Shifokorlar va psixologlarning tasdiqlashicha, bolalar 
faolligining ro‘yobga chiqmasligi ularga yomon ta’sir ko'rsatishi, 
intizomsizlikni, huquq buzish hollarini vujudga keltirishi, bolalami 
,,yuqoriga“ emas, balki ,,pastga“ yetaklashi mumkin. Ta’lim 
mazmunini qayta qurishning butun murakkabligi shundaki, 
bolalami kamol toptirish talabi ulaming ijodiy ishlashini 
kuchaytiradigan metodlami faol qo‘llashga olib boradi, ko‘nikma 
va malakalarni shakllantirish zarurligi esa tafiikkuming reproduktiv


komponentlaridan voz kechishga yo‘l qo‘ymaydi. Bunda ularni 
oqilona birlashtirish, tafakkurning samarali va reproduktiv 
komponentlari shakllanishining dialektik birligiga erishish, ayrim 
tadqiqotchilar taklif qilayotganidek, reproduktiv komponentlarni 
inkor qilmaslik kerak.
Jamiyat uchun nihoyatda zarur altemativ maktablarga bola- 
laming yaxshi o‘sgan va tayyorlangan sara qismi yig‘ilayotgan, 
qolgan barcha bolalami o‘qitish odatdagi maktablarga yuklanayot- 
gani sababli insonparvar pedagogika g‘oyalarmi amalga oshirish 
yoiiga kirgan ommaviy maktabning vazifasi juda murakkab- 
lashmoqda. Tabiiyki, bunday maktablarda ham bolalarga ma’lum 
bilimlar doirasida iaxborotlar berish va dastlabki ko‘nikmalarai 
singdirish bilan cheklanish mumkin emas: ulami imkoni boricha 
yuqori darajada kamol toptirish kerak.1
Dastur.
0 ‘quv dasturlari DTSga asoslanib tuziladigan davlat 
hujjati boiib, unda ma’lum bir o‘quv fani bo‘yicha o‘qitiladigan 
bilim hajmi va taiim mazmuni ifodalanadi.0‘quv dasturi odatda 3 
qismdan iborat boiib:
Birinchi boiim uqtirish xatidir. Bu qismda fanni o‘qitishning 
maqsad va vazifalari, yo‘nalishlari, dasturdan foydalanish tartibiga 
oid metodik maslahatlar beriladi.
Ikkinchi boiim da o‘quv fanining asosiy mazmuni o iga- 
niladigan nazariy va amaliy materiailar, ular o‘rtasidagi aloqador- 
lik, mavzular bo‘yicha o‘rganiladigan bilimlar koiam i va o‘quv- 
chida hosil qilinadigan ko‘nikma va malakalarmajmui ko‘rsatiladi. 
Dasturdagi mavzular taiim standarti bo‘yicha o‘quvchilar 
bilimining zaruriy va yetarli bilim darajasini o‘z ichiga olmogi 
lozim.
Uchinchi boiim da o‘quvchilar qo‘shimcha ravishda o‘rga- 
nishlari lozim boigan adabiyotlar ro‘yxati beriladi.
0 ‘quv dasturi quyidagi prinsiplar asosida tuziladi:

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin