‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Yüklə 65,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/65
tarix22.12.2023
ölçüsü65,93 Kb.
#190444
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   65
Ijtimoiy ta\'minot huquqi (Y.Tursunov)

Bola tug'ilganda beriladigan nafaqa (suyunchi puli).
„Davlat ijtimoiy sug'urta bo'yicha nafaqalami tayinlash va to ia sh
tartibi to ‘g‘risidagi N izom “ga ko‘ra:
bola tugilgandan so‘ng beriladigan bir martalik nafaqa 0 ‘zbe- 
kiston Respublikasi hududida belgilangan eng kam oylik ish 
haqining ikki baravari miqdorida beriladi;
ish haqiga koefTitsiyent qoilan ilad ig an tum anlarda nafaqa 
ushbu koeffitsiyentlami hisobga olgan holda belgilanadi;
ishlayotgan ayollarga hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda 
oliy, o ‘rta maxsus, kasb-hunar ta iim i m uassasalarida tahsil 
olayotgan ayollarga bola tugilganda beriladigan bir martalik nafaqa 
tegishlicha ish yoki o ‘qish joyidan to ian ad i;
bolaning onasi ishlamaydigan va o'qimaydigan hollarda nafaqa 
bolaning ishlaydigan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda 
o ‘qiydigan otasi yoki ota-ona o'm ini bosuvchi shaxslarga to ia -
nadi;
ishlamaydigan va o ‘qimaydigan ota-onalarga bola tugilganda 
nafaqa B udjetdan tash q ari Pensiya ja m g ‘arm asin in g tu m an
(shahar) boiim lari tom onidan tayinlanadi va to ian ad i;
1 2 6
www.ziyouz.com kutubxonasi


farzandlikka olingan bolalarga bola tug'ilganda beriladigan bir 
martalik nafaqa umumiy asoslarda beriladi;
agar ayol homiladorlik bo'yicha ta'til davrida ishdan bo‘shab, 
shu davr mobaynida homiladorlik va tug‘ish bo'yicha nafaqa olgan 
bo‘lsa, bir martalik nafaqa umumiy asoslarda beriladi;
bola o‘lik tug‘ilgan hollarda nafaqa to ‘lanmaydi.
4. 
Q o ‘shimcha dam olish kuni uchun nafaqa.
0 ‘zbekiston 
Respublikasi Mehnat kodeksining 230-moddasiga ko‘ra:
Nogiron bolasini tarbiyalayotgan ota-onaning biriga (vasiyga, 
homiyga) bola o ‘n olti yoshga to'lgunga qadar davlat ijtimoiy 
sug'urtasi mablag‘lari hisobidan bir kunlik ish haqi miqdorida 
haq toMagan ham da oyiga q o ‘shim cha bir dam olish kuni 
beriladi.
Ishlayotgan o ta-o n an in g biri (vasiy, hom iyning) nogiron 
bolani tarbiyalayotganligi haqida bergan arizasi ham da uni 
tasdiqlovchi hujuat asosida ish beruvchi buyruq chiqaradi va 
ushbu huquqdan foydalanayotgan ota yoki ona (homiy, vasiy) 
bilan kelishib, har oyning aniq sanasida bir kun qo'shim cha 
dam olish kuni berilishi belgilanadi.
Nogiron bolalarni tug'uruq boMimlari (chaqaloqlar, bolalar 
uylari)dan farzandlikka olgan shaxslarga ham ushbu nafaqa 
tayinlanaveradi.
5. 
Dafh etish marosimi uchun beriladigan nafaqa.
0 ‘zbekiston 
R espublikasi M eh n at kodeksining 288 -m o d d asig a m uvofiq: 
Sug'urta qilingan xodim yoki uning oila a'zosi vafot etganda 
qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda va tartibda dafn etish 
marosimi uchun nafaqa toManadi.
„Davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha nafaqalami tayinlash va 
toMash tartibi to ‘g‘risidagi N izom “ hamda 0 ‘zbekiston Respub- 
Iikasi Vazirlar M ahkam asining 2011-yil 14-iyundagi 174-sonli 
qarori bilan tasdiqlangan „D afn etishga nafaqa tayinlash va 
toMash tartibi to ‘g‘risida N izom “da 
mazkur nafaqani tayinlash 
asoslari, shartlari, tartibi bu nafaqani olish huquqiga ega boMgan 
shaxslar doirasi belgilab berilgan.
N izom ning 5-bandiga ko‘ra „N afaqa m arhum ning eriga 
(xotiniga), ota-onasiga, farzandlariga va boshqa qarindoshlariga 
yoki m arhum ning qonuniy vakiliga, bunday shaxs boMmagan 
taqdirda esa — dafnni amalga oshirish majburiyatini zimmasiga 
olgan boshqa shaxsga tayinlanadi va to ‘lanadi“ .
1 2 7
www.ziyouz.com kutubxonasi


Dafn etish m ajburiyatini zimmasiga olgan shaxs deganda 
marhumning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarin- 
doshlari yoki qonuniy vakili, bunday shaxslar bolm agan taqdirda 
esa — dafn etish majburiyatini zimmasiga olgan boshqa jismoniy 
shaxslar nazarda tutiladi.
M arhum harbiy xizmatchilar, harbiy yig‘inlarga chaqirilgan 
fuqarolar, ichki ishlar organlarining harbiy xizmatni o ‘tashda 
(harbiy yig‘inlar), ichki ishlar organlaridagi xizmatni o ‘tashda 
vafot etgan xodimlarga yoki tinch davrda jarohat (yaralanish, 
ja ro h a t, kontuziya) natijasida vafot etgan xodim larga, shu- 
ningdek, xizmatda b o ‘lishning cheklangan yoshiga toMgandan 
keyin, salomatligining holatiga ko‘ra yoxud tashkiliy-shtat tadbirlari 
munosabati bilan harbiy xizmatdan yoki ichki ishlar organlaridagi 
xizm atdan bo'shatilgan m arhum fuqarolar m azkur N izom da 
nazarda tutilgan tartibda emas, balki tegishli 
marhum harbiy 
xizmatni (harbiy yig'inlarni) o'tagan, ichki ishlar organlarida 
xizmat qilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar mablag'lari 
hisobiga amalga oshiriladi.
Dafn etish nafaqasi fuqarolarga quyidagi hollarda tayinlanadi va 
tolanadi:
a) davlat pensiyasi oluvchi pensioner;
b) davlat ijtimoiy nafaqasini oluvchi fuqaro;
d) xodim yoki uning qaramog'idagi oila a'zosi;
e) bola hayotining birinchi haftasi mobaynida vafot etganda 
yoki o ‘lik bola tug‘ilganda (perinatal o ‘lim);
f) ish bilan band b o ‘lgan yoki band boMmagan shaxs, 
fuqarolaming ayrim toifalariga tegishli boMgan shaxs yoki bola 
vafot etgan taqdirda.
Dafn etish majburiyatini zimmasiga olgan va m arhum ning 
dafn etilishini tashkil etgan yuridik shaxslarga nafaqa toManmaydi.
Nafaqa — unga boMgan huquq yuzaga kelgan kundan boshlab 
6 oy mobaynida murojaat qilish mumkin va ushbu muddatning 
uzrli sabablarsiz o 'tk azib yuborilishi nafaqa olishga boMgan 
huquqning barham topishiga olib keladi.
Pensioner vafot etgani taqdirda u olishi lozim boMgan va 
pensioneming vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya puli 
meros tarkibiga kiritilmasdan boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi 
bilan ta’minlanadigan shaxslarga toManadi. Ota-onasi, eri (xotini), 
shuningdek, pensioner bilan vafot etgan kunigacha birgalikda 
yashagan oila a'zolari bu pulni boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi
128
www.ziyouz.com kutubxonasi


bilan ta'minlanadiganlar doirasiga kirmaganlari taqdirida ham olish 
huquqiga ega boMadilar.
Pensioner vafot etgan oy uchun olinmay qolgan pensiya puli 
ko'rsatib o ‘tilgan oila a'zolariga oyning u vafot etgunga qadar 
o ‘tgan kunlari uchun to ‘lanadi.
Oilaning bir necha a'zosi murojaat etgan taqdirda pensiyaning 
ularga tegishli summasi ulaming o ‘rtasida teng taqsimlanadi.
Pensioner vafot etgan taqdirda uning oilasiga yoki pensio- 
nerning dafn marosimini o ‘tkazgan shaxsga ikki oylik pensiya 
miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqining ikki hissasidan oz 
boMmagan miqdorda dafn etish nafaqasi to‘lanadi.
Ko‘rsatib o‘tilgan pullar, ulami olish uchun pensioner vafot 
etganidan keyin 6 oy ichida murojaat etilsa, nafaqa to‘lanadi:
— davlatdan ijtimoiy nafaqa oluvchi fuqaro; xodim yoki 
uning qaramog'idagi oila a'zosi; bola hayotining birinchi haftasi 
mobaynida vafot etganda yoki o‘lik bola tug‘ilganda (perinatal 
o ‘lim ); ish bilan band boMgan yoki band boMmagan shaxs, 
fuqarolaming ayrim toifalariga tegishli boMgan shaxs yoki bola 
vafot etgan taqdirda dafn etish majburiyatini zimmasiga olgan 
shaxsga eng kam oylik ish haqining uch baravari m iqdorida 
nafaqa toManadi.
Xodim yoki uning qaram og‘idagi oila a'zosi vafot etgan 
taqdirda nafaqa uni tayinlagan tashkilot tom onidan toManadi, 
keyinchalik ko‘rsatib o ‘tilgan sarf-xarajatlar qonun hujjatlariga 
muvofiq 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi 
Budjetdan tashqari Pensiya jam g'arm asi mablagMari hisobiga 
qoplanadi.
lsh haqiga tum an koeffitsiyenti belgilangan tum anlarda va 
joylarda nafaqa miqdori tuman koefhtsiyentlari hisobga olinmasdan 
belgilanadi. N afaqa qonun hujjatlarida belgilangan tartib d a 
ishonchnoma bo‘yicha toManishi mumkin. Nafaqa tayinlash to‘g‘- 
risidagi ariza marhumning yashash joyidagi Pensiya jamg‘armasi 
boMimiga beriladi.
Dafn etish majburiyatini zimmasiga olgan shaxsning quyidagi 
hujjatlar ilova qilingan holda berilgan arizasi nafaqa toMash uchun 
asos hisoblanadi:
— FH D Y organi to m o n id an berilgan oMim t o ‘g ‘risidagi 
guvohnoma nusxasi va oMim to ‘g‘risidagi m a'lum otnom aning asl 
nusxasi. 0 ‘lik bola tugMlganda yoki bola hayotining birinchi haftasi 
mobaynida vafot etgan taqdirda (perinatal oMim) qonun hujjat-
9 — Ijtimoiy ta'm inot huquqi
129
www.ziyouz.com kutubxonasi


larida belgilangan tartibda berilgan perinatal o ‘lim to ‘g‘risidagi 
ma'lum otnom aning asl nusxasi;
— ariza beruvchining pasporti nusxasi;
— o‘lik bola tug'ilganda yoki bola hayotining birinchi haftasi 
m obaynida vafot etgan taqdirda perinatal o ‘lim t o ‘g ‘risidagi 
m a'lum otnom a belgilangan tartibda ikki nusxada rasmiylashtiriladi.
Nafaqa tayinlash rad etilgan taqdirda Pensiya jam g'arm asi 
bo‘limiga murojaat qilingan kunda, rad etish sabablari va qabul 
qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi ko'rsatilgan, 
ariza beruvchi taqdim etgan barcha hujjatlaming asl nusxalari 
ilova qilingan holdagi bildirishnomani ariza beruvchining qo‘liga 
beradi yoki unga pochta orqali jo'natadi.
Ariza beruvchi nafaqa tayinlash yoki nafaqa tayinlashni rad 
etish to ‘g‘risidagi qaror yuzasidan bevosita sudga yoki Pensiya 
jamg'armasi bo‘limining yuqori organiga shikoyat qilishi mumkin.
Xodim yoki uning qaram og‘idagi oila a ’zosi vafot etgan 
taqdirda nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi ariza tashkilot ma'muriyatiga 
beriladi.
N afaqa xodim ning asosiy ish joyi b o ‘yicha tashkilotning 
ijtimoiy sug'urta komissiyasi (keyingi o'rinlarda komissiya deb 
ataladi) tom onidan tayinlanadi. Komissiyaning tarkibi va raisi 
tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Komissiyalar bo ‘lmagan tashkilotlarda nafaqa tashkilot rah- 
barining buyrug'i bilan bunday vakolat berilgan shaxs tom o- 
nidan tayinlanadi.
Nafaqa tayinlashni so‘rab ish bem vchiga berilgan arizaga 
quyidagi hujjatlar ilova qilingan holda berilgan ariza nafaqa 
tayinlash uchun asos hisoblanadi:
a) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda FH D Y organi 
tom onidan berilgan o ‘lim to ‘g‘risidagi guvohnom a nusxasi va 
o ‘lim to ‘g‘risidagi maMumotnomaning asl nusxasi;
b) xodimning qaramog‘idagi oila a'zosi vafot etgan taqdirda — 
fuqarolarning o ‘zini o ‘zi boshqarish organi maMumotnomasi 
yoki marhumning xodim bilan qarindoshligi darajasini tasdiqlay- 
digan hujjat (tug‘ilish haqidagi guvohnoma, nikoh to ‘g‘risidagi 
guvohnoma va boshqalar);
d) ariza bemvchi pasportining nusxasi.
Tashkilotda, uning rahbariyati tasdiqlaganidek, m ablag‘lar 
yo'qligi yoki yetarli emasligi tufayli nafaqa to‘lash mumkin bo‘l- 
magan, shuningdek, nafaqa tayinlash uchun murojaat qilingan
130
www.ziyouz.com kutubxonasi


muddat mobaynida tashkilot tugatilgan taqdirda nafaqa Pensiya 
jam g‘armasi bo‘limi tom onidan tayinlanadi.
Nafaqaning asossiz va noqonuniy to ‘lanishi holatlari aniqlan- 
gan taqdirda ariza beruvchiga to ‘langan nafaqa summasi sud 
tartibiga ko‘ra undiriladi.
Ana shunday holatlarni bartaraf etish maqsadida fuqarolar 
o'rtasida qonunchilik targ'ibotini kuchaytirish, fuqarolarimizga o‘z 
h a q -h u q u q la ri va uning am alga o sh irilish j h aq id a kerakli 
m a'lu m o tlarn i berish, ularning huquqiy bilim va saviyalarini 
oshirish ustida muntazam ish olib borish dolzarb vazifalardan 
ekanini qayd etishni lozim deb o ‘ylaymiz.
Dafn etish marosimi uchun nafaqa xodim yoki uning qara- 
mog'ida bo'lgan quyidagi oila a’zolari vafot etganda beriladi:
a) turm ush o ‘rtog‘i;
b) 18 yoshga to ‘lmagan yoki vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz 
(yoshidan qat'i nazar) bolalari, aka-ukalari va opa-singillari;
d) ota-onasi;
e) bobosi yoki buvisi.
Yashash uchun mustaqil rnablag1 manbayiga ega bo'lgan (ish 
haqi, pensiya, stipendiya oluvchi, shirkat xo‘jaligining mehnatga 
qobiliyatli a ’zolari hisoblanuvchi va hokazo) oila a'zolari qara- 
mog‘ida turgan deb hisoblanmaydi.
Xodim vafot etganda dafn etish marosim i uchun nafaqa 
uning oila a ’zolariga yoki dafn o ‘tkazishni o ‘z zimmasiga olgan 
shaxslarga beriladi.
Oilaning vafot etgan a'zosini dafn etish marosimi uchun 
nafaqa ishlovchi xodimga beriladi.
Ayolning hom ilasi tushgan hollarda dafn etish m arosim i 
uchun nafaqa berilmaydi.
Dafn etish m arosim i uchun nafaqa eng kam oylik ish 
haqining uch baravari miqdorida beriladi.
Ishlam aydigan pensioner vafot etgan taqdirda dafn etish 
marosimi uchun nafaqa uning oilasiga yoki pensioneming dafn 
marosimini o ‘tkazgan shaxsga ikki oylik pensiya miqdorida, lekin 
eng kam oylik ish haqining ikki hissasidan kam b o ‘lmagan 
miqdorda, ijtimoiy ta'm inot bo ‘limi tom onidan to ‘lanadi.
Ish haqiga rayon koeffitsiyenti belgilangan joylarda dafn etish 
marosimi uchun nafaqa miqdori ishlab chiqarish bilan bogliq 
bo'lm agan tarm oqlar uchun beriladigan tum an koeffitsiyentini 
hisobga olgan holda aniqlanadi.
131
www.ziyouz.com kutubxonasi


Muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan xodim yoki uning oila 
a'zosi vafot etgan taqdirda dafn etish marosimi uchun nafaqa, 
agar unga so‘nggi ish haqi toMangan kundan bir oydan ko‘p 
vaqt o‘tmagan bo‘lsa beriladi.
Oliy, o ‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida, tahsil 
olayotgan shaxslar, shuningdek, ulaming oila a'zolari vafot etgan 
taqdirda, dafn etish marosimi uchun nafaqa umumiy asoslarda 
to ‘lanadi.
M aktablar, kurslarning (kadrlar malakasini oshirish, qayta 
tayyorlash va tayyorlash bo ‘yicha), shuningdek, malaka oshirish 
institutlari o ‘quvchilari va tinglovchilari yoki ularning oila a'zolari 
vafot etganda, agar ular kurslarga, m aktablarga, institutlarga 
korxona to m o n id an yuborilgan boMsalar va ularning o ‘qish 
davridagi ish haqi to ‘la yoki qisman saqlanib qolgan bo‘lsa, dafn 
etish marosimi uchun nafaqa umumiy asoslarda beriladi.

Yüklə 65,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin