‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


 . Ijtimoiy muhofaza yordamining turlari



Yüklə 65,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/65
tarix22.12.2023
ölçüsü65,93 Kb.
#190444
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   65
Ijtimoiy ta\'minot huquqi (Y.Tursunov)

14.2 . Ijtimoiy muhofaza yordamining turlari
A holining ehtiyojm and qatlam lariga 
beriladigan ijtim oiy 
yordam shakllari ham rang-barang ko‘rinishlarga ega va ulami 
quyidagi turlarga bo‘Iish mumkin:
1) qariyalar, nogironlar va bolalami to ‘liq davlat ta'm inotiga 
olish; ulami maxsus 
tashkil etilgan mehribonlik, m um w at va 
sahovat uylarida yashashlarini ta'm inlash;
2) qarovsiz 
qolgan yolg‘iz qariyalar ham da nogironlarga 
oziq-ovqat mahsulotlari bilan natural moddiy yordam ko‘rsatish, 
maishiy va boshqa natural xizmatlami bepul amalga oshirish;
3) q ariy alar, n o g iro n lar va m uayyan kasalga ch alin g an
shaxslarga reabilitatsiya maqsadlarida sanatoriy-kurort xizmatlarini 
ko‘rsatish;
4) nogiron fuqarolarga protez-ortopediya, harakatlanish vo- 
sitalari berish va u bilan bog‘liq boMgan 
xizmatlami ko‘rsatish;
5) maktab yoshidagi bolali oilalarga moddiy va boshqa yor- 
dam lar ko‘rsatish;
1 0 ‘z b e k is to n R e s p u b lik a s i q o n u n h u jja tla r i t o ‘p la m i, 2 0 1 1 - y il, 3 4 - 3 5 -
s o n l a r , 3 4 8 - m o d d a .
1 5 3
www.ziyouz.com kutubxonasi


6) fuqarolarning m uayyan toifalariga tu ra r joy, m aishiy 
transport, aloqa, soliq, tibbiy, farmatsevtika va boshqa sohalarda 
imtiyozlar berish;
7) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turdagi ijtimoiy 
xizmatlami ko'rsatish.
Aholining muayyan toifalariga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xiz- 
m atlar va beriladigan im tiyozlar iqtisodiy tushuncha sifatida 
davlat va jamiyat tom onidan ushbu maqsadlar uchun ajratila- 
digan m ablag'lam ing sarflanishidan iborat bo'lsa, yuridik tu- 
shuncha sifatida u fuqarolaiga Konstitutsiyaga muvofiq berilgan 
ijtimoiy yordam olish huquqlarining amalga oshirilishidan iboratdir.
Bozor iqtisodiy m unosabatlari kuchayib va chuqurlashib 
borayotgan, boqim andalik kayfiyatlariga barham berilayotgan 
sharoitda nochor va teng raqobatlashishga qodir bo‘lmagan aholi 
tabaqalarining real ijtimoiy himoya qilinishi muhim ahamiyatga 
egadir.
Yolg'iz qariyalar, yolg‘iz nogironlar va ota-ona parvarishidan 
mahrum bo‘lgan bolalarni davlat ta ’minotiga olinishining m o- 
hiyati — yolg'iz qariyalar, kimsasiz nogironlar, yetim bolalar 
haqida am alda g‘am xo‘rlik qilish ahvoliga qarab jam iyatning, 
uning a’zolarining, davlatning madaniy hamda ma'naviy-axloqiy 
saviyasiga baho beriladi va ushbu ko'rsatkichlar insonparvarlik 
darajasini belgilovchi muhim mezonlardan hisoblanadi.
Mamlakatimizda ana shu tamoyillarga amal qilingani holda 
qariyalar, nogironlar, yetim-yesirlar haqida alohida g‘am xo‘rlik 
qilib kelinmoqda. 2002-yilning „Qariyalarni qadrlash yili“ , 2007- 
yilning „Ijtimoiy himoya yili“ , 2010-yilning „Barkamol avlod 
yili“ deb e'lon qilinishi, avvalgi yillarning nogironlar, ayollar, 
bolalarga, qishloq ahlini ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga bag'ish- 
langanligi hamda shu munosabat bilan zarur davlat dasturlari 
ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etib kelinayotganligi davlatimiz va 
jam iyatim izda inson va uning m anfaatlari oldingi o ‘rinlarda 
turishini ko‘rsatadi.
Bugungi kunda respublikam izda ko‘plab „Saxovat uylari“ , 
„Mehribonlik uylari“ , „M uruw at uylari“ faoliyat ko‘rsatib kel- 
moqda va ularda bir necha o ‘n minglab nochor fuqarolar davlat 
va jamiyat mehr-muruvvatidan bahramand boMmoqdalar.
Yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni 0 ‘zbekiston 
Respublikasi M oliya vazirligi huzuridagi B udjetdan tashqari 
Pensiya jam g ‘armasi tizim idagi Respublika urush va m ehnat
1 5 4
www.ziyouz.com kutubxonasi


faxriylari pansionati, „Saxovat“ va „M u ru w at“ uylarida davlat 
ta ’m inotiga olish 0 ‘zbekiston R espublikasi Adliya vazirligi 
tomonidan 2008-yil 30-iyulda 1648-son bilan ro‘yxatga olingan. 
„Y olg‘iz keksalar, p en sio n erlar va nogironlarni 0 ‘zbekiston 
Respublikasi M oliya vazirligi huzuridagi B udjetdan tashqari 
Pensiya jam g ‘armasi tizim idagi Respublika urush va m ehnat 
faxriylari pansionati, „Saxovat“ va „M uruw at“ uylariga rasmiy- 
lashtirish tartibi to ‘g‘risida qoidalar“ 'g a ko‘ra pensiya yoshiga 
yetgan, alohida uyda, xonadonda, yotoqxonada yashayotgan va 
farzandlari (shu jumladan, asrab olingan farzandlari), eri (xotini) 
bo‘lmagan hamda qonun hujjatlariga muvofiq homiylik belgilan- 
magan yolg'iz keksalar, pensionerlar va I yoki II guruh nogi- 
ronlari hamda yoshidan qat’i nazar uzluksiz davom etuvchi ruhiy 
xastaligi oqibatida m ehnatga layoqatsiz, o ‘zgalar parvarishiga 
muhtoj b o ‘1gan I yoki II guruh nogironlari farzandlari (shu 
jumladan, asrab olingan farzandlari), eri (xotini) bo‘lishi, qonun 
hujuatlariga muvoftq vasiylik yoki homiylik belgilanishidan qat'i 
nazar 0 ‘zbekiston R espublikasi M oliya vazirligi huzuridagi 
Budjetdan tashqari Pensiya jam g‘armasi tizimidagi 
Respublika 
urush va mehnat faxriylari pansionati, „Saxovat“ va „M u ru w at“ 
uylariga joylashtirilishi mumkin.
Yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni tibbiy-ijtimoiy 
muassasalarga joylashtirish uchun vazirlik huzurida Respublika 
urush va mehnat faxriylari pansionati, „Saxovat“ va „M uruw at“ 
uylariga rasm iylashtirish b o ‘yicha Maxsus kom issiya tashkil 
etiladi.
„Saxovat“ uyiga rasmiylashtiriladigan yolg‘iz keksa, pensio- 
ner va I va II guruh nogironining — o ‘zining turar manzilidagi 
tum an (shahar) ijtimoiy ta'm inot bo‘limi boshlig‘i nomiga uni 
„Saxovat“ uyiga rasmiylashtirishni so'rab yozgan arizasi asosida 
amalga oshiriladi.
„M u ru w at“ uylariga rasmiylashtiriladigan 14 yoshgacha bo ‘l- 
gan nogiron bolalar uchun ota-onalari tom onidan farzandini 
bolalar „M u ru w at“ uyiga rasmiylashtirishni so‘rab yozilgan ariza 
asos boMadi.
14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘1gan ruhiy kasallikdan nogi- 
ronlar uchun davlatning vakolatli idorasi (vasiylik yoki homiylik
1 0 ‘z b e k is to n R e s p u b lik a s i q o n u n h u jja tla r i t o 'p l a m i , 2 0 0 8 - y il, 3 5 - 3 6 -
s o n , 3 5 3 - m o d d a .
1 5 5
www.ziyouz.com kutubxonasi


tayinlovchi organ) tom onidan tayinlangan hom iy yoki vasiy 
tomonidan yozilgan ariza, nogiron tom onidan yozilgan ariza asos 
boladi.
18 yoshdan yuqori bo‘lgan ruhiy kasallikdan 1 va II guruh 
nogironlari uchun davlatning vakolatli idorasi (sud qarori bilan) 
tom onidan tayinlangan homiy yoki vasiy tom onidan yozilgan 
ariza, nogiron tomonidan yozilgan ariza asos bo ‘ladi.
B ulardan tash q ari, quyidagi hujjatlar ham talab etilishi 
Iozim:
a) homiylik yoki vasiylik to ‘g‘risidagi hujjat;
b) yolg‘iz keksa, pensioner va nogiron shaxsning pasporti 
(asli va pasportning fuqaro to ‘g‘risidagi m a'lum otlar va uning 
ro‘yxatga qo‘yilganligi qayd etilgan varag‘i nusxasi), 16 yoshgacha 
bo‘lgan bolalaming tug‘ilganlik to ‘g‘risidagi guvohnomasining asli 
va nusxasi, nogiron bolalar ota va onasining pasporti hamda 
fuqaro to ‘g‘risidagi m a'lum otlar va uning ro'yxatga qo ‘yilganligi 
qayd etilgan varag'i nusxasi, pensiya guvohnomasi;
d) nogironlik haqida Tibbiy m eh n at ekspert komissiyasi 
ma'lumotnomasi (nogiron uchun), 16 yoshgacha bolalar uchun 
Tibbiy maslahat komissiyasi xulosasi;
e) am bulator kartasidan yoki kasallik tarixidan ko‘chirm a 
(albatta, qon va siydik tahlili, qonning Vasserman reaksiyasi va 
Avstraliya antigeniga tahlili, ko‘krak qafasi fluorografiyasi, bolalar 
uchun og‘iz-burun b o ‘shlig‘ining bakteriologik tahlili (Lyoffler 
surtmasi);
0 ruhiy-asab kasalliklari dispanseri Tibbiy maslahat komis- 
siyasi xulosasi;
g) sil kasalliklari dispanseri xulosasi;
h) onkologik dispanser xulosasi;
i) teri-tanosil kasalliklari dispanseri xulosasi;
j) yolg‘iz keksa, pensioner va nogironning 2 ta fotosurati 
( 6 x 4 hajmda);
k) turar joyidan m a'lum otnom a;
l
) texnik inventarizatsiyalash byurosi (BTI) tom onidan yol- 
g‘iz keksa, pensioner va nogironning uy-joyi to ‘g‘risidagi m a'lu- 
motnoma (14 yoshgacha bo'lgan nogiron bolalar bundan mus- 
tasno);
m) yolg‘iz keksa, pensioner va nogironning pensiyasi (nafa- 
qasi) to ‘g‘risida m a'lum otnom a;
156
www.ziyouz.com kutubxonasi


n) yolg'iz keksa, pensioner yoki nogironning m oddiy-m ai- 
shiy ahvoli to ‘g‘risidagi dalolatnom a (mazkur Qoidalam ing 3- 
ilovasi);
o) „Saxovat“ uyiga rasmiylashtiriladigan fuqaroning yolgMz- 
ligini tasdiqlovchi turar manzilidagi m ahalla fuqarolar yig'ini 
komissiyasi dalolatnomasi;
p) „Saxovat“ uyiga rasmiylashtiriladigan fuqaroning yolg'iz- 
ligini tasdiqlovchi tu rar manzilidagi mahalla fuqarolar yig'ini 
komissiyasi yig'ilishi dalolatnomasi asosida tuman (shahar) hokimi 
tavsiya xati yoki yolg‘iz keksa, pensioner va nogironning yolgMzlar 
ro'yxatiga olinganligi to‘g‘risida tuman (shahar) hokimi qarori.
O ta-ona parvarishi va ta'm inotidan mahrum bo‘lib qolgan 
voyaga yetmagan bolalami, yolg‘iz keksalar, yolg'iz nogironlami 
„M eh rib o n lik “ , „S ax o v at“ va „M uruvvat uylari“ da m oddiy 
ta'm inlash, ularga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish normalari va tar- 
tiblari 
ushbu m uassasalar haqida tasdiqlangan N izom larga 
muvofiq amalga oshiriladi.

Yüklə 65,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin