‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

qilish - eng 
oliy saodatdir. 
Т.: 0 ‘zbekiston. 2015 
yH
109-114 bctlar
2 (I.A. 
Karimov. Buyuk maqsad yo'tida og‘ishma\Hk, T. 1993 yil. 85-b)
331


> Tarixiy taraqqiyot jarayonida ta’Km-tarbiya tizimini sinfiy 
xarakteri bilan tanishtirish;
> Jamiyatning turli bosqichlarida ilmiy-nazariy pedagogik 
qarashlami egallash;
> Turli bosqichlarda shaxs kamoloti konsepsiyasi va uni 
bugungi kun maktab-maorif tizimi, uning maqsad vazifalari bilan 
qiyoslash malakasini shakllantirish;
> Ajdodlarimiz yaratgan ma’naviy meroslarimiz umumin- 
soniy va milliy qadriyatlarimiz bilan tanishtirish;
> Turli shakllarda ta’lim-tarbiya uslublari va vositalaxini 
egallash;
> Tarixiy jarayonlarda g‘oyalar-maorif tizimi mazmuni, xalq 
an’analarinmg o‘rganish orqali talabaiarga vatanparvarlik tuy- 
g‘usmi shakllantirish.
- Pedagogika tarixi ta’lim mazmuni va zamonaviy ta’lim 
mavzuni, ta’lim-tarbiya sohasidagi Davlat me’yoriy hujjatlari, 
ulaming mohiyati bilan bogiash;
- Rivojlangan davlatlar maktab-maorif tizimi va Respub- 
likamiz maorifini qiyosiy holda o‘rganish;
- Pedagogika tarixi ilmi mazmun asosida bo‘lg‘usi pedagog- 
laming ijodiy pedagogik tafakkurini shakllantirish.
Pedagogika tarixi kursida o‘tmish pedagoglarining ta’limoti 
bilan bir qatorda mashhur filosoflar, yozuvchi va jamoat arbob- 
larining pedagogik qarashlari ham o‘rganiladi. Pedagogika tarixiy 
kasbiy ahamiyatga ega bo‘lishdan tashqari muhim umumiy 
madaniy ahamiyatga ega, chunki u talabalarda o‘zlari uchun 
qadrdon bo'lgan predmet orqali insoniyat tafakkuri tarixi, ijtimoiy 
taraqqiyoti tarixi bilan yaqindan tanishishga yordam beradi.
2. Eng qadimgi davrdan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va
pedagogik flkrlar
Hoidrgi o‘zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming 
yillar oldin yashagan bo‘ lib, ular yuksak va o‘ziga xos madaniyatni 
vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgan. 
Dastlabki tosh qurollaridan tirikchilik uchun foydalanish, ancha
332


takomillashgan mehnat qurollarini yasash, urug'chilik davriga 
kelib, xo‘jalik hayoti va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlarni 
o‘z ichiga olgan davrgacha bo‘lgan tariximiz ota-bobolarimizning 
boy 
qadimiy 
madaniyatga 
ega 
bo‘Iganiigidan 
dalolat 
beradi.Ajdodlarimiz 
tomomdan 
qo‘lga kiritilgan 
qadimiy 
madaniyati tarkibidan ta’lim-tarbiyaga oid merosi ham alohida 
o‘rin olgan. Zero, hozirgi turkiy va forsiyzabon xaiqlaming 
bizgacha yetib kelgan muhim arxeologik topilmalari, tarixchilar, 
adabiyot va san’at namoyandalarining ijodiy merosi, san'at va 
adabiy asarlaming namunalari buning daliiidir. Ma’lumki, kishilik 
jamiyatining vujudga kelishi jarayonida inson ham biologik 
jihatdan, ham ijtimoiy jihatdan takomillashib borgan. Dastlabki 
diniy e’tiqodlar, eng oddiy ixtirolarning takomillashib borishi kabi 
holatlar inson ongining ham shakllanib borishiga turtld bo‘ldi. Bu 
jarayon minglab yillami o‘z ichiga olgan bo‘lib, ana shu davrda 
inson ongi shakllanishinmg asosi sifatida qabul qilingan xulq-odob 
qoidalari, ijtimoiy talabiar yuzaga kelgan. Ushbu talablar muayyan 
davrda yaratilgan yodgorlikl arining asosiy mazmuni va mohiyatini 
tashkil etadi. Eng qadimgi kishilarga xos bo‘lgan xislatlar, ulaming 
dastlabki, oddiy istaklari, orzu-umidlari qadimgi eposlarda aks 
etgan afsonaviy obrazlar hamda qahramonlar qiyofasida o‘z 
ifodasini topgan. Ruhga sig‘inish (oriimizm), ajdodlar ruhiga 
sig£inish (totemizm), sehrgarlik kabi diniy e’tiqodlar va marosimlar 
yoritilgan afsona va rivoyatlarda eng qadimiy ajdodlarimizning 
tafakkur dunyosi aks etgan. Ma’lumki, ibtidoiy kishilar mehnat 
faoliyati jarayonida o‘z ehtiyojlarini qondirgan va bu jarayon yosh 
avlodda ham mehnat qilish, amaliy faoliyatni yo'lga qo‘ya. olish 
borasidagi nazariy bilim, ko‘mkma va malakalami hosil qilishga 
zamin hozirlagan. Mehnat faoliyatini tashkil etish jarayoni 
dastlabki paytlarda butun ijtimoiy hayotni yo‘lga qo‘yish negizida 
amalga oshirilgan bo‘Isa, keyinchalik tarbiya inson faoliyati asosiy 
jihati, ijtimoiy ongni shakllantirishning muhim omiliga aylandi. 
Dastlabki urug‘chilik jamiyatidan oldin ham inson yashash uchun 
kurashgan, mazkur davrda urug‘ning barcha a’zolari jamoa bo‘lib 
harakat qilganlar. Keyinroq kishilar mehnat faolij^atini jamoa


a’zolarining yosh jihatlariga ko‘ra quyidagi uch giiruh asosida 
tashkil etganlar.
- bolalar va o‘smiriar;
- ijtimoiy hayot va mehnatda to‘la ishtirok etuvchilar;
- keksalar.
Ibtidoiy jamiyatda bola o‘zi uddalay oladigan faoliyatning 
tashkil etilishida bevosita ishtirok etib. hayot kechirish va mehnat 
qilish ko‘mkmalarini o‘zlashtirgan. Bu holat og‘ir sharoitda 
kechgan. o ‘g‘il bolalar erkaklar bilan ov qilish, qurol yasash kabi 
yumushlami bajarsalar, qizlar, ayollar tomonidan bajariladigan 
mehnat sirlarini o'zlashtirar edilar. Hech qayerda yozilmagan odat 
va an’analarga ko‘ra, yosh bolalar keksalar nazorati ostida ma’Ium 
tajribalarga ega bo‘lardilar. Bola ma’Ium tayyorgarliklardan so‘ng 
maxsus sinovlardan o‘tib, amaliy faoliyatda faol ishtirok eta olish 
huquqini qoiga kiritar edi. Ushbu an’ana, ya’ni, bolalarni ma’Ium 
yoshgacha enaga yoki murabbiyga topshirish yaqin davrlargacha 
saqlanib qolgan, hatto hozirgi kunda ham ko‘ zga tashlanadi.
Jamiyatning ijtimoiy jihatdan taraqqiy eta borishi bolalarga 
dalalami o‘ichash, suv toshqinlarining oldini olish, kishilami turli 
kasalliklardan davolash usullariga oid bilimlami berishga bo‘lgan 
ehtiyojni yuzaga keltirdi. Mazkur ehtiyojni qondirish yo‘lidagi 
harakatning tashkil etilishi natijasida turli maktablar faoliyat yurita 
boshladi. Maktablarda asosiy e’tibor bolalarga og‘zaki bilimlar 
berish bilan birga ularda yozuv ko‘nikmalarinmg shakllantirilishiga 
qaratildi. Dastlab suratkashlik rivojlanib, piktografik xat paydo 
bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik qo‘shni mamlakatlardan kirib kelgan 
harflar yordamida yozish usuli paydo bo‘ladi va bu usul tez tarqala 
boshlaydi.
Eng qadimgi davrlarda yo‘lga qo‘yilgan ta’lim-tarbiyaga oid 
qimmatli ma’lumotlami biz yana xalq og‘zaki ijodi namunalaii: 
afsonalar, qahramonlik eposlari, qo‘shiqlar. maqol va iboralarda 
ilgari surilgan g‘oyalardan ham olishimiz mumkin. Chunk! xalq 
donishmandligining yorqin namunasi bo‘lgan xalq og‘zaki ijodida 
xalq pedagogikasiga xos bo‘lgan tarbiya tajribalari umumlashgan. 
Ibtidoiy kishilarning tabiat va jamiyat haqidagi tasawurlari, ular
334


tomonidan amal qilingan urf-odatlar, ijtimoiy munosabatlari 
mazmuni xalq og‘zaki ijodining eng qadimgi janrlaridan bin 
boigan afsonalarda ifodalangan. Afsonalaming qahramonlari 
yaxshilikning tantana qilishi uchun yomonlik hamda numing 
muqarrar mavjud bo‘lishi uchun zulmat bilan kurash olib boradilar, 
yaxshilik va baxt-saodatga chulg‘angan o‘lkalarini yaratadilar. 
Aksariyat afsonalaming qahramonlarini inson sifatida gavdalangan 
xudolar tashkil etgan. Ibtidoiy tuzum kishilarining orzu-istaklari, 
o‘y-fikrlari. maqsad va intilishlarini yoritishga xizmat qilgan 
afsonalaming ko‘pchiligi bizga eng qadimgi yodgorliklar - 
“Avesto”, Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” asarlari orqali 
ma’lumdir.
Qadimgi miflarda kishilaming tabiiy ofatlar va yovuz kuch- 
lardan saqlanish borasidagi dastlabki tasawurlari tirik mavjudot 
boshiga falokat keltiruvchi tabiiy kuchlarga qarshi mardonavor 
kurashgan inson va uning xatti-harakatlari orqali ifoda etilgan.
Miflar 
asosida 
yaratilgan 
afsonalaming 
qahramonlari 
tomonidan olib borilgan harakatlar qahramonlik eposlarining 
yaratilishi uchun zamin hozirlagan. Qahramonlik eposlarida 
vatanga bo‘lgan muhabbat, erk va ozodlik uchun kurash, yurtining 
har bir qarich yerini asrash, qadrdon qabilasining farovonligi, 
to‘kin-sochinligini ta’minlash yo‘lida jonini fido etish, qabilaning 
sha’ni, sharafi, ori va nomusi uchun kurashish tuyg'ulari tarannum 
etilgan. Zarina, Sparetra, To‘maris hamda Shiroq (Siroq)lar 
tomonidan ko‘rsatilgan yuksak vatanparvarlik na’mimalari, Zarina 
va Striangey, Zariadr va Odatida muhabbatlari, mardlik va 
qahramonlik timsollari bo‘lgan Rustam va Siyovush (Xorazm- 
Qang‘ eposi)laming jasoratlari to‘g‘risida hikoya qiluvchi 
epopeyalar shular jumlasidandir. Bizgacha yetib kelgan epik asar 
(afsona va rivoyat)larda asosan ajdodlarimizning yurt ozodligi, 
vatan ravnaqi va qabila farovonligi yo'Iida olib borgan kurashlari 
o‘z ifodasini topgan. qahramonlar vatanni va xalqni sevadi. Or- 
nomusni muqaddas deb bilish, do'st va safdoshlarga sadoqat, 
burchni yuksak darajada miglash, unga sodiqlik, vatan va xalqi 
uchun o‘z jonini qurbon etish, har qanday mashaqqatga bardosh 
berish, o‘z sevgi-muhabbati yo'lida aziyat kechishga tayyorlik kabi
335


insoniy tuyg‘u!ar ularning asosiy xususiyatlaridir. Qahramonlik 
eposlarida ulug‘langan eng asosiy axloqiy xislatlari - jasurlik va 
mardlikdir.
Jasurlik, kuchlilik va mardlik - qadimiy kishilarda tarkib 
topishi zarur bo‘lgan eng muhim fazilatlar sanalgan. Tarixiy 
shaxslaming hayoti va qahramonliklari borasida ma'iumotlar 
beruvchi rivoyatlar fikrimizning yorqin dalilidir. Ularda muayyan 
shaxs faoliyati, donishmandligi, qahramonliklari, tarixiy shaxs ega 
bo‘lgan axloqiy fazilatlar: nazokat, kamtarlik, aql-idrok, o‘zgalarga 
muhabbat, yorga vafo, sadoqat, baxt, odillik, odamiylik, oliy 
himmatlilik va mehnatsevarlik kabilar ulug‘langan.
Qadimgi ajdodlarimiz insonga xos jasurlik, adolat, sadoqat va 
insoniylik kabi xislatlami qadrlaganlar. Bu xislatlar insonda o‘z- 
o‘zidan shakllanmagan. Tabiat va jamiyat hayotida ro‘y bergan 
o‘zgarisMar, ibtidoiy urug‘chilik davrida qaror topgan turmush 
tarzi insonda ana shunday xislatJarning shakllanishini taqozo etgan. 
Eng qadimgi qo‘shiq va link she’rlarda jasurlik, adolat, sadoqat va 
insoniylik kabi xislatlar tarannum etilgan. Bunday qo‘shiq va link 
she’rlar XI asrda yashagan ulug‘ olim Mahmud Qoshg‘ariy 
tomonidan yaratilgan “Devonu-Iug‘atit-turk” asari orqali bizgacha 
yetib kelgan.
Turkiy xalqlarning tarixini yorituvchi qadimgi manbalarda 
pand-nasihat va o‘gitlar etilgan asarlar ham ko‘plab uchraydi. Ana 
shimday asarlar jumlasiga Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu 
lug‘atit-turk” asari ham kiradi.
Asarning mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi manbalaming 
aksariyatida Mahmud Qoshg‘ariyning qo‘shiqlami xalq orasidan 
yiqqanligi ta’kidlanadi. Aziz Qayumov esa bu she’r parchalarining 
asl nusxasida o‘sha davrda mavjud bo‘lgan badiiy ijodga nisbatan 
yuksak talabchanlik aniq sezilib turishi, she’rlami yaratgan 
shoirlaming juda ma’lumotli ekani, chuqur bilim va nafis badiiy 
didga ega ekani xususidagi fikrlarni qayd etadi va pand-nasihatga 
oid qo‘shiqlami alohida guruhga ajratib, ulami tarjima qilib, 
mazmunini tahlil etadi.
Pand-nasihat janridagi asarlaming mazmunida asosiy o‘rmni 
ilm olishga undash, uning foydalari, ilm ahlini hurmat etish
336


to‘g‘risidagi fikrlar egallaydi. Yoshlarga ilmli kishilarga 
yaqinlashish, ulardan o‘gitlar olish maslahat beriladi:
0 ‘g‘lim, senga qoldirdim o‘git,
Unga amal qil.
Olimlarga yaqinlash, bahra olgil,
Tutib dilo‘ (3-t. 445-bet).
Demak, o‘g‘ilga nasihat qilgan ota bilimli kishilardan yaxshilik 
kelishiga ishonadi, ammo ulaming fikrini eshitibgina qolmay, 
amalda unga rioya etish lozimligini ham uqtiradi.
0 ‘gitlarda ilm-ma’rifat hamda muayyan hunar borasidagi 
ko‘nikmalaming ezgu maqsadlami amalga oshirishga xizmat 
qilishiga erishish kerak deyiladi.
Ilm o‘rganish yo‘lida aziyat ehekkan, mashaqqat tortgan 
kishigina uni to‘laqonli o‘zlashtira olishi, kasb-hunar sirlarini 
mukammal egallashi mumkin, deydi. Bilimli, yuksak fazilatga ega 
bo‘lgan kishilar hayoti doimo mashaqqatli kechadi. Umr bo‘yi ilm 
va hunar asoslarini о ‘zlashtirgan olim va fozillar hayoti ham bir kun 
kelib poyoniga yetadi. Bilimlarining ko‘lami ortib, yuksak orzu- 
istaklari amalga oshayotgan bir paytda insonning umri tugaydi.
“Devonu-lug‘atit-turk” asarida insoniy fazilatlarning yana biri
- xushxulqlik alohida ajratib ko‘rsatiladi. Bilim va hunar egasi 
boiish, ezgulik, yaxshilik yo‘lida hamda umum manfaati uchun 
mehnat qilish xushxulq insonga xos fazilat ekanligini alloma 
alohida qayd etib o‘tadi:
Ulug'liging oshsa agar,
Xushxulq bo‘lg\il.
Bek yonida xalq uchun 
Xo‘b ish qilg‘il (1-t. 95 bet).
Kishilar o‘rtasida totuvlik, o‘zaro ahillikning yuzaga kelishi 
yurtning farovon bo‘lishi, odamlaming to‘kin-sochin yashashining 
asosiy omili ekanligiga alohida urg‘u berar ekan, alloma mazkur 
fikrlami quyidagicha ifodalaydi:
Qo‘ni-qo‘shni qarindosh 
Ko‘rsin sendan yaxshilik.
Ne-ne sovg‘a qilishsa,
Yaxshirog‘in qil tortiq (1-t. 137 bet).


Ushbu 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin