‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

Sport gimnastikasi.
Boshlang‘ich sinflarda o'quvchilarga 
jismoniy tarbiya dasturi asosida umumiy jismoniy tayyorgarlik 
beriladi. Bu yoshdagi o'quvchilar sport gimnastikasi bilan to‘la 
shug‘ullanmaydilar, uning oddiy elementlari bilangina tanishadilar. 
Ularning yoshi ulg‘aygan sari sport gimnastikasi darsda ham, 
darsdan tashqi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida ham borgan sari 
katta o‘rin egallay boshlaydi. Sport gimnastikasi mashg‘ulotlaririi 
ehtiyotlik bilan o‘tkazish, jismoniy yuklamani sinchiklab 
taqsimlash, o‘smir organizmiga ortiqcha nagruzka berib yuborishga 
yo‘l qo‘ymas!ik kerak.
Davolash gimnastikasi
- maxsus davolash muassasalarida 
mutaxassis shifokorlar va jismoniy tarbiya sohasida ish olib 
boruvchi xodimlar rahbarligida o‘tkaziladi. Ayrim hollarda, agar 
maktab shifokori yoki jismoniy tarbiya o‘qituvchisining ma’Ium 
tayyorgarligi bo‘Isa, davolash gimnastikasmi maktabda o‘tkazsa 
ham bo‘ladi. Agar maktab shifokori yoki jismoniy tarbiya 
o‘qituvchisi bu maxsus sohani, ya’ni davolash gimnastikasini 
bilmasalar, uni o‘tkazishga urinmasliklari kerak.
317


Jismoniy daqiqalar
Gimnastikaning yuqorida ko‘rsatib o‘til- 
gan turlaridan tashqari quyi sinf o‘quvchilari bilan o‘quv 
mashg'ulotlari davomida jismoniy daqiqalar o‘tkaziladi.
Odatda, jismoniy daqiqalar o‘quv kunining ikkinchi yarmidagi 
darslarda, ya’ni o‘quvchilaming charchaganligi o‘quv materiali- 
ning idrok qilinishi va o‘zlashtirilishiga ta’sir eta boshlagani 
sezilganda o‘tkaziladi. Charchashlikning oldini olish, markaziy 
nerv tizimiga qisqa dam berish va bolaning harakat qiHshga bo‘lgan 
tabiiy istagini qanoatlantirish uchun 2-3 daqiqa davomida bir necha 
mashq (2-3 mashqni partalar yoniga chiqib turib bajarish) 
qildiriladi.
Jismoniy daqiqalami sinf o'qituvchisi bolalar diqqatining 
susayganini, o‘quv materialining o‘zlashtirilishi pasayganini yoki 
o‘quvchilarning charchaganligini payqagandan keyin o‘tkazadi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin