‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

pand-nasihatlar
she’rlamixig amaliy hayot bilan uzviy 
bog‘iangamidan dalolat beradi.
Mol-dimyo to'plashga nisbatan yuzaga kelgan hirsni shoir 
xuddi tog‘dan kelayotgan seiga o‘xshatadi. Molu-davlat yig‘ish 
hirsiga berilgan kishi sel ostida qolgan toshdek chilparchin boiadi, 
deyiladi:
Mol yig‘ishni sel kelish deb hisobla,
Mol egasin tosh kabi yumalatar (3-t. 69 bet).
Shu bois aqlli inson bunday xavf ro‘y berishining oldini olishi, 
atrofdagilarning nazaridan qolmasligi lozim.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ta’lim-tarbiyaga oid pand- 
nasihatlarga boy she’rlar turmush tarzining turli tomonlaxini 
yoritishga xizmat qiladi. She’rlarda ilgari surilgan g‘oyalardan у ana 
biri inson hayotining abadiy emasligi, shu sababli imkon qadar 
kishilarga yaxshilik qilish lozimligi, yoshlik kuchi va husniga 
ishonish suvga suyanish bilan barobar ekanligi alohidata’kidlanadi.
Demak, eng qadimgi ma’rifiy yodgorliklarda ifoda etilgan va 
qadrlangan xislatlar - jasurlik, mardlik, adolat, sadoqat, insoniylik, 
xushmuomalalikdan iborat bo‘lgan. Tabiiyki, ushbu xislatlar 
insonda o ‘z-o‘zidan shakllanmagan. Tabiat va jamiyat hayotidagi 
o‘zgarishlar, ibtidoiy urug‘chilikka asoslangan turmush tarzi 
insonning ana shunday xislatlarga ega bo‘lishini taqozo etgan. Ikki 
katta kuch - yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi ayovsiz kurash 
insonda yuqorida qayd etilgan xislatlaming bevosita shakllanishiga 
turtki bo‘lgan.
3. “Avesto”
Zardusht taxminan miloddan avvalgi 570yilda tug'ilgan bo‘Jib, 
77 yoshida, ibodat qilayotgan paytida dushman kohinlaridan biri 
tomonidan o‘ldirilgan.
“Avesto” asari eramizdan avvalgi VI asming oxiri va IV asr- 
ning boshlarida yaratilgan bo‘lib, u uzoq davrlar mahsuli sanaladi, 
davrlar o'tishi bilan qayta-qayta ishlanadi. Asarning to‘liq kitob 
holida shakllanishi eramizdan avvalgi birinchi asrga to‘g‘ri kelishi 
barcha manbalarda alohida qayd etiladi.
338


Zardusht eramizdan awalgi VI asrda yashagan. Xorazmda 
yashagan chorvadorlar oilasi Spitama urag‘idan bo‘lgan. Otasi 
Paurushasp, onasi Dugdova ot va tuya boqish bilan shug‘ul- 
langanlar. Zardusht ko‘p xudolikka sig‘inish hamda ko‘plab 
qurbonliklar qilinishi natijasida mollar qirilib ketayotganligi, 
shuningdek, turli qabilalar o‘rtasida nizolar kelib chiqayotganligini 
ко‘rib, uning oldini olish choralarini izlaydi va ana shu maqsadda 
o‘z ta’limotini targ‘ib qila boshlaydi. Lekin qabiia boshliqlariga 
uning ta’limoti va unda ilgari surilgan g‘oyalar yoqmaydi. Zardusht 
xudodan kelgan vahiy orqali ko‘pxudolikka qarshi yakka xudolikni 
targ‘ib qila boshlaydi, kuchli hokimiyat o'matib, yer yuzida 
tinchlikni barqaror etish uchun kurashadi, yaxshilik va ezgulik 
xudosi Axura Mazdani himoya qiladi.
Inson va uning jamiyatda tutgan o‘miga nisbatan munosabat 
masalasi “gof’lar mazmunida o‘z ifodasini topgan.
“Avesto” tarbiyaviy manba sifatida katta ahamiyatga ega. 
Yuqorida aytib o‘tilganidek, Zardusht qadimgi qabilalar a’zola- 
rining diniy e'tiqodlariga aylangan qarashlar mazmunini isloh 
qilgan. Zardusht ta’limotining ilg‘or g‘oyalari shundan iboratki, 
Axura Mazda (qodir iloh) dunyoda mavjud bo‘lgan adolat va 
yaxshilikning ijodkori sanaladi. Anxra Mani (Yovuz ruh) barcha 
yomonliklami yuzaga keltiradi, “Avesto”ning mazmuni borasida 
uning bizgacha yetib kelgan parchalarda ilgari surilgan qarashlar 
mohiyatiga asoslanib quyidagi xulosaga kelish mumkin:
“Vendidaf’ning dastlabki uch bobida xalq hayotida yeming qay 
darajada ahamiyatga ega ekanligi kuylanadi. Chunonchi, birinchi 
bobda yovuzlik va ado vat hukmron bo‘lgan o‘lkalar tasniflanar 
ekan, Axura Mazda Tinchlik va Adolat o‘lkasining asoschisi, 
Anhra Manyu esa jaholat urag‘ini sochuvchi sifatida talqin etiladi. 
Asarda ana shunday о ‘ lkalardan 16 tasi qayd etib o‘tiladi.
“Avesto”da tasvirlangan adolat o‘lkasining keyingi davrlardagi 
nomlari: 1. Aryana Vedja - Xorazm yoki Araks daryosi qirg‘og‘i 
yoki Amu va Sirdaryo deltasidagi o‘lka. 2. Gava-So‘g‘diyona. 3. 
Mouru (Margav)-Marshana (Marv, hozirgi Mari shahri joylashgan 
hudud). 4. Baxdi-Baqtriya (Balx). 5. Nisaya - Nisa, Parfiya 
poytaxti. 6. Xaroy-Isfaxondagi bir joy. 7. Xnenta-Gurkaniya.
339


8.Xaraxvaiti-Garut (Araxoziya bilan bog‘liq). 9.Xetumant - 
Gilmendahavzasidagi viloyat. 10. Raga-midiyadagi bir shahar. Ray 
Tehronga yaqin. 11. Chaxra-Xurosondagi bir joy. 12. Varna - 
Janubiy Kaspiy bo‘yi viloyati. 13. Xapta Xindav - Inda, Panjob 
havzalarida joylashgan hududi. 14. Rangxa irmoqlari-mifologik 
o‘lka!.
XIX bobda odamlaming Axura Mazdaga bo‘lgan e’tiqodlari 
darajasini ifodalash maqsadida ular boqiy dunyoda qil ko‘prikdan 
o‘tadilar, ko‘prikning o‘rtasi qilich kabi o‘tkir bo‘ladi, deyiladi. 
Kimki Axura Mazdani tan olmasa, unga ishonmasa, u “qil 
ko‘prik”dan o‘tolmay, jahannamga tushadi. Dindor va doimiy 
ravishda ibodat qiluvchilar esa jannatga tushadilar. Axura Mazda 
yaratilgan vaqtdan boshlab oradan o‘n ming yil o‘tgach, 
Axrimaiming kuchi tugab, Adolat oikasi qaror topadi. Shunda 
barcha may ill ar (qazo qilgan kishilaming tanalari) bir joyga 
to‘planadi, ularga jon ato etilib, yaxshi kishilar bir tomonga, yomon 
kishilar ikkinchi tomonga ajratiladi. Shu tariqa yaxshilar jannatga, 
yomonlar esa do‘zaxga tushadi. Yaxshi odamlar uch kun davomida 
otash irmog‘ini kechib o‘tgach, gunohlardan poklanib, Axura 
Mazda yurti - Adolat o‘lkasiga kiradilar. Bu o‘lkada inson o‘zining 
axloqi va yaxshi amallari, xatti-harakatlari bilan yaxshilik tarafdori 
ekanligini isbotlashi kerak. Inson o‘z hayot yo'lini tanlar ekan, o‘z 
zimmasiga olgan majburiyatni bajarishga javobgar sanaladi. 
“Goflarda Axura Mazdaning yerdagi yordamchisi hisoblangan 
chorvadorlaming dunyoqarashlari ifodalangan. Yaxshi kishilar 
yuksak axloqiy xislatlarga ega bo‘lsalar, yovuz kishilar yomon 
xislatlaming egasidir. Zardushtiylikda yaxshilik va yomonlik 
tushunchalari orqali yer yuzida mavjud bo'lgan yaxshilik va 
yomonlik dunyosining mohiyati ochib beriladi.
Taqvodor chorvador odil va oqil bo‘lib, atrofdagilaming 
hurmatlariga sazovor bo‘Isa, katta podaning egasiga aylanadi. 
Chorvadorlaming nazarlarida ko‘chmanchilar ulaming dushman- 
laxidir. Chunki ular odamlami talaydi, molini haydab ketadi. 
Asarda ko‘chmanchilar axloqsiz mahluqlarga qiyoslanadilar. Ular
1 Маковелский A.O. Авесго. - Баку, Изд-во Азерб, 1960, с. 48-56.


azob-uqubatlarga loyiq, zero serhosil yaylovlami yakson etadilar, 
yaxshilik homiylariga hujum qiladilar. Bildirilayotgan fikrlardan 
anglashiniladiki, zardushtiylik dmining g‘oyalariga ko‘ra shaxs- 
ning axloqiy xislatlarga ega bo‘lishi Adolat oikasini qaror 
toptirishda tayanch omil bo‘lib xizmat qiladi. Zardushtning asosiy 
yo‘riqlaridan bin ham Axura Mazdaning ko‘makchisi sanalgan 
inson sahovatli bo‘lishi kerak, degan aqidadir. Garchi, zardush- 
tiyiikda diniy rasm-rusumlarga rioya etish, Zardusht tomonidan 
ilgari surilgan barcha axloqiy yo‘l-yo‘riqlami bajarish har bir 
kishining muqaddas burchi ekanligi e’tirof etilishi bilan birga 
dunyoviy ishlar va ulaming mohiyati ham ochib beriladi.Zardusht 
Axura Mazdadan dunyoda shodlik va baxt makoni, eng sevimli joy 
qayerda ekanini so'raganda, u shunday javob beradi: u shunday 
joyki, kishilar u yerda uy-joy quradilar, otashkada (ibodatxona)lar 
barpo etadilar, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanib, 
bola-chaqali bo'ladilar; men har ikkala q o ii bilan mehnat qiluvchi 
kishini qo‘llayman, uning ishiga baror, hosiliga baraka 
bag‘ishlayman, deydi. Bunda mehnat, dehqonchilik yovuz 
kuchlarga qarshi kurash, yaxshilik manbai, tayanchi deb ko‘r- 
satiladi. Zero, zardushtiylikda axloqiylikning asosi, sahovatlilik 
belgisi - mehnat deb ko‘rsatilsa, ishyoqmaslik barcha nuqsonlami 
keltirib chiqaruvchi sabab ekanligiga urg‘u beriladi. Ayniqsa, 
dehqonchilik sohasida qilinayotgan mehnat yaxshilikni yuzaga 
chiqaruvchi asosiy omil deya ta’kidlanadi. Dehqonchilik bilan 
shug‘ullanish, mo‘l-ko‘l hosil yetishtirishga qaratilgan harakat 
Axura Mazda qonuniga bo‘ysunish sanalgan. Don ekkan kishi 
taqvodorlik urug‘ini ekishi, Mazdaga ixlosmandlik e ’tiqodini ilgari 
surishi, iymonni oziqlantirib turishi o‘n ming marta ibodat qilish 
bilan barobar, yuzlab qurbonlik qilishga teng deyiladi. “G‘alla 
yerdan unib chiqqanda, devlar larzaga keladi, g‘alla o‘rib 
olinayotganda devlar nola-faryod chekadi, g‘alla yanchib, un 
qilinayotganda ular qocha boshlaydi, xamir qilinganda esa devlar 
mahv bo‘ladi. G‘allaning mo‘l-ko‘l bo‘lishi devlaming labiga 
qizitilgan temir bosilgandek ularni tum-taraqay qiladi”.
Ushbu misollarda “Avesto”da inson mehnati tufayli barcha 
yomon xislat, yomonlik hamda yovuzliklardan qutilishi mumkin,
341


degan g'oya ilgari suriladi. “Avesto”da inson fikri, so‘zlari va 
ishlariga ikki qarama-qarshi kuch: VoxuMana (Ezgu fikr) va Ako 
Mana (Yovuz fikr) ta’sir ko‘rsatadi, deydi. Barcha fikr, so‘z va 
ishlar asosida aslida ezgulik va yovuzlik yotadi (“Yasna”, 30-bob). 
Asta-sekin axloqiy tushunchalar shaxsiy mazmun kasb eta 
boshlaydi. Masalan, “yaxshi so‘zlar” deganda ahdida turish va 
berilgan va’dani bajarish kabilar nazarda tutilsa, “yaxshi amallar” 
deganda esa savdo-sotiq ishlarida halol bo'lish, qarzni vaqtida 
to‘lash, o‘g‘rilik va talonchilik qilmaslik, o ‘zgalaming moliga ko‘z 
olaytirmaslik, buzuqliklardan o‘zini tiyish, atrofdagilarga ziyon 
yetkazadigan har qanday harakatni sodir etmaslik va hokazolar 
tushimilgan. “Yaxshi fikr” iborasining mazmuni o‘zida ilohiy 
qonun ruhidagi g‘oyalarga ega boiish, yaqin kishisiga nisbatan 
mehribonlik ko‘rsatish, muhtojlarga ko'maklashish, yovuzlikka 
qarshi kurashga doimo tayyor turish, kishilaming baxt-saodati 
yo‘lida harakat qilish, ahillik, qabiladoshlar bilan birga do‘stlik va 
totuvlikda yashashga intilish ruhidagi niyat va fikrlar musaffoligini 
aks ettiradi. Inson fikran ham boshqalarga hasad qilmasligi lozim. 
Yaxshi niyatli kishi darg'azab bo‘lmaydi, jaholatlarga berilmaydi. 
Zero, bunday ruhiy holatda inson yaxshilik haqida o‘ylamaydi, 
burch va adolat haqida unutadi va nojo‘ya harakatlar qiladi.
“Avesto”dagi uchlikning haqiqiy manbalariga yondashiladigan 
bo‘lsa, ular qadimgi zamon kishilaming axloqiy tasawurlariga 
batamom muvofiq bo‘lib tushadi. Fikr, so‘z va ishning birligi 
ibtidoiy insonning ham ajralmas xislati edi. Uning ong, axloq va 
boshqalar xususidagi tasawurlari o‘zi mansub boigan jamoa bilan 
uzviy bog‘langan. Jaftioaning fikri uning ham fikri, jamoaning 
so'zlari uning ham so‘zlari, jamoaning ishlari uning ham ishlari 
bo‘lgan. Ijtimoiy va shaxsiy manfaatlaming uyg‘unligi - urug‘chilik 
jamiyatining muhim belgisidir. Jamoaning har qanday topshirig‘ini 
bajarish uning a’zolari uchun muqaddas qonun edi”.
Tarozining bir pallasiga ezgu fikrat, ezgu kalom, ezgu amal —
xayrli ishlar, boshqa pallasiga esa yovuzlik va yomonlikka 
asoslangan xatti-harakatlar qo‘yiladi. Ezgu amallar salmog‘i 
og‘irlik qilsa, marhum ruhi yuqoriga uchadi va jannatga tushadi,
342



yovuz va yomon harakatlar qo‘yilgan palla og‘irlik qilsa, chohga 
tushadi.
“Avesto”da inson omili, uning salomatligini ta’minlash 
masalasi alohida bayon etilgan. Bugungi kunda xalq tabobatida 
qo‘llanilib kelayotgan va kishilar salomatligini saqlashda muhim 
ahamiyat kasb etgan ayrim usullar xususida ma’lumotlar beriladi. 
Bildirilgan fikrlar mazmuniga ko‘ra mavjud kasalliklami 
davolashda dorivor o‘simlik (giyoh)lar yordamida tayyorlangan 
vositalardan samarali foydalanilgani ma’lum bo‘ladi. Ana shunday 
dorivor vositalar sirasida kunjut, ko‘knori, zira, piyoz, savsan, turp, 
xurmo, sabzi, behi, asal, zaytun moyi, shakar, shira hamda 
sedananing nomi qayd etiladi. Ayrim kasalliklami bartaraf etishda 
dorivor o‘simliklaming ildizi, poyasi, bargi, guli, mevasi va 
urug‘laridan tayyorlangan qaynatmalaming foydasi katta ekanligi 
ta’kidlanadi. Kasalliklar rivojlanish davri, holati va turiga ko‘ra 
rejim asosida, duo o‘qitish, parhez saqlash, dori iste’mol qilish, 
shuningdek, jarrohlik amallarini tashkil etish kabi yoilar bilan 
davolangan. Asarda tabiblar tomonidan e’tirof etilgan va ulaming 
faoliyatlarida asosiy axloqiy-ma’naviy g‘oya bo‘lib xizmat qilgan 
qasamnoma matni ham keltirilgan.
Xulosa qilib aytganda, “Avesto” asarida insonning barkamol 
bo‘lib yetishishida uning 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin