‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 212,71 Kb.
səhifə1/8
tarix05.05.2023
ölçüsü212,71 Kb.
#108278
  1   2   3   4   5   6   7   8
‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ni

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • MAVZU


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
FIZIKA -MATEMATIKA FAKULTETI
“Matematika o'qitish metodikasi” bakalavriat ta’lim
yo‘nalishi 402-guruh 2-OTM talabasi Obidova Muniraning
“Matematikani o’qitish texnologiyalari va loyihalash” fanidan
KURS ISHI
MAVZU:Matematika o’qituvchisiga virtual metodik ko’mak beruvchi saytlar.


Kurs ishi rahbar : Yusupova.S


Toshkent 2021.


Mundarija


Kirish.


I.Matematika darslarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish
1.1. Matematika darslarida zamonaviy axborot texnologiyalari
1.2. Matematika o’qitishning zamonaviy texnik vositalari

II. Matematika o’qituvchisiga virtual metodik ko’mak beruvchi saytlar.


2.1. Maktab matematikasida virtual o’qitish
2.2. Virtual metodik ko’mak beruvchi saytlar

III. Xulosa


IV. Foydalanilgan adabiyotlar




Kirish

O’zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni va Jahon hamjamiyatiga qo’shilishini ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat hamda ochiq fuqarolik jamiyatini qurmoqda.


Inson har tomonlama kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro’yobga chiqarishning sharoitlari va mexanizmlarini yaratish, eskicha tafakkur va ijtimoiy xulq-atvor andozalarini o’zgartirish, respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy zamonaviy madaniyati, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiya sohasidagi yutuqlari asosida mutaxassislar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O’zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: «… bugungi kunda oldimizga qo’ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu- niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri – bularning barchasi, avvalombor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog’liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz » 1.
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning o„ziga xos yo’lini tanlashi mutaxassislar tayyorlash tizimi va uning mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo’ydi va bir qator chora- tadbirlar ko’rishni, shu jumladan, «Ta’lim to’g’risida»gi qonunni joriy etish, zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqish, o’quv-tarbiyaviy jarayonni, ilg’or o’quv yurtlarini attestatsiyadan o’tkazishni va akkreditatsiyalashni, yangi tipdagi ta’lim muassalalarini tashkil etish hamda eng asosiysi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etishni taqozo etdi.
Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro’yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o’zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o’z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.
«Ta’lim to`g`risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi qonunlariga, 2017-2021-yillarga mo`ljallangan “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi”, 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3931-sonli Qarori, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to`g`risida”gi 187-sonli Qarori, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “O`zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risidagi”gi PF-5712-sonli Farmoni, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev huzurida 2019 yil 23-avgust kuni kengaytirilgan tarzda o`tkazilgan 34-sonli yig`ilishda belgilangan ustuvor vazifalar hamda O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2019 yil 28-dekabrdagi “Umumiy o`rta ta’lim maktablarida variativ o`quv rejalarni tajriba-sinovdan o`tkazish to`g`risida”gi 405-sonli buyrug`i mazmunidan kelib chiqqan holda, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish hamda ular asosida pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini yanada takomillashtirishni taqozo etadi.
Mamlakatimizda kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan yangi davlat ta’lim standartlarini joriy etilishi o`rta maktab o`qituvchilari zimmasiga qator dolzarb vazifalarni ko`ndalang qilib qo`ymoqda. Shu bilan birga, 2017-2018-o`quv yilidan maktablarda 11 yillik o`rta ta’limning joriy etilishi ham o`z navbatida o`qituvchilarning malaka oshirishga bo`lgan yangi ehtiyojlarni keltirib chiqardi. Ayni paytda vujudga kelgan shart-sharoitlar va o`qituvchilarning yuqoridagi keltirilgan ehtiyojlari malaka oshirishning shakli, mazmuni va uni amalga oshirish mexanizmlarini qayta ko`rib chiqishni va bu jarayonga tegishli o`zgartirishlarni kiritishni taqozo etmoqda. Xususan, shu kunlarda yuqoridagi ehtiyojlardan va ular oldida ko`ndalang turgan muammolardan kelib chiqqan holda, matematika fani o`qituvchilarining malakasini oshirish mazmuni va shakllarini takomillashtirish zarurati paydo bo`ldi.
Hozirgi zamon ta’lim jarayoniga ananaviy tushunchalar qatorida yangi-yangi tushunchalar kirib kelmoqda. Qo‘yida shu tushunchalardan asosiylari keltirilib, ularga ta’riflar berib o`tilgan.

Yüklə 212,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin