‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


Dars - maktabda o‘quv ishlarini tashkil qilishning asosiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

3.Dars - maktabda o‘quv ishlarini tashkil qilishning asosiy
shakli
Hozirgi paytda о'quv ishlarini tashkil etishning quyidagi 
shakllari qoilanadi: dars, ekskursiya, о‘quv ustaxonalaridagi 
mashg;ulotlar, mehnat va ishlab chiqarish taiim i shakllari, uy 
ishlari, sinfdan tashqari o‘quv ishlarining shakllari (predmet 
to‘garaklari, studiyalar, olimpiadalar, tanlovlar).
Pedagogik adabiyotlarda va maktab amaliyotida darsdagi 
ishlami tashkil etishning asosan uchta: yakka tartibdagi, umumiy
125


va guruhiy shakllari qabul qilingan. Biz darslardagi va uydagi 
yakka tartibdagi ishlar deganda o‘quvchilarning o'zlari uchun 
maxsus tanlangan va har birining imkoniyatlariga mos topshiriqni 
bajarishlarini tushunamiz. Shunga ko‘ra o‘qituvchi o'quvchining 
o‘ziga xos imkoniyatlarini aniq lab, unga faqat tayyor namuna 
bo‘yicha emas, balki mustaqil holda ishlashni ham talab qiladigan 
topshiriqlar sistemasini tanlaydi. Bunday ish tasodifiy emas, balki 
muntazam, puxta o‘ylangan bo‘lishi va bunda o‘quvchining 
xususiyatlari hamda imkoniyatlari hisobga olinishi lozim. О‘quv chi 
imkoniyatlarining ikki tomoni nazarda tutilishi zarur. 0 ‘quv 
imkoniyatlarining ichki tomoniga fikrlash va eslab qolishdan iborat 
o‘qish qobiliyati; o‘quvchi iigarigi ta’limda olgan maxsus bilimlar, 
shuningdek, o‘quv mehnatiga doir ko‘nikma va malakalarning, 
ma’lum darajada ish qobiliyati va mas’uliyatning, o‘qish sabablari 
majmuyining mavjudligi kiradi. 0 ‘quvchi imkoniyatlarining tashqi 
tomoni unga maktabda xilma-xil ta’sir ko‘rsatishdan va uning oila 
muhitida oladigan taassurotlaridan iboratdir. Yakka tartibdagi 
ta’lim har bir o‘quvchiga yetarli darajada chuqur va puxta bilimlar 
berish uchun, har bir o‘quvchi maqsadga muvofiq kamol topishini 
va zararatga qarab o‘zining bilimlarini mustaqil holda to‘ldirib 
borish ko‘nikmalariga ega bo‘lishini ta’minlash uchun kerak. 
Yakka tartibdagi ishlami darsning hamma bosqichlarida tashkil 
qilish maqsadga muvofiqdir. Bunday ishlardan bilimlarni 
mustahkamlash, takrorlash va turli mashqlami uyushtirishda 
foydalanish juda osondir. Ular yangi materialni o' rganishda ham 
g‘oyat samaralidir. 0 ‘quvchilar bilan olib boriladigan yakka 
tartibdagi ishlar rejasini quyidagi yo‘sinda tuzish mumkin:
- dastlab mustaqil ishlami o‘tkazish hamda o‘quvchi 
yashaydigan va o‘qiydigan sharoitlami tahlil qilish orqali uning 
imkoniyatlarini o‘rganish;
- o‘quvchilar bilan yakka tartibda ishlashning didaktik 
vositalarini yaratish;
- har bir o‘quvchi uchun eng maqbul topshiriqlami hamda 
bilim olishi va kamol topishini nazorat qilish sistemasini belgilash, 
o‘quvchini o‘z vaqtida murakkabroq masalalarni hal qilishga
126


o‘rgatish, amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish va umumlashtirish, 
tuzatish va xulosalar chiqarish.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin