‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

Muhammad alayhissalom
622
yilda o‘z sahoba va tarafdorlari bilan Madina shahriga yo‘l 
oldilar. Musulmonlaming hijriy yil hisobi xuddi shu yildan
345


boshlanadi. Madinada qabilalar qo‘shilib, yangi ittifoq - jamoa 
tuziladi. Bora-bora Madina shahrida musulmon jamoalari kuchli 
davlatga aylanadi.
632. yilda Muhammad alayhissalom Makka shahriga yana bir 
bor haj qiladilar, oradan uch oy o‘tgach, Madina shahrida vafot 
etadilar.
“Qur’on” - dunyo madaniyatining ulkan boyligi, musulmon- 
larning muqaddas kitobi bo‘lib, arab tilida “qiroat” ma’nosini 
anglatadi. “Qur’on” 114 suradan iborat bo‘lib, ulaming 90 tasi 
Muhammad alayhissalom Makka shahrida, 24 tasi esa Madina 
shahrida istiqomat qilgan davrlarda nozil bo‘linganligi to‘g‘risida 
manbalarda ma’lumotlar keltiriladi. “qur’on” g‘oyalari kishilami 
tenglik, birodarlik, tinch-totuv yashash va ezgulikka undaydi. 
Shunga ko‘ra, u katta axloqiy qimmatga ega. “qur’on” g‘oya- 
larining ma’naviy-axloqiy xususiyatlari xususida so‘z yuritilar 
ekan, uning insonning ma’naviy kamolga yetishida qay darajada 
muhim o‘ringa ega ekanligiga amin bo‘lamiz. Shuning uchun u 
mana necha asrlardan beri insoniyatning eng ulug‘ qadriyati sifatida 
e’zozlanib kelinmoqda. Qur’oni Karim kishilami tinch-totuv 
yashash, birodarlik, tenglik, saxiylik va bir-biriga mehr-muhabbat 
ko‘rsatishga undaydi. Shunga ko‘ra u katta axloqiy ahamiyatga ega. 
“Qur’on”ning axloqiy qimmati uning insonni ma’naviy kamolotga 
erishishida rioya etishi lozim bo‘lgan talablami bir butun holda 
mujassam eta olganligi bilan belgilanadi. Shu bois u necha 
asrlardan buyon insoniyatning eng ulug‘ qadriyatlaridan biri sifa­
tida e’zozlanib kelinmoqda. Ota-onaiar “Qur’oni karim” g‘oya- 
lariga ko‘ra eng birinchi navbatda ehson ko'rsatilishiga loyiq 
kishilar sifatida qayd etilgani holda ulaming haqlari belgilab berila­
di. Ota-onaning farzand oldidagi haqqi quyidagilardan iboratdir:
- farzandga ota-ona xatti-harakatlarining malol kelmasligi;
- ota-ona bilan gaplashganda ulaming dillariga og‘ir botadigan 
so‘z aytmaslik;
- ota-onaga ehtirom bajo keltirish;
- ota-onaga rahm-shafqat ko‘rsatish;
- ota-onaning haqlariga duo qilish.
346


“Qur’on”da faqat ota-ona emas, oilaning boshqa a’zolariga, 
qarindoshlar, yetimlar, kambag‘allar, qo‘ni-qo‘shnilarga ham 
yaxshilik qilish ta’kidlangan. “Niso” summing 36-oyatida “Ota- 
onangizga ham qarindosh-urug‘, yetim va miskinlarga, qarindosh, 
qo‘shni va begona qo‘shniga, yoningizdagi hamrohingizga, 
yo‘lovchi musofirga yaxshilik qilingiz!” (58 bet) deya, kishilami 
bir-biriga yaxshilik qilishga unday di. Bu oyat katta ijtimoiy-axloqiy 
ahamiyatga ega. Chunki har bir oilaning mustahkamligi jamiyatni 
mustahkamlashga, har bir yetimga g‘amxo‘rlik esa jamiyatning 
taqdiri uchun harakat qiladigan ma’naviy yuksak insonni kamolga 
yetkazishga olib keladi. Qo‘ni-qo‘shnilar bilan totuvlik esa mahalla 
hayotining tinch-totuv bo'lishini ta’minlaydi, bu esa o‘z navbatida 
jamiyatning barqarorligiga olib keladi. Demak, yuqoridagi sura oila 
va jamiyat o‘rtasidagi mustahkam aloqa mohiyatini ham ifbda 
etadi. “Qur5on”da sabr-qanoatga ham yuksak axloqiy fazilat 
sifatida katta e’tibor beriladi. Shuning uchun ham sabr “Qur’on”da 
eng ko‘p zikr etiladigan xislat bo‘lib, quyidagi xislatlami kamol 
toptiradi. Shu o£rinda shijoat qiyinchiliklarga, iffat - shahvoniy 
hirsga, halimlik esa jahlga sabr qilishning mezoni sifatida talqin 
etiladi. “Qur’on”da ta’kidlanganidek, sabrli, sabotli bo‘lish - bu 
qiyinchiliklarga bardosh berish, yomon kishilar tomonidan 
yetkazgan nohaqliklarga chidash, boshga tushgan musibatlarga 
nisbatan bardoshli bo‘lishdan iboratdir. Quyida keltiriluvchi 
oyatlarda qayd etilgan fikrlarga rioya etish insonda sabr-toqat 
hamda matonat kabi xislatlami tarbiyalaydi: “Va albatta, sizlami 
xavf-u xatar, ochlik, mol-u jon va meva-chevalami kamaytirish 
kabi narsalar bilan imtihon qilamiz. Biror musibat kelganda: 
“Albatta biz Allohning (bandalarimiz) va albatta biz u zotga 
qaytguvchilarimiz”, deydigan sobirlarga xushxabar bering (Ey 
Muhammad)! Ana o‘shalarga Parvardigorlari tomonidan salovot 
(ma’rifat) va rahmat bordir. Ana o'shalar haq yo‘lini 
topguvchilardir” (“Baqara” surasi, 155-157-oyatlar).
Yuqorida keltirilgan oyatlar mazmunidan anglanadiki, sabrli 
kishilar hayotda doimo to‘g‘ri y o in i tanlab oladilar, har qanday 
qiyinchiliklarga bardosh beradilar, musibatlar oldida bosh 
egmaydilar. Qur’oni karim insonni sabr-bardoshli boiishga
347


undaydi. Bu esa har bir kishining eng oliy xislati sanaladi. 
“Qur’on”da insonda tarkib topishi kerak bo‘lgan oliy xislatlardan 
yana biri sadoqat deb ta’lim beriladi. Har bir jamiyatning ravnaqi 
shu jamiyatda yashayotgan kishilaming o‘z vatani va xalqiga 
bo‘Igari sadoqatiga ham bog‘liqdir. Zero, sadoqat bor joyda 
ishonch, e ’tiqod mavjud bo‘ladi. Jamiyat a’zolarining vatani hamda 
xalqiga nisbatan 
sadoqatli 
bo‘lishlari jamiyat 
ravnaqini 
ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etuvchi omillardan biri 
hisoblanadi. 
“Qur’on”da 
sadoqat 
barcha 
yaxshiliklaming 
debochasi sifatida, shuningdek, rostgo‘ylik ma’nosida ham talqin 
etilgan. Sadoqat o‘zgalaming omonatiga xiyonat qilmaslik, bergan 
va’dasiga vafo etish kabi holatlami ham ifoda etadi. Shunga ko‘ra 
Alloh musulmonlarni bir-birlariga sadoqatli bo‘lishga undagan: 
“Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqingiz va iymonlarida sadoqatlilar 
bilan birga bo‘lingiz”, - deyiladi “Tavba” surasining 119-oyatida. 
“Qur’on”da kishilar o‘rtasidagi o ‘zaro munosabatlami yaxshilash 
to‘g‘risida ham gap boradi va bu oliy darajadagi insoniy xislat 
bo‘lib, pok qalbli kishilargina bunga erisha oladi, deyiladi. Jamiyat 
a’zolarining bunday xislatga ega bo‘lishlari ham jamiyatda, ham 
odamlar orasida tinchlik va osoyishtalikning barqaror bo‘lishiga 
zamin hozirlaydi. Shu bois ham kishilar o'rtasidagi o‘zaro aloqani 
mustahkamlash musulmonchilikning asosiy talablaridan biri 
sanaladi. “Hujurat” surasining 10-oyatida bu xususda: “Mo‘’min- 
lar, hecb. shak-shubhasiz, og‘a-inilardir. Bas sizlar ikki og‘a- 
iningizning o‘rtasini o‘nglab qo‘yinglar”, - deyiladi. Kishilar 
o‘rtasidagi kelishmovchiliklaming oldini olish yoki ularning o‘zaro 
totuv yashashlariga erishish jamiyat ahamiyatiga egadir. Ijtimoiy 
hayotda har bir shaxs yoki umumxalqning farovon va baxtli hayoti 
ko‘p jihatdan ularning o‘zaro tinch-totuv yashashlariga bog‘liq. 
“Qur’on”da kishilar o‘rtasida yo‘lga qo‘yiluvchi o‘zaro yordamga 
alohida ahamiyat beriladi. Atrofdagilarga nisbatan yaxshilik qilish 
hamda taqvodorlik yo‘lida bir-biriga yordam berishga chaqiriladi. 
“Qur’on”da yaxshilik tushunchasi ostida rostgo‘ylik, omonatga 
xiyonat qilmaslik, saxiylik, shijoat va boshqa barcha fazilatlar 
nazarda 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin