‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


Nazorat uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

Nazorat uchun savol va topshiriqlar:
1. Umumiy o‘rta ta’limning davlat taiim standartini izohlang.
2. 0 ‘quv rejasi, dasturlar va darsliklar nimalarga asoslanib 
tuziladi.
3.0 ‘quv rejasini tuzishda qanday omillarga asoslaniladi?
4.0 ‘quv dasturi qanday prinsiplami o‘z ichiga oladi?
5.Darsliklarni tahlil qilishda nimalarga e ’tibor berishimiz 
kerak.
121



BOB. 0 ‘QITISH JARAYONI
1 .0 ‘quv jarayonini tashkil etishning shakllari
О‘quv jarayonini tashkil etishning shakllari haqida tushuncha. 
Ta’lim ijtimoiy hodisa bo‘lib, uning tarixi juda uzoqdir. Ta’lim 
kishilik jamiyati rivojining dastlabki davrlaridayoq katta rol 
o‘ynagan. U to‘plangan tajribalami, dunyo haqidagi axborotlami 
berish jarayonini ta’minlagan, insoniyatning faqat ijtimoiy 
rivojlanishiga emas, balki qiyin sharoitlarda yashay olishiga ham 
yordam bergan.Ta’limning tashkiliy masalalalari Al-Forobiyning 
“Fan va aql zakovat” asarida o‘quv fanlarini guruhlarga bo‘lib 
o‘qitish. Ulaming tarbiyaviy mohiyatini ochib berish masalalariga 
bag‘ishlangan. 
Uzluksiz rivojlangan jamiyatda ta’limning 
mukammal jamoa shakli, ya’ni dars ming yillar mobaynida vujudga 
kelgan. Y.A. Komenskiy “Buyuk didaktika” asarida tarbiyaning 
oldingi barcha tajribalarini umumlashtirdi, sinfhing dars tizimida 
ta’limning asosiy didaktik prinsiplarini izchil ifodaladi. 0 ‘sha 
zamondan buyon 350 yil o‘tdi. Shuncha vaqt mobaynida darsning 
tashkiliy shakllari ham, ta’limning metodlari ham uzluksiz 
takomillashib bordi.
Xalq maktablari tashkil topganidan boshlab o‘qituvchi va 
o‘quvchilaming o‘zaro hamkorligi hamda о‘zaro munosabati 
muammolari ham vujudga kelgandir. Ma’lumki, o‘qituvchining 
bilimi uning darsdagi va uydagi faoliyatining xarakteriga bevosita 
bog‘liqdir, faoliyatsiz bilimlar ham bo‘lmaydi. 0 ‘qituvchi ajoyib 
yo‘sinda dars o‘tishi, lekin bu darsning natijasi muayyan o‘quvchi 
uchun hech narsaga arzimasligi mumkin.
Shularga ko‘ra, o‘qituvchi o‘zini ana shunday o‘quvchining 
o‘miga qo‘ya bihshi, uning darsdagi faoliyatini va unga maktabda 
butun o‘qish davridagi munosabatini tasaw ur qilishi g‘oyat 
muhimdir. Zotan tarbiya va ta’lim asta-sekin amalga oshadi hamda 
o‘quvchiga barcha darslar majmui qanday ta’sir etishiga, o‘quvchi
122


o‘qituvchi rahbarligida ongli va faol bajaradigan ishlarning hajmi 
hamda muntazamligiga bog‘ liqdir.
0 ‘qituvchining vazifasi - darsda tafakkur va faoliyatning ana 
shu turlarini eng to ‘g‘ri uyg‘ unlashtirishdir. Binobarin, bunday 
uyg‘unlik dars samaradorligini oshirishning muhim omilidir. 
0 ‘qituvchi dars muammolariga to‘g‘ri yondashishi uchun taiim
jarayonining asosiy komponentlarini bilishi, ulaming o‘zaro 
bog‘liqligi va bir-biriga ta’sirmi tushunishi lozim. Obyektiv 
mavjudlikning mohiyatini bilishi taiimning maqsadlaridan biridir.
TaTimda bilimlarni o‘zlashtirish jarayoniga quyidagi kompo- 
nentlar kiradi:
1 .Hodisalami, narsalami kuzatish, axborotlami idrok etish.
2.01ingan axborotlami tahlil qilish (bilimlaming xarakterli 
belgilarini aniqlash, taqqoslash, ko‘chirish, birinchi jarayonda 
olingan axborotlami o‘zgartirish va undan olingan axborotlar 
doirasidan chiqish).
3.Eslab qolish.
4ishlar, umumlashtirishlaming to‘g‘riligini tekshirish hamda 
baholash.
Umuman aytganda, ta’limni boshqarish o'qituvchi o‘qish jara- 
yonining asosiy strakturasi, elementlari, xususan, о‘quv mate- 
rialining mazmuni, taiim metodlari, faoliyat usullari, shakllari va 
vositalari to‘g‘ri amalga oshuvi hamda o‘zaro ta’sirim ta’min- 
lashdan iboratdir.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin