‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə220/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

pedagogik faoliyatida:
- ta’limning texnologik asosini zamon talablari darajasida 
rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab jarayon yengil- 
lashadi;
- dars jarayonini zamonaviy texnik vositalar asosida tashkil 
etish uchun maxsus ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi;
-m asofaviy kursiarning ochiqligi tufayli ulaming sifatiga 
bo‘lgan talablar va o'quv materiallarining sifatini nazorat qilishga 
ehtiyoj paydo bo‘ladi;
- talim jarayonida o‘quvchilaming mustaqil faoliyati tako- 
millashadi, 
dars jarayonining samaradorligi 
o£qituvchidan 
o‘quvchiga ko‘chadi;
460


- o‘quv jarayonini tashkil etishda, o‘quvchining tashkilot- 
chiligi va shaxsiy ishtiroki ortadi;
- zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish 
asosida o‘qituvehi pedagogik faoliyatida har bir o!quvchi bilan 
teskari aloqasi vujudga keUshi ta’minlanadi.
Hozirgi kunda 
0
‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quv- 
chilaming imkoniyatlari va talablarini inobatga olishi zarur. 
0 ‘qituvchi tomonidan targ‘ib etilayotgan ta’lim va tarbiya tizimi 
shaxsga yo‘naltirilgan xarakterda bo‘lishi, ya’ni shaxsning har xil 
xususiyatlari va sifatiga e’tibor qilgan holda tabaqalashtirilgan 
bo‘lishi kerak.
Har qanday ta’lim va tarbiya tizimi ma’lum bir ijtimoiy, ilmiy- 
texnik, iqtisodiy, madaniy va nihoyat, siyosiy muhitda shakllanadi 
va rivojlanadi. Bu muhitlarning eng ustuvori ijtimoiy-iqtisodiy 
omillardir. Ilmiy-texnik taraqqiyot, madaniy va siyosiy muhit 
ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlami rivojlantirishi yoki sekinlashtirishi 
mumkin. Ta’lim tizimi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy 
rivojlanishining asosiy vazifalarini amalga oshirishga xizmat 
qiladi, chunki umumta’lim maktablari, oliy ta’lim muassasalari 
insonni iqtisodiyot, madaniyat, siyosiy jihatdan hayotda qizg‘in 
faoliyat ko‘rsatish uchun tayyorlaydi. Shuning uchun ham ta’lim 
muassasalari o‘qituvchisi ta’lim-tarbiya jarayonining tayanch 
bo‘g‘ini sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari shakl va mazmumning 
rang-barangligi - o‘quvchining qiziqishi, imkoniyati va shaxsiy 
xususiyatlaridan kelib chiqib taklif etilayotgan holatlardan tanlash 
imkoniyatini beradi. Bunday imkoniyat ta’lim tizimida ham o‘z 
aksini topishi zarur. 0 ‘qituvchining har xil sathli o‘qitishni 
zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tashkil etishi bunday 
muammoning yechimi bo‘la oladi,
0 ‘quv mashg'ulotlarini o‘quvchilaming kundalik fanlar 
majmuasi va ular bo‘yicha berilgan kundalik topshiriqlar majmuasi 
asosida belgilanishi, har bir o‘tiIgan mavzuni keying! darsda so‘rab 
baholanadigan qilib tashkil etilishi ko‘plab muammolarni keltirib 
chiqaradi. Bunday holda o‘quvchilar biron bir fanga o‘zlarining 
asosiy diqqat e’tiborini to'liq qarata olmaydilar. Bunday
461


notugalliklami bartaraf etishda, modulli o‘qitish eng yaxshi yechim 
hisoblanishi mumkin.
Zamonaviy jamiyatda ta’lim tizimini rivojlantirishning 
strategik yo‘na!ishi — bu insonning turli sohalarda maqsadli 
mustaqil faoliyat asosida intellektual va axloqiy rivojlanishidir. 
Bunda uchta asosiy vazifaga e’tibor qaratiladi:
1.Ta’lim tizimini isloh etish.
2.Mustaqil faoliyat tamoyilini ta’lim va tarbiyaning asosiy 
tamoyili sifatida e’tirof etish.
3. Ta’lim 
va 
tarbiya jarayoniga 
zamonaviy 
axborot 
texnologiyalarini joriy etish.
Zamonaviy insonning o'qish jarayoni faqat bog‘cha, 
umumta’lim maktablari, akademik litseylar yoki kasb-hunar 
kollejlari, oliy ta’lim muassasalari bilan tugamaydi. Inson butun 
umri davomida ta’lim olishi zarur, ya’ni ta’lim uzluksiz bo‘lishi 
kerak. Demak, uzluksiz ta’lim - davr talabidir. Zero, bu muammo 
zamonaviy axborot texnologiyalariga bo'lgan ehtiyojni yanada 
shakllantirishi shubhasiz.
XXI 
asr - axborotlashtirish asrida ta’lim sohasini axborot- 
lashtirish, har bir ta’lim muassasasidan:
- o‘qitish va o‘qish jarayonining;
- ta’lim muassasasi boshqarilishining;
- ta’lim muassasasi bo‘linmalarining;
- ta’lim muassasasi faoliyati muhitining axborotlashtmlishini 
talab qiladi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin