‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

tutiladi. Shu bilan
birga “Qur’on”da jamiyat, shuningdek, 
biror kishining manfaatiga zarar yetkazuvchi yomonlik hamda


dushmanlik qoralanadi. “Qur’on”da insondagi eng zarur xislatlar- 
dan sanalgan oliyjanoblik haqida ham fikr yuritiladi. Oliyjanoblik- 
yaxshilikni o‘zi uchun emas, boshqalar uchun ham zarurligini 
anglash istagidir. Demak, oliyjanoblik ruhiy holat bo‘lib, inson 
kamolotini ko‘rsatuvchi xislatdir. “Xashr” surasining 9-oyatida 
“Garchi o‘zlarida ehtiyoj bo'lsa-da, o‘zlarini qo'yib (o‘zgalarni) 
iysor-ixtiyor qilurlar. Kimki o‘z nafsining baxilligidan saqlana olsa, 
bas, ana o‘shalar najot olguvchi zotlardir”, - deya o‘zgalarga 
nisbatan oliyjanoblik qila olgan insonlar sharaflanadilar. Muomala 
madaniyatiga rioya qilish qonun-qoidalari Islom dini g‘oyalari 
yaratilgunga qadar ham tizimlangan bo‘lsada, biroq Islom 
ta’limotigina uning asl mohiyati, shuningdek, inson kamoloti va 
jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini to‘laqonli ravishda ochib berdi. 
Kishilarida shirinso‘zlik, madaniy muomala qila olish ko‘nikmalari 
taraqqiy etgan mamlakatlardagina ijtimoiy-iqtisodiy hamda 
madaniy taraqqiyot ro‘y beradi. Shirinso‘zlik insonning muomala 
madaniyatiga ega ekanligini ko‘rsatadi, uning obro‘sini oshiradi, 
elning hurmatiga sazovor qiladi. Shu bois “Qur’on”da har bir 
insonning shirinso'z bo'iishi ham o‘zi uchun, ham jamiyat uchun 
foydali ekanligiga alohida urg‘u beriladi. Boshqa oyatda esa Alloh 
kishilami so‘zlashganda past ovoz bilan so‘zlashga undaydi: 
“Kishilarga chiroyli so‘zlar so‘zlangiz” (“Baqara” surasi, 53-oyat).
“Qur’on”da yana insonni axloqiy kamolga yetkazishga zid 
xususiyatlar. manmanlik, aroqxo‘rlik, qimorbozlik, yolg‘onchilik, 
boshqalami kamsitish, badgumonlik, josuslik, g‘iybatchilik, 
maishiy buzuqlik, g‘azabnoklik, xasadgo'ylik, ochko‘zlik kabilar 
xususida ham muhim fikrlar bildirilgan.
Manmanlik - o‘z aybini tan olmaslik, takabburlik sanaladi. 
Manmanlik illati kishilami sog‘lom fikr yuritishdan, o‘zini tako- 
millashtirib borishdan mahrum etadi. Natijada jaholat illati paydo 
bo‘ladi (“A’ro f ’ surasining 146-oyati). “Qur’on”da aroqxo‘rlik va 
qimorbozlik ham insonni tubanlik sari yetaklovchi, or-nomusini 
oyoq osti qiluvchi illat sifatida qoralanadi. Chunki aroqxo‘r asta- 
sekin or-nomusini xmuta boshlaydi, maishiy tubanlikka yuz tutadi. 
Inson naslining buzilishi, jamiyatning inqiroziga sabab boiadi. 
Aroqxo‘rlik va qimorbozlik ruhan va jismonan insonning ma’naviy
349


qashshoqlanishiga olib keladi. Bunday inson ham oila, ham jamiyat 
uchun bevosita zarar keltiradi. Shunga ko‘ra, isiom ta’limoti 
g‘oyalarida aroq xarom hisoblanishi qayd etiladi.
Qimor esa insonga ham moddiy, ham ma’naviy jihatdan zarar 
keltiradi, inqirozga yuz tutishga oUb keladi. Shuning uchun ham 
ushbu yomon illatlaming oldini olish ta’kidlanadi. “Qur’on”da 
yolg‘onchilik va uning turlari, zarar И oqibatlari haqida ham batafsil 
to‘xtab o‘tilgan. IJnda yolg'onchilik razolat bilan bir qatorga 
qo'yiladi. Odamlar yolg‘onchi kishining gaplariga ishonmay 
qo‘yadilar, unga bo‘lgan ishonchlarini yo‘qotadilar. Shuningdek, 
mazkur kitobda yolg‘ onchilikning turlari ham bayon etiladi. 
Shulardan eng xavffisi xiyonat deb ta’kidlanadi. Zero, xiyonat 
jamiyat uchun ham, shu jamiyatda yashovchi odamlar uchun ham 
zarar keltirib, uni xarob etadi. “Anfol” surasining 27 hamda “Niso” 
surasining 107 oyatida xiyonat qilganlami Alloh kechirmasligi 
ta’kidlangan. Y olg‘ onchilikning у ana bir turi va’daga vafo qilmas­
lik deb ko‘rsatiladi. Irodasiz, birovga yaxshilikni ravo ko‘rmay- 
digan, ishonchsiz kishilar va’daga vafo qihnasligi bayon etiladi. 
Islomda va’dasining ustidan chiqmaslik - munofiqlik deb tushun- 
tiriladi. Bu xususidagi fikrlar hadislarda ham o‘z ifodasini topgan, 
xususan, “Munofiqlikning belgisi uchta: gapirsa-yolg‘on gapiradi, 
va’da bersa-vafo qilmaydi, omonatga xiyonat qiladi” tarzida ifoda 
etilgan. Yolg‘on guvohlik berish ham kishilarga jabr-zulm 
o'tkazishga sabab bo‘lishiga “Qur’on”da alohida e’tibor beriladi.
Chaqimchilik ham yolg‘onning bir turi sifatida, kishilar 
o‘rtasiga nifoq soluvchi razolat tarzida qoralanadi. “Qur’on”da 
haqiqiy inson o‘zgalami kamsitmasligi, boshqalami hurmat qilishi, 
shu bilan kishilar o‘rtasida totuvlikni mustahkamiash mumkin 
ekanligi kabi g‘oyalar ham mavjud. Islom ta’limoti da hasad ham 
eng qabih xislat sifatida qoralanadi. “Qur’on”da insonning axloqiy 
kamol topishida bekorchi gap-so‘zlardan yiroq yurish, mayda va 
behuda gaplarga vaqt ketkazmaslik, ulardan o‘zini chetga olish 
kabilami ham bajarish farz ekanligi ta’kidlanadi. Insonning 
ma’naviy kamol topishiga salbiy ta’sir etuvchi xislatlardan biri - 
ochko‘zlik ekanligi ta’kidlanib, kishilaming bunday xislatga ega 
bo‘lmasligi darkor ekanligi uqtiriladi. Chunki mol-u dunyo
350


orttirishga bo‘lgan rag‘bat manmanlik, berahmlik, isrofgarchilik 
kabi yomon xislatlaming paydo bo‘lishiga olib keladi (“A’rof” 
surasining 31-oyati). Ochko‘zlik, xasislik esa mol-dunyoga ruju 
qo'yishga olib keladi.
“Qur’on”da ta’lim berilishicha, mol-dunyo insonni sinash 
uchun beriladi. Mol-dunyoga erishgan har bir inson uni to‘g‘ri 
yo‘lda sarflashi lozim (“Anfol” surasi, 28 oyat).“Qur’on”da boylik 
emas, haqiqat va yaxshilik abadiydir, deyiladi. Ba’zilar mol- 
dunyosi ortganda manmanlik kasaliga giriftor bo‘ladilar, aql va 
adolatni unutadilar. Inson boylik orttirsa, haddidan oshadi, shu 
sababli kishilarning boylik orttirgan chog‘ida kekkayib, gerdayib 
ketishlaridan saqlanish masalalari keng yoritiladi.Islom ta’limotida 
ilgari surilgan g‘oyalardan yana biri va uning eng muhim tarkibiy 
qismi poklik va tozalikka rioya qilishdir.
Xulosa qilib aytganda, Islom va uning asosiy ta’limoti 
mujassamlashgan Qur’oni karim insonda aqliy, axloqiy hamda 
jismoniy xislatlami shakllantirish, bir so‘z bilan aytganda, komil 
insonni tarbiyalashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin