shuningdek, shaxsiy yordam chi xo'jalikdan olinadigan daro-
m adlar hisobga olinadi). Ikki va undan ortiq oy uchun oila
a'zolarining daromadlari hisobga olinishi kerak bo‘1gan hollarda —
hisobga olinishi kerak b o ‘lgan davr uchun oila a'zolarining
umumiy daromadi oila a'zolarining soniga va mazkur davrdagi
oylar soniga taqsimlanadi.
Fuqarolaming o'zini o ‘zi boshqarish organi mezonlarini va
nafaqa tayinlash uchun asoslarni o'zini o ‘zi boshqarish organi
schotlaridagi mablag‘lar miqdoridan va
nafaqaning belgilangan
miqdorlaridan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda belgilaydi.
N afaqa tayinlash to ‘g‘risida qaror qabul qilish ch o g ‘ida
arizachining fuqarolar yig‘inida (komissiya yig‘ilishida) ishtirok
etishi majburiydir. Arizachi uzrli sabab (kasallik yoki boshqa uzrli
sab ab lar) bilan q a tn ash m a g an h o llard a fu q a ro la r yig‘iniga
oilaning balog‘at yoshiga yetgan boshqa a'zosi qatnashishi shart.
Arizachi yoki oilaning boshqa vakili qatnashm agan hollarda
mazkur oilaga nafaqa tayinlash to ‘g‘risidagi masala ko‘rib chi-
qilmaydi va u fuqarolaming keyingi yig'inida (komissiya yig‘i-
lishida) ko‘rib chiqish uchun qoldiriladi.
Nafaqa tayinlash rad etilgan hollarda rad etish sababi ko‘rsa-
tiladi ham da tegishli qaror qabul qilingandan so ‘ng 5 kun
muddatda arizachi bu haqda yozma ravishda xabardor qilinadi.
Mehnat faoliyatidan bo‘yin tovlab yurgan va jamiyatga xilof
ravishda turmush kechirayotgan ota-onalarning
qarovsiz qolgan
bolalariga ota-onalarining yozma arizalarisiz fuqarolaming o ‘zini
o ‘zi boshqarish organi raisi (oqsoqoli)ning taqdim nom asiga
binoan fuqarolar yig‘ini tomonidan nafaqa tayinlanishi mumkin.
Bunday hollarda nafaqa natura shaklida berilishi mumkin. Bunda
komissiya a ’zolaridan hisob beruvchi shaxs tayinlanadi.
Tayinlangan, ammo o ‘z vaqtida talab qilib olinmagan (to‘lan-
magan) nafaqalar o ‘tgan vaqt uchun to ‘liq miqdorda to ‘lanadi.
Bunday hollarda nafaqa olinmagan barcha davr uchun nafaqa bir
yo‘la to'lanadi. Bunda agar arizachi mazkur nafaqaga zarurati
bo‘lmaganligidan uni o ‘z vaqtida olmaganligi aniqlansa, ya'ni oila
nafaqaga muhtoj bo‘lmasa, o ‘zini o ‘zi boshqarish organi raisi
(oqsoqoli)ning taqdim nom asiga k o ‘ra, fuqarolar yig‘ini yoki
komissiya bundan keyin nafaqa berishni bekor qilish to ‘g‘risida
qaror qabul qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: