‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


so‘zi, fikri hamda ishi ezgu bo‘lishi va



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

so‘zi, fikri hamda ishi ezgu bo‘lishi va
ezgulikning tantanasi uchun xizmat qilishiga 
katta e’tibor 
beriladi. Ushbu axloqiy uchlik g‘oyasi eng qadimgi davrlardan 
boshlab kishilik jamiyati taraqqiyotining keyingi bosqichlarida 
yaratilgan barcha ma’rifiy asarlar mazmunining shakllanishiga asos 
bo‘lgan.
Zero, imda insonning inson sifatida ma’naviy va moddiy 
jihatdan kamol topishi uchun zarur bo'lgan muayyan talablar o‘z 
ifodasini topib, hayot kodeksi sifatida nafaqat sharq balki g‘arb 
xalqlarining ham muhim ma’naviy merosi bo‘lib qoldi.
Asarda ifoda etilayotgan masalalaming ijtimoiy hayotning 
barcha j abhalarini qamrab olganligi Zardusht g‘oyalarining nazariy 
va amaliy ahamiyatini oshirib, uning qimmati bugungi kunda ham 
yuqori bo‘lishiga olib kelgan.
343


1. Ibtidoiy odamlar hayotida tarbiyaning o'ziga xosiigi 
nimalarda namoyon bo‘ladi?
2. Qadimgi yozuvlar va ulaming kelib chiqishi haqida 
nimalami bilasiz?
3. Xalq og‘zaki ijodida insondagi qaysi xislatlar ulug‘langan?
4. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit-turk” asaridagi 
o‘gitlardan misollar keltiring.
5. “Avesto” eng qadimgi yozma yodgorliklari nimalardan 
iborat.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
344


XIII BOB. VIIASRJDAN XIV ASRGACHA BO‘LGAN
DAVRDA MAKTAB, TARBIYA VA PEDAGOGIK FIKR
TARAQQIYOTI
1. Islom dini g‘oyalarming ta’lim-tarbiyaga ta’siri.
Musulmon maktablarida fa’Hm-tarbiya mazmuni
Isiom 
dinining
asoschisi va targ‘ibotchisi Muliammad ibn 
Abdulloh 570 yilda Makkada quraysh qabilasiga mansub Hoshi- 
miylar xonadonida tug‘iladi. Otasi Abdulloh Shorn safariga keta- 
yotib Madina shahrida vafot etganda, yoshi 30 ga yetmagan edi. 
Yosh Muhammad besh yoshi da onasi Ominadan ham ajraladi. 
Shundan so‘ng uni bobosi Abdul Mutallib o‘z tarbiyasiga oladi. Bu 
chog‘da Abdul Mutallibning yoshi yuzdan oshgan edi. Ko‘p o‘tmay 
u ham vafot etadi. Bobosining vafotidan so‘ng uning vasiyatiga 
ko‘ra, hali voyaga yetib utgurmagan Muhammadni amakisi Abu 
Tolib tarbiyalaydi. Ushbu yillarda u savdogarlik kasbining sir- 
asrorlarini o‘rgana boshlaydi. Voyaga yetgach Makka shahrining 
badavlat ayollaridan biri bo'lgan Xadichaning xizmatiga ishga 
kiradi.
609-610-yillardan boshlab Muhammad payg‘ambar sifatida 
yagona Allohga e'tiqod qilish g‘oyasini targ‘ib eta boshladi. Islom 
dinining g‘oyalarini quraysh va boshqa qabilalaming a’zolari 
o'rtasida targ‘ib etishda Muhammad alayhissalomga Xadicha har 
jihatdan ko‘mak beradi, ular bir umr maslakdosh, ham fikr bo‘lib 
qoladilar. Islom dini g‘oyalari targ‘ibotining dastlabki yillari 
payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning g‘oyaviy e’tiqodla- 
riga qarshi kofirlar va Makka mushriklarining adovati tobora 
kuchayib boradi. Bir necha urushlar bo‘ldi. Shundan so‘ng 
Allohning izni bilan Makka shahridan Madina shahriga hijrat 
etishga ruxsat bo‘ldi. Payg'ambarimiz 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin