‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


Darsning birinchi bosqichi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

Darsning birinchi bosqichi
tashkiliy qism. Odatda, bu qismga 
salomlashish, о‘quvchiiarning, sinf xonasidagi jihozlaming darsga 
tayyorligini tekshirish, darsda yo‘q o'quvchiiami aniqlash, ishning 
rejasini e’lon qilish kiradi. Tashkiliy qismning maqsadi darsda ish 
vaziyatini vujudga keltirishdir.
Darsning ikkinchi bosqichi
yozma uy vazifasini qo‘yilgan 
maqsaddan qat’iy nazar, turli metodlar bilan tekshirish.
Darsning uchinchi bosqichi
о‘quvchiiarning bilimlarini 
og‘zaki tekshirish (yoki ulardan so‘rash).
Darsning to ‘rtinchi bosqichi
o‘qituvchining bayon etishi 
asosida yoki o‘quvchiiarning mustaqil tahlil qilishi orqali yangi 
materialni tushuntirish.
Darsning beshinchi bosqichi
uyga topshiriq berish. Darsning 
bu qismiga mazkur topshiriqning mohiyatini, lozim bo‘Isa, uni 
bajarish metodikasini ham tushuntirish, uni o‘qituvchining o‘zi 
doskaga yozishi, о‘quvchiiarning daftarga yoki kundalikka 
ko‘chirishi kiradi.
Darsning oltinchi bosqichi
yangi materialni mustahkamlash, 
ya’ni 
dastlabki 
yoki 
yoiakay 
mazkur material 
bayon 
qilinayotganda amalga oshiriladigan mus tahkaml ashd i r.
132


Darsning yettinchi bosqichi
uni tugailashdan iborat bo‘lib, bu 
ish tashkiliy ravishda amalga oshirilishi kerak. Chunki dars faqat 
o'qituvchining ko‘rsatmasi bo‘yicha mustahkamlanadi. Muallif 
darsning ana shu yettita elementini nazarda tutib, uning 
strukturasini quyidagicha ifodalaydi: Bilim va malakalami 
shakllantirish darsining tuzilishi:
- Darsning maqsadini qo‘yish;
- Yangi materialni o‘zlashtirish uchun zarur o‘quvchilaming 
bilim va malakalami takrorlash;
- Tekshirish mashqlarini o'tkazish; 
\
- Yangi bilimlar bilan tanishtirish, o‘zlashtirish namunasini 
ko‘rsatish;
- Ulami o‘zIashtirishga qaratilgan mashqlami bajarish;
- Ulami mustahkamlashga qaratilgan mashqlami berish;
- Mashqlami namuna asosida takrorlash;
- Ijodiy xarakterdagi mashqlami bajarish;
- Darsni yakunlash;
- Uyga topshiriq berish;
Takrorlash darsining tuzilishi:
- Darsning tashkiliy qismi;
- Ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlaming 
qo‘yilishi (aniqlashtirilishi);
- Uy vazifasini tekshirish, bilim, ко ‘nikma faoliyati asoslarini 
tashkil etuvchi fikrlashga e'tibor qaratish (amaliy va nazariy 
tarzda). Awalgi darsda kelgusi dars takrorlash darsi bo‘limini 
nazarda tutgan holda uyga vazifa berilishi kerak; Darsdagi 
takrorlashni umumlashtirish, o‘quv jarayoni natijalarini tekshirish, 
uyga vazifa berish.
- Bilimlami tekshirish darsining tuzilishi:
- Darsning tashkiliy qismi. Mazkur holatda ishchan, sokin 
holatni boiishi zarur. 0 ‘ quvchilar tekshiruv va nazorat ishidan 
qo‘rqmasliklari yoki o‘qituvchi ulaming o‘zlashtirishlarini tekshi- 
rishi haqida ortiqcha hayajonlanmasliklari kerak;
- Darsning maqsadini qo‘yilishi. 0 ‘qituvchi o‘quvchi!arga 
ulaming qaysi dars materiallari yuzasidan bilimlari tekshirilishi va 
nazorat qilinishini e'lon qiladi. 0 ‘quvchilarga tegishli qoidalami
133


eslash va nazorat ishi jarayonida qoilash ta'kidlanadi. 0 ‘quv- 
chilarga o‘z ishlarini o‘zlari tekshirib chiqishi zarurligi aytildi;
- Tekshiruv yoki nazorat ishi mazmunining bayoni (masala, 
misollar, diktant, insho yoki savollarga javoblar o‘z tarkibi, qiyinlik 
darajasi bo‘yicha dasturga mos boiishi va har bir o‘quvchining 
imkoniyati yetadigan darajada boiishi kerak);
- Darsni yakunlovchi bosqichi. 0 ‘qituvchi o‘quvchilaming 
eng yaxshi ishlarini rag‘batlantiradi, boshqa ishlar da yo‘l qocyilgan 
xatolarni tahlil qiladi, xatolar ustida ishlashni tashkil qiladi (ba’zi 
hollarda bu ishlar kelgusi darsda olib boriladi).Tipik xatolarni, 
bilim, malakalarni egallashda y o i qo'yilgan kamchiliklar va ularni 
bartaraf etish, bilim va malakalarini takomillashtirish.
Yangi bilimlarni, malakalarni egallovchi dars tuzilishi:
- Darsning tashkiliy qismi 
(o‘quvchilami 
psixologik 
yo‘naltirish)
- Dars mavzusi va maqsadining bayoni
- Malakalarni shakllantiravchi yangi bilimlarni o‘rganish;
- Qabul qilingan va o‘xshash vaziyatlar bo‘yicha dastlabki 
malakalarni egallash va mustahkamlash;
- Bilim va malakalarni o‘zgartirilgan vaziyatlar misolida 
ко‘rib chiqish;
- Bilim va malakalarni ijodiy qoilash;
- Malakalarni egallash mashqlari;
- Uy vazifa;
- 0 ‘quvchilar bajargan ishlarini baholash orqali darsni 
yakunlash.Takrorlash, umumlashtirish darsining tuzilishi:
- Tashkiliy vaziyat;
- 0 ‘qituvchining kirish so‘zida takrorlash umumlashtirilishi 
rejalashtirilgan mavzu yoki mavzularning ahamiyati ta’kidlanadi, 
darsning maqsadi va rejasi e'lon qilinadi. 0 ‘quvchilar tomonidan 
turli og‘zaki va yozma umumlashtiruvchi va tizimlovchi top- 
shiriqlari yakka va jamoa holatda bajaradilar, bunda malakalarni 
shakllantiruvchi, umumlashtiruvchi bilimlar, umumlashtiruvchi 
faktlar asosida olib boriladi;
- Bajarilgan ishlami tekshirish, korrektirovkalash (zarur 
holatlarda);
134


- 0 ‘rganilgan material bo‘yicha xulosalash;
- Darsning erishilgan natijalarini baholash;
- Darsni yakunlash;
- Uyga vazifa berish (doimiy).
Aralashgan dars tuzilishi (bunday dars tuzilishi odatda o‘z 
oldiga bir nechta didaktik maqsadlami qo‘yadi)
- Darsning tashkiliy qismi;
- Uy vazifani tekshirish, darsning maqsadini qo‘yilishi;
- 0 ‘quvchilami yangi bilimlami qabul qilishga tayyorlash, 
bilimlarning dolzarbligi, amaliy va aqliy malakalarining egalla- 
nishi;
- Yangi mavzuning bayoni, shu bilan birga tushuntirish;
- Dars davomida o‘rganilgan yangi bilimni mustahkamlash, 
aw al о ‘rganilgan bilimlar bilan bog‘ lash;
- Yangi bilimlami awalgilari bilan bog‘lagan holda bilim va 
malakalami umumlashtirish va tizimlash;
- Darsni yakunlash va dars natijalari;
- Uyga vazifa berish;
O'quvchilami yangi materialni o‘zlashtirishga tayyorlash 
(zarur hollarda)

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin