‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Yüklə 65,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/65
tarix22.12.2023
ölçüsü65,93 Kb.
#190444
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   65
Ijtimoiy ta\'minot huquqi (Y.Tursunov)

Bilimingizni sinab ko‘ring
1. Tayinlangan pensiyalami to'lashning umumiy qoidalari haqida 
so'zlab bering
2. Ishlamayotgan pensionerlarga pensiya to‘lash va qanday tartibda 
to‘lash kim tomonidan amalga oshiriladi?
3. Pensiyalardan ushlab qolish chegaralari qanday?
4. Ishlayotgan pensionerlarga pensiya to‘lash qanday tartibda 
amalga oshiriladi?
5. Davlat ta’minotiga olingan shaxslarga pensiya to'lash qanday 
amalga oshiriladi?
6. 0 ‘z vaqtida olinmasdan qolgan pensiyalarni toiash tartibi va 
muddatlari qanday belgilangan?
7. Pensiyalami vakillar (ishonchnoma) asosida olish tartibi qan- 
day?
111
www.ziyouz.com kutubxonasi


X II BOB.
FUQAROLARNI NAFAQALAR
BILAN TA'MINLASH
12.1. 
Nafaqalar bilan ta'minlash tushunchasi va
nafaqalarning fuqarolar ijtimoiy ta ’minotida tutgan o ‘rni
Fuqarolarni ijtimoiy ta'm inlash va ijtim oiy-m oddiy m uho- 
fazalashning pensiyalardan keyingi ikkinchi o ‘rinda turadigan 
shakli nafaqalardan iborat b o ‘lib, ular vositasida nafaqat ish- 
laydigan fuqanolar, balki ishidan qat’i nazar ehtiyojmand barcha 
shaxslar, muhtoj oilalar qo ‘llab-quw atlab kelinmoqda.
Aholining aniq yo ‘naltirilgan ijtimoiy qo'llab-quvvatlashni 
kuchaytirishga qaratilgan qonunchilik faoliyati tobora kuchayib 
bormoqda va hozirgi paytda ushbu masala o'zining zaruriy huquqiy 
bazasiga, bugungi kun talablarini o ‘zida aks ettiruvchi qonunchilik 
tizimiga ega b o ‘ldi, Bunda, ayniqsa, 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 1996-yil 10-dekabrdagi „Bolali oilalarni davlat 
tomonidan qo‘llab-quwatlashni yanada kuchaytirish to ‘g‘risida“gi 
Farm oni' va uning asosida qabul qilingan hukum at qarorlari
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 13-yanvardagi 
„Aholini aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta'm inlashda 
fuqarolarning o ‘zini o ‘zi boshqarish organlari rolini oshirish 
to ‘g ‘risida“gi Farm oni1
2, 2002-yil 25-yanvardagi „Aholining ijti- 
moiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo‘naltirilgan tarzda qo‘l- 
lab-quvvatlashni kuchaytirish to ‘g‘risida“gi F arm o n i3 4
, 0 ‘zbe- 
kiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 6-apreldagi PQ-616- 
sonli „Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy 
m uhofaza qilish organlari faoliyatini takom illashtirish chora- 
tadbirlari to ‘g‘risida“gi Qarori', , 2009-yil 30-dekabrdagi 0 ‘zbe- 
kiston Respublikasi Prezidentining PF-4161-sonii „Fuqarolam ing 
pensiya ta'm in o ti tizimini yanada takom illashtirish chora-tad-
1 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi. 1997. l-son, 7- 
modda.
2 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi. 1999. 1-son, 36- 
modda.
] 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi 2002. 1-son, 32- 
modda.
4 ,,0 ‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to ‘plami“ , 2007. 15-son, 
156-modda.
112
www.ziyouz.com kutubxonasi


birlari to ‘g‘risida“gi Farm oni1 va boshqa hujjatlar muhim o ‘rin 
tutdi.
Nafaqa huquqiy kategoriya sifatida fuqarolarga yoki oilaga 
davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari, davlat budjeti hamda bosh- 
qa maxsus manbalardan pul shaklida, muntazam ravishda yoki 
b ir m arta k o 'rsatilad ig an ijtim oiy yordam dan iborat b o ‘lib, 
pensiyalardan farq qiladi va, odatda, yordamchi xususiyatga ega 
bo'ladi ham da fuqaro turm ush kechirishining asosiy manbayi 
bo‘lib hisoblanmaydi. Pensiyalarga xos bo'lgan asosiy xususiyat- 
lar — pul shaklida berilishi, qaytarib olinmaslik sharti bilan va 
tekinga berilishi kabilar nafaqalarga ham xosdir.
Pensiyalardan farqli oMaroq, nafaqalar vaqtinchalik xususiyatga 
ega, turmush darajasini ta'minlashning qo‘shimcha manbai boMib 
sanaladi va nafaqalar tayinlanishida nafaqa oluvchining avvalgi 
mehnat faoliyati va mehnat staji unchalik katta ahamiyatga ega 
boMmaydi.
Nafaqalar o ‘z manbalariga ko‘ra:
1) davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablagMaridan (Budjetdan tashqari 
Pensiya jamg'armasi mablagMaridan) toManadigan nafaqalar;
2) davlat budjet mablagMaridan toManadigan nafaqalar;
3) boshqa manbalardan toManadigan nafaqalarga boMinadi.
Davriyligiga ko‘ra:
1) m untazam tarzda uzoq m uddat davomida toManadigan 
nafaqalar;
2) bir marta toManadigan nafaqalarga boMinadi.
Nafaqani oluvchilar toifasiga ko‘ra:
1) ayrim fuqarolarga tayinlanadigan;
2) oilaga tayinlanadigan nafaqalar mavjud.
Bulardan tashqari, nafaqalar:
1) korxona va tashkilotlaming xodimlariga toManadigan;
2) bolalarga toManadigan;
3) nogironlarga toManadigan;
4) yolg‘iz qariyalarga toManadigan nafaqalarga va boshqa turdagi 
nafaqalarga boMinishi mumkin.
N afaqalarning turlarini, ulam i tayinlash va toMashga oid 
qonunchilik qoidalarini bilish bu sohada qonunchilikning ta'm in- 
lanishi, ijtimoiy adolat qaror toptirilishida katta ahamiyatga ega. *
8
1 „Xalq so‘zi“ gazetasi, 2009-yil 31-dekabr.
8 — Ijtimoiy ta'minot huquqi
1 1 3
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 65,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin