‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

matematika,
fizika, kimyo, biologiya, geometriya va boshqa 
fanlaming ilmiy asoslari, uni turmushda, ishlab chiqarish 
amaliyotida qoilashi;
b) sanoat va qishloq xo‘jaligining rivojlanishida fanning tutgan 
o‘rni kabiJar nazarda tutilishi lozim,
4. Har bir dars xilma-xil metod, metodik usul va vositalardan 
keng va unumli foydalangan holda olib borilishi lozim.
5. Darsga ajratilgan har bir soatni tejab undan samarali 
foydalanish lozim.
6. Har bir dars o‘qituvchi va o‘ quvchiiarning faoliyati 
birlashgandagina qo‘yilgan maqsadga erishish mumkin. Buning 
uchun:
a) o‘qituvchi darsga puxta tayyorlanishi;
b) shu dars davomida ishlatiladigan ko‘rgazmali o‘quv 
materiallarini to‘g‘ri tanlashi va ishlatishi;
d) sinf jamoasi va har qaysi o‘quvchi bilan munosib 
muomalada boiishi;
e) sinf faolligini oshirishga qaratilgan tadbirlami to‘g‘ri 
belgilashi, ayniqsa, o‘quvchiiarning mustaqil fikr yuritishlarini, 
ulaming diqqatini jalb qilish va ma'lum topshiriqlami kitob bilan 
ishlash, tajriba oikazish va yozma grafik ishlami bajarish.
5. Dars tizimi strukturasi elementlari va tiplari
Taiimning strukturasi va tizimi haqida tushuncha. Awalo, 
strukturaning nimaligini ko‘rib o‘tamiz. Har bir fandagi ,,struktura“ 
tushunchasi o!ziga xos mazmunga ega. Chunki har qanday obyekt, 
jarayon, hodisaning ichki tuzilishi boiib, unda turli aloqa va 
munosabatlar mavjud. 0 ‘quv jarayoni ham o‘zining tuzilishiga ega 
va u zvenolar, deb ataladigan o‘zaro bogiiq m aium qismlardan 
tashkil topadi. Butun ichidagi ana shu zvenolaming o‘zaro 
bogianishi mazkur jarayonning strukturasmi vujudga keltiradi. 
Lekin, ma’Iumki, strukturasiz tizim boimaganidek, tizimsiz 
struktura ham bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra, strukturani tizimdagi 
o‘zaro bogiiq elementlaming tartiblari, deb ta’riflash mumkin. Biz 
tizim tushunchasiga nimalami kiritamiz?
128


Tizim - o‘zining xossalari va bog‘lanishlari bo‘yicha u yoki bu 
tartibdagi о‘zaro bog‘Iiq ko‘p elementlardir.
0 ‘quv jarayonining strukturasi va tizimini yaqqol tasawur 
etish uchun bu jaxayon qanday zvenolardan tashkil topganini, ular 
orasidagi o‘zaro bog‘lanish qandayligini va har bir zveno qanday 
elementlardan iboratligini aniq bilish zarur. Awal o‘quv jarayoni 
qanday zvenolardan tashkil topishini va ular orasidagi 
bog‘lanishlami ko‘rib chiqamiz.
Dars tuzilishi - bu darsning ko‘plab elementlardan tashkil 
topgan elementlari bo‘lib. u o‘qitish jarayonida yuzaga keladigan 
faoliyatni maqsadli yo‘naltirishga xizmat qiladi.
0 ‘quv jarayoni quyidagi zvenolarga ega bo‘ladi:
1. 
0 ‘qituvchining o‘quvchilar diqqati va tafakkurini jalb 
qilishi, shu orqali ulami o‘quv materialini faol idrok etishga olib 
borish maqsadida bilish vazifasini o‘rtaga qo‘yishi.
2 .0 ‘qituvchi tomonidan bilimlarning berilish jarayoni va 
o‘quvchilaming yangi materialni o‘zlashtirishi.
3.Ilmiy tushunchalaming shakllantirilishi va umumlashtirilish 
jarayoni, 
o‘quvchilami 
bilim, 
ko‘nikma va malakalarini 
mustahkamlash va takomillashtirish.
4 .0 ‘quvchilaming bilim, ko‘nikma va malakalarini tegishli 
vaziyatlarda qo‘llash.
5 .0 ‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘z!ashtirayot- 
ganini tekshirish.
Har kuni o‘quv jarayonining tarkibiy qismi umumiy vazifaiami 
ham, o‘ziga xos funksiyalami ham bajaradi. 0 ‘quvchilar ulaming 
birida bilish vazifasini anglaydilar, ikkinchisida o‘rganilayotgan 
materialni idrok etadilar va tushunadilar, uchinchisida ko‘nikma va 
malakalarini takomillashtiradilar. Har bir zvenoda yangilikning 
qandaydir qismi idrok etiladi, mehnat madaniyatining qandaydir 
elementlari o‘zlashtiriladi. Ulaming har birida ta’limning umumiy 
va o‘ziga xos fimksiyalari ma’lum yo‘sinda birlashadi. 0 ‘quv 
jarayonining mazkur barcha zvenolari о‘zaro chambarchas 
bog‘langan. Masalan, o‘quvchilar bilish jarayoniga loqayd 
munosabatda bo‘Isa, о‘quv materialini chuqur va ongli 
o‘zIashtirishi mumkin emas. Bunday holda zveno ikkinchi vazifaga
129


faol tayyorgarlik rolini bajaradi. Agar 
0
‘quvchilar o ‘qituvchi 
rahbarligida o‘z mushohadalari kuchi bilan ilmiy tushunchalami, 
qonunlami umumlashtirmasa, yangi materialni idrok etish jarayoni 
yuzaki boiib. qoladi. Shu maqsadda o‘qituvchi yangi materialni 
o‘tishda:
a.) induktiv;
b) 
analitik-sintetik, ya’ni tushunchalami muayyan hodisalami 
analiz va sintez qilish asosida asta-sekin shakllantirish;
d) deduktiv yoilardan foydalanadi.
Yangi materialni o‘zlashtirishning har bir yoiida muayyan va 
mavhumlikning, tasavvur va tushunchalaming o ‘zaro bogianishi 
juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tasavvur predmetning, asosan, tashqi ko‘rinishini, ya’ni 
insonning sezgi organlari bevosita idrok etishi uchun qulay 
belgilarini aks ettiradi.
Tushuncha esa narsalarning mohiyatini anglash imkonini 
beradi va mazkur sinfga mansub barcha predmetlar uchun umumiy 
muhim xususiyatlar, belgilar va bogianishlarai aks ettiradi. Har bir 
fan o'zaro bogiiq tushunchalar tizimini tashkil qiladi. Demak, 
qandaydir fanning asoslarini o‘zlashtirish, awalo, mana shu 
fandagi tushunchalar tizimini o‘rganishga chambarchas bogiiqdir.
О‘quvchiiarning bilim, ko‘nikma va malakalarini dastlabki, 
vaziyatlarda, ya’ni namuna bo‘yicha, shuningdek, hayotiy 
sharoitlarga yaqin yangi vaziyatlarda qoilash taiim jarayonining 
muhim zvenosi hisoblanadi. Chunki insonning amaliy faoliyati 
bilimlar haqiqatligining mezoni sifatida xizmat qiladi. Ana shunday 
faoliyatsiz taiim ni hayot bilan, amaliyot bilan bogiashdan iborat 
muhim vazifani hal qila olmaymiz.
Shu tariqa barcha zvenolar o‘zaro chambarchas bogianishda 
o‘quv jarayonini tashkil etadi. 0 ‘z-o‘zidan ayonki, taiim
jarayonida mana shu hamma zvenolar belgilangan tartibda yoki 
toialigicha amalga oshuvining ahamiyati yo‘q. Bunda o‘quv 
jarayonining m aium qismida bir zvenoning ikkinchi zvenoga 
qo‘shilishi, o'zaro singishi qandaydir zvenoning yetakchilik rolini 
bajarishi kuzatiladi. О!quv jarayoni amalda ancha o‘zgaruvchandir. 
Aytaylik, o‘quv jarayonining ma’lum bir qismida o‘quvchilar
130


bilimini tekshirish va baholash asosiy vazifa hisoblanadi. Lekin 
bundan boshqa zvenoJar jarayonida daxlsiz boiadi, degan ma’no 
kelib chiqmaydi. Bunda barcha zvenolaming umumiy vazifalari 
namoyon bolaveradi. Negaki, bilimlami tekshirish va baholash 
to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, hamma o‘quvchilar faollashadi, ulaming har 
bin tegishli bilimlami ongli ravishda eslaydi, o‘rtoqlarinmg 
javoblarini tanqidiy eshitadi, masalalaming yechilishini diqqat 
e’tibor bilan kuzatadi, tajribalaming bajarilishiga qiziqadi va o‘zi 
ham har onda ishga qo‘shilish uchun tayyor bo‘ladi.
Dars strukturasi o‘quvchilar bilish faoliyatining xarakteri 
bo‘yicha tasniflanadigan darslaming tipiga bog4liq boiadi. Ulami 
o‘tkazish usullari, taiim metodlari esa о‘quvchilar mustaqil 
ishining darajasi bo‘yicha tasnrflanadi. Darsning quyidagi tiplari 
mavjud: o‘quvchilar yangi bilimlami o‘zlashtiradigan, faktli 
materiailar to‘planadigan, kuzatishlar olkaziiadigati, jarayon va 
hodisalar o'rganiladigan, ulami anglanadigan, tushunchalari 
shakllantiriladigan, ko‘nikma va malakalar tarkib toptiriladigan 
darslar, bilimlar umumlashtiriladigan va tizimlashtiriladigan 
darslar, bilimlar, ko‘nikmalar va malakalami takrorlash, 
mustahkamlash, boshqacha aytganda, kompleks qollash darslari, 
bilim, ko‘nikma va malakalar og‘zaki hamda yozma ravishda 
sinaladigan nazorat tekshirish darslari, bir necha didaktik masalalar 
baravar hal qilinadigan kombinatsiyalashgan darslar. Darsning 
muayyan miqdordagi tiplarini belgilashning turlari, yollari bilan 
uning ancha jiddiy strukturasi ishlab chiqilgan. Masalan, 
kombinatsiyalashgan darslar quyidagi sxema bo‘yicha tashkil 
qilingan: tashkiliy jihat, o‘quvchilar uy vazifasini qanday 
bajarganini tekshirish, o‘quvchilardan o‘tilgan mavzu bo'yicha so‘- 
rash, o‘qituvchining yangi materialni bayon etishi, o‘rganilayotgan 
materialni mustalikamlash, uyga vazifa berish. 0 ‘qituvchilaming 
ilg‘or tajribasini tahlil qilish, didaktlar (I.T. Ogorodnikov, M.I. 
Maxmutov, V.A. Onishchuk, R.A. Mavlonova va boshqalar)ning 
tanqidi, darsning strukturasini tushuntirish, ta’limning hozirgi 
talablariga javob bermaydi, degan xulosaga olib keladi. Darsning 
strukturasi faqat o‘qituvchi va o‘quvchilaming darsdagi hamkorlik 
faoliyati tashkil topishining tashqi ko‘rinishini aks ettirib
131


qolmasligi, balki o‘quvchilar bilish faoliyati bilan bog‘liq ichki 
jarayonning mohiyatini ham ifodalashi lozim. Kamol toptiruvchi 
ta’lim sharoitida “darsning strukturasi” tushunchasini aniqlashda 
uni uchta: didaktik, mantiqiy psixologik va metodik shartlar asosida 
ko‘rib chiqish tavsiya etiladi. Bunda doimiy komponentlar: oldin 
o‘zlashtirilgan bilim va harakatlar usullarini faollashtirish hamda 
qoilashdan, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat 
didaktik struktura asos boiadi (M.I. Maxmutov).
Hozirgi zamon darsining eng muhim xususiyatlari yangi о‘quv 
materialini va uni amalda qoilashni o‘zlashtirish bilan birga, ilgari 
o‘rganilgan narsalami o‘zlashtirish, sintez qilish, takrorlash va 
mustahkamlash, nazorat qilish kabi elementlarining o‘zaro 
bogianishidir. T.A. Ilina darsning o‘z strukturasiga barcha asosiy 
elementlarini olgan tipini, ya’ni umumiy yoki aralash darsni tavsiya 
etadi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin