‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Yüklə 65,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/65
tarix22.12.2023
ölçüsü65,93 Kb.
#190444
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   65
Ijtimoiy ta\'minot huquqi (Y.Tursunov)

Kam ta 'minlangan oilalarga ko ‘rsatiladigan moddiy yordam.
Ijtimoiy yordamning bu shakli 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Vazir- 
10 — Ijtimoiy ta'minot huquqi 
145
www.ziyouz.com kutubxonasi


lar M ahkam asining 1994-yil 24-avgustdagi 434-sonli qarori 
bilan tasdiqlangan (keyingi q o ‘shim cha va tuzatishlari bilan) 
„K am ta'm in lan g a n oilalarni hisobga olish, ularga m oddiy 
yordam tayinlash va to ‘lash tartibi to ‘g ‘risida N izom “ga muvofiq 
amalga oshiriladi'.
Kam daromadli oilalarga har oylik moddiy yordam tayinlash 
va uning m iqdorini belgilash to ‘g‘risidagi qaror, fuqarolam ing 
o ‘zini o ‘zi boshqarish organlari — qo‘rg‘on, qishloq, ovul va 
shahar mahallalari fuqarolarining yig‘inlari, yuqoridagi masala- 
lami hal etish uchun vakil qilingan komissiya tomonidan qabul 
qilinadi.
Komissiya tarkibiga fuqarolar yig'ini (vakillar yig‘ilishi) 
tom onidan ushbu hududda istiqomat qiluvchi eng obro‘-e ’tiborli 
va hurmatga sazovor fuqarolar orasidan saylanadi. Unga fuqarolar 
yig'inining raisi boshchilik qiladi. Komissiya a'zolari 2 yil mud- 
datga, fuqarolar yig‘ini raisi esa uning butun vakolati davriga 
saylanadi. M azkur komissiya a'zolarining tarkibi kam ida 20 
kishidan iborat b o iib , har yili ellik foizga yangilanadi.
M oddiy yordam oilaga olti oy m uddatga tayinlanadi va 
to ian ad i. Ushbu m uddat tugagach, agar oilada moddiy ahvol 
yaxshilanm agan b o is a , yordam yangi m uddatga tayinlanishi 
mumkin.
Moddiy yordam fuqarolaming doimiy yashash joyidagi o ‘zi- 
ni o ‘zi boshqarish organlariga yoki qo ‘rg‘on, qishloq, ovul, ma- 
hallasiga yozma ravishda ariza bilan yordam so‘rab murojaat qilgan 
oilalarga, ayrim hollarda esa fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ning 
tavsiyasiga binoan tayinlanadi.
Arizachining moddiy yordamga muhtojlik darajasini va unga 
beriladigan oylik moddiy yordamning miqdorini belgilash uchun 
fuqarolaming o ‘zini o ‘zi boshqarish organlari huzurida maxsus 
komissiyalar tuziladi, uning tarkibiga ushbu organlarning mas- 
lahatchilari, kotibi, shuningdek, zarurat bo ‘lganda tum an (sha- 
har) soliq hamda moliya organlarining, Bandlikka ko‘maklashish 
markazlarining vakillari kiradilar.
Ariza berilgan kundan boshlab ikki hafta muddatda yordam 
so‘ragan oilaning moddiy va mulkiy ahvolini tekshiradi. 1
1 0 ‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to'plami, 1994-yil, 8-son, 
40-modda.
1 4 6
www.ziyouz.com kutubxonasi


Tekshiruv natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, uni 
komissiyaning barcha a’zolari imzolaydilar. Dalolatnomada quyi- 
dagi m a'lum otlar aks ettiriladi:
— tekshirilayotgan oilaning tarkibi, unda birga yashovchi- 
laming hammasi, qarindoshligi bo'lgan va birga umumiy ro ‘zg‘or 
yurituvchilar hisobga olinadi;
— oilaning doimiy darom ad manbayiga ega bo'lm agan va 
Bandlikka ko'maklashish markazlarida ro‘yxatga olinmagan meh- 
natga qobiliyatli yoshdagi a ’zolari, bola ikki yoshga toMgunga 
qadar unga qarovchi ayollar, shuningdek, 18 yoshgacha bo ‘lgan 
o'quvchilar bundan mustasno;
— oilaning tekshirish vaqtidagi jam i pul darom adlarining 
manbalari va miqdori;
— tom orqa uchastkasi maydoni va undan darom ad olish 
imkoniyatlari;
— oila mol-mulkining qiymati (dala-hovli, avtomobil, m o- 
totsikl va zeb-ziynatlaming mavjudligi);
— oilaning muhtojlik darajasi haqidagi komissiya xulosasi va 
har oyda beriladigan moddiy yordam ning tavsiya qilinayotgan 
miqdori haqida komissiya xulosasi.
Oilaga moddiy yordam tayinlash haqida qaror qabul qilishda 
arizachining fuqarolar yig‘inida (yig‘ilishida) yoki komissiya 
yig‘ilishida qatnashishi shart.
Moddiy yordam tayinlash rad etilgan taqdirda yig‘ilish ba- 
yonida uning asoslangan sabablari qayd etiladi va bu haqda 
fuqarolar yig‘ini (yig‘ilishi) yoki komissiya yig‘ilishi qarori usti- 
dan shikoyat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
M oddiy yordam toMash muddati tugaganda, yordam ko‘r- 
satilayotgan oilaning moddiy ahvoli o‘zgarganda, doimiy yashash 
joyi o'zgarganda oilaga moddiy yordam toMash to'xtatiladi.

Yüklə 65,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin