‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


 Muhammad ibn Iso at-Termiziy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

3. Muhammad ibn Iso at-Termiziy
Mashhur muhaddislar dan yana biri vatandoshimiz Muhammad 
ibn Iso at-Termiziy bo‘lib, u 824-yilda Termiz yaqinidagi Bug‘ 
qishlog'i (hozirgi Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani)da 
tug‘ilgan. Uning oilasi va ota-onasi haqida ma’lumotlar yo‘q. Ba’zi 
tadqiqotchilar uning otasi asli Marvlik bo‘lgan deb qayd etadilar.
Muhammad ibn Iso at-Termiziyning zehnining o‘tkirligi, 
xotirasi, va yod olish qobiliyatining kuchliligi tufayli Imom Ismoil 
al-Buxoriy ham uni faqatgina shogird sifatida emas, balki hamkor, 
hamfikr va do‘st sifatida ham hurniat qilgan. Muhammad ibn Iso 
at-Termiziy uzoq safarda manbalardan o‘qigan yoki muhaddis- 
lardan eshitgan hadislami to‘plab, kitoblar ta’lif qilishga kirishadi. 
U 863 yilda o‘z vataniga qaytadi va o‘zi ham shogirdlarga ta’lim 
beradi, ayni vaqtda kitoblar ham yozadi. Alloma tomonidan o ‘ndan 
ortiq asarlar yaratilganligi ma’Ium. Bular qatoridan “Al-jome’ as- 
sahih” 
(“Ishonchli 
to‘plam”), 
“Ash-shamoil 
an-nabaviya” 
(“Pay g ‘ ambarning alohida fazilatlari”), “Al-ilal fi-l-hadiys” 
(“Hadislardagi illatlar va og‘ishlar haqida”) kabi asariari o‘rin 
olgan bo‘lib, ular juda mashhurdir.
Muhammad ibn Iso at-Termiziy tomonidan yozib qoldirilgan 
asarlarda o‘z ifodasini topgan hadislar ham Imom Ismoil al- 
Buxoriy tomonidan bayon etilgan hadislari kabi insonni halollik, 
adolat, e’tiqod, diyonat, poklik, mehnatsevarlik, muruwatlilik, 
mehr-shavqat, yoshi kattalar,, ota-ona va qarindoshlarga hurmat 
g‘oyalarini ilgari surish xususiyatiga ko‘ra shaxs ta’limi va 
tarbiyasini tashkil etishda katta ahamiyatga ega.
4. Hadislarning mazmuni va tarbiyaviy ahamiyati
Hadislarda insonning kamolotga erishishi uchun talab etila- 
digan insoniy fazilatlar ifoda etilgan bo‘lib, ushbu fazilatlar sirasiga
354


o‘zgalarga mehr-oqibat ko‘rsatish, saxiylik, ochiq ko‘ngilIik, ota- 
ona, kattalar va qarindoshlarga nisbatan muruwatli bo‘lish, uiarga 
g‘amxo‘rlik qilish, vatanga muhabbat, mehnat va kasb-hunami 
ulug‘lash, halollik, poklik, do‘stiik, oliyjanoblik, rahm-shafqatlilik, 
kamtarlik, rostgo‘ylik va vijdonlilik kabi xislatlar kiritiladi. Bundan 
tashqari, insonning o‘zini yomon illatlardan tiyishi, yaxshilik sari 
intilishi kerakligi borasidagi pand-nasihatlar ham o‘z aksini 
topganki, bulaming barchasi Qur’oni karimda qayd etilgan 
ko‘rsatmalarga asoslanilgan va komil insonni shakllantirishda 
asosiy mezon bo‘lib xizmat qiladi.
Hadislarda iymonning mukammal va mustahkam bo‘lishi 
quyidagi uch shartga qat’iy amal qilinishiga bog‘liqligi ko‘r- 
satilgan:
- to‘g‘ri e’tiqodli boimoq;
- kishilar bilan yaxshi munosabatda bo‘lmoq;
- kishi o‘z ustida ishlamog‘i va o‘zini ibodat va itoatga 
chaqirmog‘i’ (Keyingi misollar ham ushbu kitobdan olindi).
Iymon daraxtga tenglashtiriladi va uning 60 dan ortiq shoxlari 
bor deya iymonning belgilari sanab o‘tiladi. Sanab o‘tilgan 
belgilaming har biri inson ma’naviy qiyofasini shakllantiruvchi va 
mukammallashtiruvchi xislatlardir. Bular quyidagilardan iborat: 
“qo‘li bilan va tili bilan o‘zgalarga ozor bermagan kishi musul- 
mondir”, “o‘zingiz yaxshi ko‘rgan narsani birodaringizga ravo 
ko‘rmaguningizcha hech biringiz chinakam mo‘min bo‘la 
olmaysiz” (3-4-boblar); “Uchta xislatni o‘zida mujassam qilgan 
kishining iymoni mukammal bo‘lgaydir:
- insofli va adolatli bo‘lmoq;
- barchaga salom bermoq;
- kambag‘alligida ham sadaqa berib turmoq” (20-bob).
Bundan tashqari, kishilar uchun xos bo‘lmagan munofiqlik
xislati xususida ham so‘z yuritiladi, chunonchi, «Rasulullohu 
sallalohu alayhi vasallam aytganlar: “quyidagi to‘rtta xislat kimda
1 Ал-Бухорий, Абу Абдуллок Мухаммад ибн Исмоил. Хадис. 4 жилдли китоб. 1-ккгоб. Ал- 
жомеъ Ас-сахих (Ишонарли туплам). Арабчадан 3. Исмоил таржимаси. - Тошкенг, 
Комуслар бош тахририяги, 1991. 14-бет


bo‘Isa, aniq rranofiq bo‘lg‘aydir, kimdaki, ulardan bittasi boisa 
uni tark etmaguncha munofiqlikdan bir xislati bor ekan, deyiladir:
- omonatga xiyonat qilgaydir;
- so‘ zlasayolg‘on so‘zlaydir;
- shartnoma tuzsa, shartida turmagaydir;
- urishib qolsa, kek saqlagaydir va nohaqlik qilaydir (25-bob).
Hadislarda inson ma’naviy kamolotining mezoni, uning
tafakkur doirasi, dunyoqarashining kengligi, ilmi)' bilimlarni qay 
darajada egallaganligi, o‘z bilimi bilan atrofdagilar va jamiyatga 
foyda keltirguvchi shaxs b oiib yetishishida muhim omildir deya 
ko‘rsatiladi. “Tolibi ilm qilish farzdir. Tolibi ilmga har bir narsa 
istig‘fbr aytadi, hatto dengizdagi baliqlar ham”. Bilimsizlik kishi­
laming nodonligiga zamin hozirlashi, ilmsiz jamiyatda esa jaholat 
hamda razolatning hukmronlik qilishi alohida ta’kidlab ko‘rsa- 
tiladi. “Ilm o‘rganmoq va o'rgatmoqning fazilati” borasidagi hadis 
(21 bob) da ilm o‘rganish ko‘p yoqqan yomg‘irga qiyoslanadi va 
ilm ahli quyidagi uch turga boiadi: “Ba’zi yer sof, unumdor boiib, 
yomg‘irm o‘ziga singdiradi-da, har xil o‘simliklar va ko‘katlami 
o‘stiradi va ba’zi yer qurg‘oq, qattiq bo‘lib, suvni emmasdan o‘ziga 
to‘playdir, imdan Alloh taolo bandalari foydalangaydir. Odamlar 
suvdan ichgaydirlar, hayvonlari va ekinlarini sug‘orgaydirlar. Ba’zi 
yer esa tekis boiib, suvni o‘zida tutib qolmaydir, ko‘katni ham 
ko‘kartirmaydir. 
Bulami 
quyidagicha 
mushohada 
qilish 
mumkindir: Bir kishi Alloh ilmini (Islomni) teran o‘rganadir, teran 
tushunadir va undan manfaatlanadi va Alloh yuborgan hidoyatni 
o'zi b‘rganib, o‘zgalarga ham o‘rgatadir. Ikkinchi bir kishi ilm 
o‘rganib, odamlarga o‘rgatadir. Ammo o‘zi amal qilmaydir. 
Uchinchi bir kishi mutakabburlik qilib, o‘zi ham o‘rganmaydir, 
o‘zgalarga ham o‘rgatmaydir”.
Ammo ilmga e’tiborsizlik va nodonlik (jaholat)ning avj olishi 
jamiyatning inqiroziga olib keladi. Hatto “Rasululloh quyidagilar 
qiyomat alomatlaridir, deganlar:
- limning susaymogi;
- jaholatning kuchaymog‘i;
- zmoning avj olmog‘i;
- xotinlarning ko‘paymog‘ i;
356


- erkaklaming ozaymogi”
Demak, qiyomatni odamlaming o'zlari sodir etadilar. «Ilm 
ravnaq topmagan mamlakatda zino avj olgan, o‘zaro urushlar 
kuchayib, erkaklar ozayib ketganda albatta, qiyomat qoyim bo‘la- 
di” (22-bob). Shu bois “Dmga amal va rioya qiluvchi boMinglar, uni 
faqat hikoya qiluvchi bo‘lmanglar”, - deyiladi (637-hadis). Islomda 
ikki xil ilm haqida so‘z yuritiladi: biri huquqiy (fiqh),, diniy yo‘l- 
yo£riqIar to‘g‘risidagi ilm boisa, ikkinchisi dunyoviy ilmlardir. 
Har ikki turdagi bilimlami chuqur egallash va ularga qat’iy amal 
qilish har bir mo‘’min uchun farz hisoblanadi.
“limning ofati unutishdir. Uni noahil kishiga gapirish esa uni 
zoye qilishdir”1 mazmunidagi hadis orqali o‘zlashtirilgan ilmni 
takrorlab borish, faqat chuqur va puxta bilimlargagina ega bo‘lgan 
kishilarning atrofdagilarga ilm berishining maqbul ekanligiga urg‘u 
beriladi. Shuningdek, hadislarda ilmning kishilami fahm-farosatli, 
o‘tkir zehnli, zukko hamda xotirani kuchli qilishdagi ahamiyati 
ham ta’kidianadi va “Ikn-u hunami Xitoydan bo‘lsa hamborib 
oTganinglar”, - deya da’vat etiladi. “Olim bo‘l, ilm beruvchi bo‘l 
yoki ilm o‘rgatuvchi bo‘l yoki tinglovchi bo‘l. Beshinchisi bo‘lma, 
halok bo'lasan” mazmunini ilgari suruvchi hadisning bayon etilishi 
orqali ham ilrnli bo‘lish insonni falokat va uning yomon 
oqibatlaridan saqlovchi omil ekanligiga urg‘u beriladi (41-hadis).
Hadislarda kishilarning bir-biri bilan do‘st, tinch-totuv 
yashashlari, o‘zaro muruwatli, mehr-shafqatli bo‘lishlari kerakligi 
haqidagi g‘oya ham ilgari suriladi. Bu g‘oya opa-singil, aka-uka, 
qarindosh hamda qo'shnilar o‘rtasida tashkil etiladigan muomala 
va munosabatlar mazmunining ochib berishga yo‘naltirilgan 
hadislar mohiyatida aks etadi. Ma’naviy-axloqiy xisiatlarga ega 
bo‘lgan inson ota-ona, opa-singil, aka-uka va qo‘shnilarga 
yaxshilik qiladi, bu yaxshilik ular o'rtasidagi totuvlikni kcltirib 
chiqaradiki, pirovardida jamiyat taraqqiy etadi, tinchlik barqaror 
bo‘ladi, aholi farovon hayot kechiradi. Har bir inson qilgarx ezgu 
amallari va odob-axloqi bilan yaxshi nom qoldiradi. Mazkui' holat 
hadislar mazmunida shunday talqin etiladi: «Mo‘min kishiga
! Мухаммад пайгамбар киссасн. Хаднслар. - Тошкенг, Камалак, 1991, 60-бет.
357


vafotidan keyin savobi tegib yetib turadigan amali solihlar 
quyidagilardir:
1. Tarqatgan ilmi .
2. Qoldirgan solih farzandi.
3. Meros qoldirgan qur’oni.
4. Qurgan masjidi.
5. Yo‘lovchilar uchun qurgan mehmonxonasi.
6. Qazigan arig‘i.
7. Tirikligida va sogiomligida sadaqa - ehson uchun ajratgan 
moli”1.
Haqiqatdan ham inson hayotdan o‘tadi, lekin u ilm-ma’rifat, 
ziyo tarqatishda, xalq farovonligi yo‘lida qilgan ishlari bilan xalq 
orasida abadiy qoladi. Ana shunday xislatlardan eng muhimi 
saxovatdir.
Hadislarda jamiyat ravnaqi, insoniyat taraqqiyotining ta’min- 
lanishiga ta’sir etuvchi muammolarga ham jiddiy e ’tibor berilgan. 
Ularning orasida ekologik muammolarga alohida o‘rin ajratilgan 
boiib, necha asrlardan buyon o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Ana 
shunday muammolar mohiyatini o‘z mazmimida aks ettirgan 
hadislarda ekin hamda ko‘chatlarni o‘tkazish, ulami himoya etish, 
ariq-zovurlar qazish va ulami vaqti-vaqti bilan tozalab turish, suv 
chiqarish kabi ezgu ishlami amalga oshirishga undovchi g‘oyalar 
mujassamlangan. 
Masai an, 
tirik jonivorlami 
oidirmaslik 
(shariatdan oidirishga buyurilgan ilon va chayondan boiak), 
jonivorlarga g‘amxo‘rlik qilish, ularga ozor bermaslik, inson 
yashaydigan joyni unga ozor beradigan narsalardan tozalash (227 
va 446 hadislar), kishilarga soya beruvchi daraxtlami kesmaslik, 
hovli sahnlarini toza tutish haqidagi hadislar2 shular jumlasidan. 
Demak, Hadislar Muhammad Payg‘ambarimizning sunnatlari 
bo‘lib, mazmunan har bir mo‘miiming ishonchi, e’tiqodini 
mustahkamlaydi, shu bilan insormi ma’naviy kamolotga yetaklaydi. 
“Islom dini ma’rifatga asoslangani uchun ham har bir shaxsni aqliy, 
jismoniy jihatdan kamolga yetkazishga oid e’tiqod va iymondan

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin