‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

Sinfdan tashqari ishlar
0 ‘quvchilami jismoniy jihatdan 
tarbiyalash ishlari darslardagina emas, balki sinfdan tashqari 
vaqtlarda ham olib boriladi. Boshlang‘ich maktabda jismoniy 
tarbiyada sinfdan tashqari mashg‘ ulotlaming asosiy shakllari: 
fizkultura to‘garaklari, fizkultura bayramlari, fizkultura chiqishlari, 
musobaqalar, maktabda va maktabdan tashqarida dam olishni 
uyushtirish (tanaffiis vaqtlaridagi o‘yinlar, ekskursiyalar, sayrlar) 
dan iboratdir. Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil etiladigan turli 
shakldagi ishlar jismoniy tarbiya darslarini mazmunan to‘ldirib 
boradi.
Mustaqil O'zbekiston Respublikasida bolalar va o‘smirlar 
sportiga alohida e’tibor qaratilib, mazkur yo‘nalish davlat 
siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etildi. 
Respublikada yoshlarni jismoniy 
tarbiyalashga 
qaratilgan 
“Sog‘lom avlod dasturi” ishlab chiqildi. Mazkur dastur talablariga 
muvofiq respublika miqyosida quyidagi uch bosqichli sport 
musobaqalarining o‘tkazilishi yo‘ Iga qo‘yildi:
1. Umumiy 0 ‘rta ta’lim maktablari o'quvchilari o‘rtasidagi 
“Umid nihollari’’ bellashuvi.
2. 0 ‘:rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarining 
o‘quvchilari o‘rtasidagi “Barkamol avlod” bellashuvi.
318


3. Oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasidagi 
“Universiada” bellashuvi. Shuningdek, sportning turli yo'nalishlari 
bo‘yicha joylarda ommaviy sport bayramlari, musobaqalaming 
tashkil etilishi ommaviy tus oldi. Jismoniy tarbiya maktabgacha 
tarbiya muassasalaridan boshlab tizimli ravishda amalga oshiriladi 
hamda maktabda jismoniy tarbiya asosiy fan sifatida o‘tiladi.
12. Oila tarbiyasi
Oila jamiyatning bir bo‘lagi. Shunday ekan, inson shaxsini 
shakllantirish oiladan boshlanadi. Oila murakkab ijtimoiy guruh 
bo‘lib, biologik, ijtimoiy, ahloqiy mafkuraviy va ruhiy 
munosabatlaming birlashuvi natijasida vujudga keladi. Oila tor 
maishiy tushuncha emas, balki u ijtimoiy jamoa. Shu sababli oilalar 
birlashib, jamiyatni tashkil etadi. Jamiyatdagi o‘zgarishlar oilaga 
ta’sirini ko‘rsatganidek, oiladagi o‘zgarishlar ham jamiyatga o‘z 
ta’sirini o'tkazadi. Darhaqiqat oila, ayniqsa o‘zbek oilasi asrlar 
osha yosh avlodni tarbiyalashda, komil insonni voyaga yetkazishda 
muqaddas maskan bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Har bir 
insonda Vatan tushunchasi ilk bor tetapoya bo‘lib o‘sib kelayotgan 
yosh go‘dakning ongi, ruhi va qalbiga kirib boradi, butun umri, 
hayotiy faoliyati davomida yana ham sayqallanib, mazmunan 
mujassamlashadi. Bu jarayon oiladagi sog‘lom muhitda, ota- 
bobolar o‘giti, ota ibrati, ona mehri, aka-uka, opa-singillaming 
mehr-oqibati orqali amalga osbib boradi. Shaxs ma’naviyati, 
dunyoqarashi, tafakkuri, e’tiqodi, iymoni avvalo oilada shakllanadi.
Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek “Bu 
muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson o‘z farzandlari baxt- 
u saodati, fazl-u kamolotini ko‘rish uchun butun hayoti davomida 
kurashadi, o'zini ayamaydi. Bola tug‘ilgan kundan boshlab oila 
muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar 
bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy 
hayot maktabi orqah jamiyat talablarini anglaydi, his qiladi ”.
Shu sababli Prezidentimiz tomonidan 1998 yilning “Oila yili” 
deb e’lon qilinishi va shu yilning o'zida Oila kodeksining qabul 
qilinishi hamda mamlakatimiz tarixida ilk bor tashkil etilgan
319


Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazining maqsadi ham 
davlatimizning oilani har tomonlama mustahkamlash, himoya etish 
borasidagi siyosatiga hamohang bo‘lib, oilaga taalluqli boy va 
sermazmun milliy an’analami avaylab-asrash, ulami umuminsoniy 
qadriyatlar 
bilan 
uyg‘unlashtirish, 
oila 
va 
nikohning 
muqaddasligini yosh avlod ongiga chuqur singdirish y o ii bilan 
oilani mustahkamligi, barqarorligini ta’minlash, oila a’zolarining 
huquqiy savodxonligini oshirish muammolarini ilmiy o'rganish, 
oilaviy hayotga bog‘liq muammolami tadqiq etish va fuqarolarga 
bu masalalarda amaliy yordam berishdan iboratdir. Shuningdek 
Yurtboshimiz LA.Karimov tomonidan 2012-yilni “Mustahkam 
oila yili” deb e’lon qilinishi ham oilalarga boigan e’tibomi yana 
bir bor tasdig‘i desak mubolag'a bo‘lmaydi. Shu munosabat bilan 
hukumatimiz tomonidan “Mustahkam oila yili” Davlat dasturi 
ishlab chiqilishi oilada yoshlar tarbiyasiga e’tibomi yanada 
kuchaytiradi va oiialarni mustahkamlash bilan bogiiq masalalami 
yechimini topishga xizmat qiladi. 
Prezidentimiz LA.Karimov 
aytganlaridek: "... hammamizga ayon bo‘lishi tabiiyki, oila 
sog‘lom ekan — jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan — 
mamlakat barqarordir". Oila davlatning, jamiyatning asosiy 
tayanchi ekan, uning mustahkamligi, tinch-totuvligi, farovonligi va 
barqarorligidan jamiyat manfaatdordir. Oilada ma’naviy va 
jismoniy yetuk avlodni tarbiyalash, yoshlarni oilaviy hayot qu- 
rishga tayyorlash, zamonaviy kasb-hunar sirlari bilan qurollantirish 
lozim. Shuni unutmaslik lozimlci, farzandlarimizning har 
tomonlama kamol topishi uchun qulay sharoitlar yaratilsagina, oila 
tarbiyasi muvaffaqiyatli bolishi mumkin. Yosh avlod hayotining 
ko‘p qismi oilada o‘tadi. Shu boisdan turmushning murakkab 
muammolari bilan oilada tanishadilar. Oiladagi mavjud an’analar, 
urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy ta’sirida yigit- 
qizlar asta-sekin kamol topib boradilar. An’ana va marosim 
tarbiyaning qudratli quroliga aylanadi. Kelajagimizning bunday 
bo‘lishi hozirgi kunda biz tarbiyalayotgan yoshlarga bog‘liq. Bu 
qonuniyat oilaning tarbiya borasidagi faoliyatiga ham bog‘liq. 
Oilaviy tarbiyaning murakkabligi shundaki, har bir oila o4ziga xos 
bir olam, u tarbiya ishida ham o‘ziga xos xususiyatlami namoyon


qiladi. Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada 
bo‘lsagina, о‘sib kelayotgan yosh avlod farovonligini ta’minlashi 
mumkin. Oila tarbiyasi ota-onalarga pedagogik bilimlar berish, 
oilaviy tarbiya bo‘yicha yutuqlar, tajribalar almashishi, ota-onalami 
tarbiyaviy ishlarga qizg‘in jalb qilishga ham bog‘liqdir. Har bir ota- 
ona 
o‘z 
farzandlarini 
tarbiyalash 
borasidagi 
burch va 
mas’uliyatlarini chuqur anglashlariga bog‘liqdir. Bundan tashqari 
normal oilaviy muhit, ota-onaning obro‘si, to‘g‘ri kundalik reja, 
bolaning kitob o‘qishiga, mehnat qilishiga o‘z vaqtida jalb qilishlari 
ham muhim muvaffaqiyat garovidir. Oilada ota yoki onaning 
yo‘qligi yoki ketib qolishi tarbiyaga juda katta zarar ko‘rsatadi. 
Ularning bolaga beradigan tarbiyaviy ta’siri kuchi yo‘qoladi. Oila 
tarbiyasidagi muvozanat buziladi. Bunday sharoitda bola qalbi 
qattiq jarahotlanadi. U tajang, serjahl, qo‘pol, dag‘al bo‘lib qoladi, 
kattalarga ishonmay qo‘yadi. 0 ‘qishi ham pasayib ketadi. Oila 
tarbiyasidagi muammolardan biri yolg‘iz farzandni tarbiyalashdir. 
Bunday sharoitda bola faqat kattalar davrasida bo‘ladi. 0 ‘ziga 
yaqin yoshdagi bolalar bilan muomala qilish imkoniyati bo‘lmaydi. 
Oilada ko‘p bola bo‘Isa, ular bir-birini tarbiyalaydi. Bundan 
tashqari oiladagi kelishmovchiliklar, ota-onalar bilan bolalar 
o‘rtasidagi tengsizlikka asoslangan munosabatlar, ayrim ota- 
onalarning madaniyat va ma’lumotining nisbatan past saviyada 
ekanligi tarbiyaga xalaqit beradi, oilaviy muhitda qarama- 
qarshiliklar, o ‘zaro kelishmovchiliklami vujudga keltiradi. Oila 
tarbiyasi uydagi omillarga diqqatini qaratmog‘i lozim. Jumladan, 
oilada ruhiy xotiijamlik, samimiylik munosabatlari shakllangan 
bo‘lishi, ota-ona obro‘si yuqori bo‘lishi, bolalarga talab qo‘yishda 
oiladagi kattalar o‘rtasidagi birlikni saqlanishi, bola shaxsini 
mehnatda tarbiyalashga alohida e’tibor berish, bolani sevish va 
izzatini joyiga qo‘yish, oilada qat’iy rejim va kun tartibini 
o‘rganish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish, 
boladagi o‘zgarishlarni kuzatib borish, boladagi mustaqillikka 
intilishni va tashabbuskorlik sifatlarini qo‘llab-quvvatlash 
kabilardir. Oila tarbiyasida ota-ona obro‘si muhim tarbiyaviy 
ahamiyatga egadir. Bu obro‘ni esa ibratli hulqi, ahloqi, intizomi, 
kamtarligi, ishbilarmonligi bilan qo‘lga kiritadilar. Obro‘


orttirishda eng awalo, ibrat-namuna muhim rol o‘ynaydi. Oilada 
ota-onalaming kuzatuvchanligi, sezgirligi, hozirjavobligi muhim 
ahamiyatga egadir. Ulaming odilona me’yorli talabchanligi obro‘ 
orttirishning muhim yo‘llaridan biridir. Tarbiya jarayoni zerikarli, 
quruq haqiqatgo‘ylikdan iborat ho‘lib qolmasligi lozim. 0 ‘zbek 
oilasi tarbiyasida, ayniqsa, otaning obro‘si katta ahamiyatga egadir. 
Ayoli, bolalari oldida obro‘ga ega bo‘lgan ota, jamoat orasida ham 
obro‘ topadi. Oilada obro‘si yo‘q otadan tarbiya olgan bola, 
ko‘pincha, o‘g‘ri, muttaham, yolg‘onchi bo‘lib yetishishi 
shubhasizdir. Ota-ona farzandlari nigohida eng buyuk kishilardir. 
Shuning uchun eng yaxshi sifatlari bilangina obro‘ qozonishlari 
kerak:. Insoniy fazilatlar sohibi boTgan ota-ona o‘z farzandlari 
tomonidan bir umr e’zozlanadi. Bolalami barkamol inson qilib 
yetishtirishda maktabni oila bilan bog‘lamasdan, muvaffaqiyatga 
erishib boimaydi. Shuning uchun maktab va ota-onalar o‘rtasidagi 
ta’lim-tarbiyaga oid ishlami kengaytirish lozim. Ota-onalaming 
o‘qituvchilar bilan bo‘lgan uchrashuvlarida aytgan fikrlari ayniqsa, 
ota-onalar uchun qimmatlidir. Chunki ular o‘z farzandlari 
to‘g4risida ko‘proq ma’lumotlami bilib oladilar. Shunday ekan, 
bola tarbiyasining tub mohiyatini tushungan har bir ota-ona oila 
bilan maktab o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga intiladilar. 
Bola maktabga kirib, to uni tamomlab chiqqunga qadar ota-ona 
maktab bilan yaqin aloqa o‘matib, farzandining o‘zlashtirishi, hulq- 
atvoridan hamisha xabardor bo‘lishi, tarbiya masalalari bo‘yicha 
o‘qituvchi, sinf rahbari bilan maslahatlashib, uni darsdan so‘ng 
nima bilan mashg‘ulligidan xabardor qilishi lozim. U o‘z navbatida 
o‘qituvchi ham bolaning o‘qishi, odobi, hulqi, maktabda o‘zini tuta 
bilishi haqidagi maTumotlami ota-onaga yetkazish, zarurat 
tug‘ilganda hosil bo'lgan muammolami birgalikda hal qilish zarur. 
Shundagina o‘quvchi oldiga bir talab qo‘yilishiga erishiladi. Bolasi 
maktabga borgan ota-ona maktab ya’ni shu jamoaning a’zosiga 
aylanadi. Shu sababli ota-onalar maktabning ijtimoiy hayotida faol 
qatnashishlari shart. 0 ‘qituvchi ham o‘z o‘quvchisining oilasi bilan 
mustahkam hamkorlikni yoiga qo‘ymog‘i lozim. Ota-onalaming 
mahalla faollari, mehnat faxriylari bilan tarbiya sohasida hamkorlik 
qilishlari zarur. Bu ishlar oila tarbiyasiga salmoqli hissa qo‘shadi.


Xulosa qilib aytish mumkinki, hozirgi iqtisodiy, ijtimoiy 
o‘zgarishlar sharoitida oilaviy tarbiya masalalariga e’tibor yanada 
kuchayib, dolzarb mavzuga aylanmoqda. Oila deb atalmish aravani 
tortib borayotgan er va xotinning bir-biriga yelkadosh bolishini, 
o‘zaro odoblarini, bir-biriga bo‘lgan mehribonliklarini ko‘rgan 
farzandlar ulardan o‘mak oladilar va ularga o‘xshashga harakat 
qiladilar. Chunki farzand aytgan nasihatingizni esidan chiqarishi 
mumkin, ammo ko‘rganini hech qachon esidan chiqarmaydi. 
Oilada farzand tarbiyasining bu jihatini hech qachon esdan 
chiqarmaslik zarur.
13. Oilada bola tarbiyasida ota-onaning o‘rni
Inson kamolotimng ko‘rinishlaridan biri - obro‘-e’tiborga ega 
bo‘lishdir. Obro‘ bir kun yoki bir yil mobaynida hosil boHadigan 
jarayon emas. Obro‘ni inson hayot mazmunidagi faoliyati 
jarayonida asta-sekin shakllanib boradi. Ota-onaning oiladagi 
obro‘si tarbiya vositasi sifatida xizmat qiladi. Obro‘ oilaviy 
munosabatlar jarayonida shakllanadi. Ma’naviy axloqiy hislatlarni, 
zamon ruhiga mos tushadigan fazilatlarni shakllantirishga 
qaratiladi. Mazkur toifadagi oila a’zolari davrasidagi suhbatlar, 
munozaralar, baxslar mulohazalar o‘zaro tenglik, hurmat ruhiga 
bo‘ysundiriladi. Oilaviy munosabatlaming ushbu ko‘rinishda turli 
yoshdagi, jinsdagi bolalarga maqsadga muvofiq tarbiyaviy ta’sir 
o‘tkazish imkoniyati mavjuddir. Shu boisdan tasodifiy voqea va 
hodisalaming sodir bo‘lish turli tarzda baholanadi va ularga 
bevosita aloqador oila a’zolari turmush tajribasidan kelib chiqqan 
holda rag‘batlantiriladi yoki tanbeh beriladi, jazolanadi. Bunday 
odilona amalga oshirilgan muloqot ta’sirida o‘g‘il-qizlar ruhiy 
dunyosida ota-onaga nisbatan dilkashlik, xushmuomalalik, o ‘z 
faoliyati uchun javobgarlik, o‘z-o‘zini boshqarish kabi muhim 
insoniy fazilatlar paydo bo‘ladi.
Oilada munosabatning у ana bir turi “avtoritar” yoki “obro‘ 
talab” munosabat deb atalib, bunda ota-onaning obro‘si shaxslararo 
muloqotda hal qiluvchi, yetakchi rol o‘ynaydi. Shaxslararo teng 
huquqlilik, erkin xatti-Jiarakat qilish, tashabbuskorlik bunda o‘z
323


ahamiyatmi yo‘qota boshlaydi. Oila a’olarining yurish-turishi, 
xatti-harakati ko‘pincha kattalar tomonidan cheklab qo‘yiladi. Ota- 
ona tomonidan tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishning asosiy usuli bu 
jazolash hisoblanadi, biroq, onda-sonda rag‘batlantirish usulidan 
foydalanilganda ham ma’naviy rag‘batlantirish imkoniyatiga ega 
bo‘lmaydi, munosabatdagi bunday noxushlik ota-ona ko‘zlagan 
tarbiyaviy maqsadni amalga oshirmaydi va past samara beradi. 
Buning oqibati natijasida oila a’zolari o‘rtasida, mehr-oqibat hissi 
pasayadi. Ushbu paydo bo'lgan salbiy nuqtayi nazar ota-onaga 
nisbatan qo‘llaniladi. Farzandlarda ota-onaga yaqinlik mehr- 
muhabbat hissi biroz bo‘lsa-da kamayadi, keyinchalik bu tuyg‘u 
uzoqlashishi “begonalashish” tomoniga o‘sib o‘tadi. Oilaviy 
turmush munosabati ichida “liberal” (murosasizlik) toifasi ham 
ko‘zga tashlanib turadi. Oila davrasida ota yoki ona murosasoz, 
ko‘ngilchang bo‘lishlik tashqi ko‘rinishidan iliq ruhiy iqlimini 
o‘ziga aks ettirganday boTib tuyulsa ham, aslida unda hamjihatlik, 
o‘zaro tushunish yetishmaydi. Murosasizlik ta’sirida farzandlar 
fe’l-atvorida munofiqlik, ikkiyuzlamachilik, kelishuvchilik kabi 
illatiar tarkib topishi mumkin. Ota-ona obro4si oiladagi axloqiy 
tarbiyaning garovi hisoblanadi. Buyuk allomalaming mulohaza- 
lariga ko‘ra,tarbiyada hazilga yo‘l qo‘yuvchi jiddiylik hukm surishi 
lozim, lekin hamma ish hazilga, ermakka, sertakalluflikka, adovat, 
timoq orasidan kir izlashga aylanib ketmasligi kerak. Shu boisdan 
muayyan pedagogik-rahiyat qonun-qoidalariga rioya qilingan 
holda ota-onalar tarbiya qoidalari, usullari, vositalari bilan 
qurollangandagina haqiqiy nazokatga va odobga erishish mumkin. 
Bu narsa ulardan chuqur izlanishlarni talab qiladi.
Oilada farzandlarga tarbiyaviy ta’sir ko£rsatishining iltimos, 
maslahat, 
ishontirishi, talab qilish, buyruq va tanbeh berish, 
jazolash, rag‘batlantirish singari qator usullaridan o‘z o‘mida va 
me’yorida foydalanilmasa, ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘l- 
maydi. Mezon tuyg‘usi va me’yor hissiga amal qilish ota-ona ruhiy 
dunyosiga, ma’naviyatiga singib borsa, u holda farzandlaridan 
uzoqlashishi, begonalashish, bordi-keldiga borish, anglashilmov- 
chilik g‘ovining vujudga kelishi, bachkanalashish, badjahllik, asab- 
buzarlik xulq-atvori namoyon bo'lmaydi. Tarbiyaning muhim roli
324


nutq hisoblanadi, shuning uchun ota-ona o'z nutqida yoqimsiz 
ohang bilan, mantiq siz va qaytariq so'zlarini ishlatish va qo‘llash 
bilan farzandlami ranjitmaslik, ularda ishonch hissini so‘ndira- 
digan, hazil-mutoyiba, samimiy bo‘lmagan fikr va mulohazalardan 
saqlanislii kerak. Hayotda muloyimlikka, shirinsuxanlikka, 
samimiyhkka, sof vijdonligi, dilkashlik va xotamtoylikka ham- 
dardlikka nima yetsin!
Odatda, ota-ona nazokatli bolgandagina haqiqiy obro‘-e’ti- 
borga erishadi. Bundan tashqari obro‘li bolmoq uchun ishonch har 
tomonlama rivojlangan bo‘lishi, shuningdek aqliy, ahloqiy estetik 
jihatdan muayyan cho‘qqiga erishgan bo‘lishi darkor.
Bulaming barchasi ota.-onadan aql-zakovatli, milliy udum va 
urf-odatlami mukammal egallagan shaxs bolishni talab qiladi. 
Oilaviy turmushda farzand kamol topishini to‘g‘ri yo‘lga 
qo'yishning asosiy vositasi bolada e’tiqodni shakllantirishdir. Buni 
bolani faqat ishontirish yo‘li bilan amalga oshirsa boiadi. Shuning 
uchun ota-ona o‘ g‘ il-qizlami voyaga yetkazishda ularrd ishyoqmas 
qilishga yoki asossiz buyruq berishga tayanmasligi kerak.
Xo‘sh, ota-ona obro‘si farzandlarda qachon paydo bo‘ladi? 
Oilaviy turmush tajribalaridan shu narsa ma’lumki, ota-onaning 
obro‘si davlat va oila a’zolari oldida javobgarlikni his qilishdan 
boshlanadi. Mabodo ota-ona o‘z ishi, o‘z burchi uchun javobgar 
ekanligini tasawur qila olsa va unga amaliyotda rioya qilsa, mana 
shu narsa ularning obro‘-e’tibor qozonishi uchun asosiy zamin 
hisoblanadi. Ularning ruhiy dunyosi, ma’naviyati oilaviy iliq 
muhit uchun yetarli va ta’sirchan bo‘lsa, o‘z-o‘zidan obro‘ 
qozonilaveradi, oila a’zolari o‘rtasida mehr-muhabbatga erishadi. 
Agarda ota-onalar o‘zlarining hulq-odob hislatlari, his-tuyg‘ulari, 
xatti-harakatlarida bularga rioya qilsalar, oila a’zolari hamda 
jamoatchilik o‘rtasida yetarli darajada obro‘ qozona oladilar. Lekrn, 
obro‘ qozonish shaxsning tezkorlik bilan amalga oshiriladigan 
sifati emas. Ota-ona obro'si butun hayot davomida kundalik ibratli 
hulqi, axloqi, intizomi, aql-zakovati, kamtarinligi, ishbilarmonligi 
bilangina qo‘lga kiritishadi. Ibrat, na’muna, chekilgan zaxmat, 
zakovat, chin ezgu niyat, hayrli ish, samimiylik evaziga yuzaga 
kelgan obro' haqiqiy obro‘ bo‘ladi. Bunday obro4 farzandlar
325


xayrxohligi va hamdardligiga sazovor bo‘ladi. Natijada oila 
a’zolari totuv, osoyishta, inoq, ahil, xotiijam, hamjihat turmush 
kechiradilar. Oiladagi farzandlar yuksak his-tuyg‘uli, 
ma’na- 
viyatli, madaniyatli inson sifatida ruhiy ozuqa oladilar, ular ota- 
onalari bilan bexad faxrlanadilar, his-hayajonga to‘ladilar va shu 
g‘urur bilan yashaydilar, asta-sekin eng zarur shaxsiy fazilatlarini 
egallab boradilar. Oilaviy turmushda ayrim ota-onalar faqat tazyiq 
o‘tkazish yo‘li bilan farzandlari hamda boshqa oila a’zolari 
davrasida obro‘ orttirishni xohlaydilar, bu narsani yashashning 
asosiy vositasi deb hisoblaydilar. Bunda ular qo‘rqitish, buyruq 
berish, ruhan ezish, tahqirlash, tazyiq o‘tkazish usullarini 
qo‘llaydilar. Goho ular zaharxandalik va badjahllikni bola 
tarbiyasining eng muhim usuli deb biladilar. Qo‘rqinch asosida 
bolada vujudga kelgan “tobelikni”, “bo‘ysunishni” ular o‘zlaricha 
farzandlari davrasida erishgan obro‘ si deb o‘ylaydilar, tarbiyaning 
bu usuli yuqorida aytib o‘tilganidek avtoritar deb aytiladi. Ayrim 
ota-onalar esa o‘z farzandlari bilan kamroq muloqotda bo'lishni, 
o‘zlarini ulardan uzoqroq olib yurishni shu yo‘l bilan obro‘ 
orttirishni ham hayol qilishadi. Ulaming nazarida go‘yo farzand 
bilan qancha kam uchrashishsa, ma’lum masofadan muomala 
qilishsa, shuncha ko‘proq obro‘ qozonish mumkin emish. Bu 
noto‘g‘ri tushuncha, yuzaki qarorga kelish hisoblanadi. Aksincha 
ota-ona o‘z farzandi bilan qancha kam muloqotda bo‘lishsa, 
ulaming ruhiyati bilan yaqindan tanishmasa, o‘z ta’sirini 
o‘tkazmasada. ular o ‘rtasida begonalashish, befarq bo‘lish, his- 
tuyg‘ulari, ishonishlari, xohishlari kelib chiqadi. Hozirgi paytda 
shunday ota-onalar ham uchraydiki, ular bolaga faqat rasmiyat- 
chilik bilan munosabatda bo‘lish orqali obro‘ orttirishga harakat 
qilishadi.
0 ‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun ular qildan qiyiq 
qidirishadi, xatti-harakatlarini keltirib chiqargan asl sababdan ko‘z 
yumishadi. Bolaga hadeb tanbeh berishadi, begonalar davrasida 
kalaka qilishadi. Uning yurish-turishlarini cheklab qo‘yishadi, 
bo‘lar-bo‘lmasga tanbeh berishadi-yu, arzimas harakat uchun
326



jerkib, siltab tashlashadi. Farzandlariga ko‘p pand-nasihat qila- 
verish ham shaxslararo munosabatda noxush kechinmalami 
vujudga keltiradi.
Ota-onalar arzimagan mayda-chuyda muammo, mulohaza, 
ko‘mak uchun ham uzundan-uzoq o‘git-nasihat qiladilar. Farzand 
erkini poymol etib, mustaqil fikr yuritishi, intilishini oyoq osti 
qilishgacha borib yetadiiar. Ular o‘zlarining nasihatgo‘yliklarim 
ota-onalik burchi deb baholaydilar. May da gaplik, ezmalik bilan 
o‘g‘il-qizlar o‘rtasida haqiqiy obro‘ qozonib bo‘lmaydi.
Turmushda soxta yaxshilik qilish orqali farzandlari oldida 
obro‘ orttirishmoqchi bo‘ladigan ota-onalar ham bor. Bunday ota- 
onalar o‘zlarining yumshoq muomalaligi, beozorligi, kechiruv- 
chanligi, yon beravchanligi, kam taiabchanligi bilan farzandlarini 
o'zlariga rom qilib oUshni istaydilar. Ularning fe’l-atvorida, na 
ma’naviyatida qat’iyatlilik, na talabchanlik, na barqarorlik mavjud.
Tilyog‘lamachilik, soxtalik, sun’iylik bilan bolada yuksak 
insoniy hislatlami, olijanob his-tuyg‘ulami, irodaviy sifatlami 
tarkib toptirib bo‘lmaydi.
Ota-ona obro‘sini orttirishda ibrat ko‘rsatish usuli muhim rol 
o‘ynaydi, oilada tarbiya ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish 
uchun ota-ona tinmay o‘zlarini ham pedagogik, ham ruhiy jihatdan 
tarbiyalab borishlari kerak, ular 
o‘zlarida yetishmaydigan 
sifatlami egallab borib, mavjud illatlami batamom tugatishlari 
lozim. Chunki ota-onaning tarbiya jarayonidagi iste’dodi - bu 
farzandlarga nisbatan muhabbat va sadoqatdan iboratdir. Ota- 
onalar o‘z farzandlari o'rtasida obro‘ga ega bo'lishlari uchun qator 
chora tadbirlami amalga oshirishlari zarur. Farzandlami yoshiga 
mos holda qator tarbiyaviy ishlar olib borishlari darkor.
— 
Ota-onalar farzandlari davrasida obro‘ orttirish uchun 
ularning ruhiy dunyosiga kirib borishlari ayni muddaodir. Chin 
obro‘ga ega bo‘Imoqchi bo'lgan har bir ota-ona qimmatli vaqtla- 
rini o‘z norasidalaridan hech mahal ayamasliklari kerak

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin