RASMIY STIL
Reja:
1. Rasmiy stilning o ‘ziga xos xususiyatlari.
2. Rasmiy stilning ko'rinishlari.
3. Rasmiy stilning fonetik xususiyatlaii
4. Leksik-frazeologik xususiyatlari.
5. Rasmiy stilning grammatik xususiyatlari.
R asm iy stil d ip lo m a tik
y o zishm alarda, iqtisodiy, davlat
idoralaridagi, sudlarda, savdoga doir, yuridik
munosabatlar ifodasi
bo ‘lgan hujjatlarda ishlatiladi, ya'ni bu stil ish yuritish hujjatlarida
qo‘llaniladi. Bunga ariza, tushuntirish xati, e’lon,
taijimayi hol,
ishonch qog‘ozi, tilxat, hisobot, rasmiy notalar, buyruq va farmonlar,
farmoyishlar, taklifnoma, rasmiy xatlar, tijorat yozishmalari kabilar
kiradi. (Bu rasmiy qog‘ozlaming qanday yozilishi haqida M Aminov,
A.Madvaliyev, N .M ahkam ov, N .M ahm udovning «Ish yuritish»
nomli kitobidan har tomonlama m a'lum ot olish mumkin).
Bu stilda adabiy m e’yorga qat’iy rioya qilinadi, shevaga xos so‘zlar,
jaxgonlar, har xil stilistik bo‘yoqqa ega bo‘lgan so'zlar ishlatilmaydi.
Jumlaiar liam inversiyasiz bo‘lishi lozim. Gaplarda ta'sirclianlik bo‘lmaydi.
Rasmiy stilda yoziladigan ayrim hujjatlar shtampga o‘xshash maxsus
tartib va shakl bilan yoziladi. Masalan, rasmiy xatlar, ariza, tushuntirish
xati, bildiigi, ma’lumotnomalar, qarorlami ko‘rsatish mumkin. Agar
pul, buyum miqdori ko'rsatilishi lozim b o ‘lsa,
oldin raqam bilan,
so‘ng qavs ichida harflarbilan yoziladi.
Hujjatlarda fikr aniq, qisqa, lo'nda (ravon) bayon qilinishi lozim.
Bunda xatboshi (abzas)ning o ‘m i muhimdir. H ar bir yangi, alohida
fikr xatboshi bilan ajratilishi, bir xatboshi bilan ikkinchi xatboshi
o ‘rtasidagi m atn to ‘rt-besh jum ladan oshmasligi me'yorga mosdir.
Hujjatchilikda imlo va tinish belgilariga alohida e'tibor berish
kerak. Hujjatning nom i bosh harf bilan yoziladi.
Agar bosma m atn
bo'lsa, hujjat nom ining har bir harfi bosh h arf bilan yoziladi.
Hujjatning nom idan so'ng hech qanday belgi qo‘yilmaydi.
16
www.ziyouz.com kutubxonasi
Diplom atikhujjatlar shakli va so‘z qo‘llanishi jihatidan o ‘ziga
xos ko'rinishga ega. Ulami yozishda hujjatning qay shaklda bo‘lisliiga
e’tibor berish muliimdir. M a’lumki, diplom atik yozishmalar bir
davlatdagi oddiy korxonalar yoki tashkilotlar orasida bo ‘lmaydi.
U lar boshqa-boshqa davlatlar o‘rtasida b o ‘lgani uchun hujjat
yuborilayotgan mamlakat an ’analari hisobga olinadi. U yoki bu
davlatga hujjatning qaysi turi yuborilayotgan bo ‘lsa, xuddi shu turi
bilan javob qaytariladi.Diplomatikhujjatlargabayonot,
rasmiy nota
vaxatlar, ilovaxatlar, yarimrasmiy shaxsiy xatlar, diplom atik
protokol — qaydnomalar, m em orandum lar va boshqalar kiradi.
Diplomatik yozishmalarda hujjat
yuborilayotgan mamlakatning
nomlanishida, shaxsning ismi-sharifi va lavozimini yozishda, unga
qilinayotgan murojaat ifodalarida xatoga yo‘l qo‘yilishi mumkin emas.
Chunki xatolar bepisandlik, hurmatsizlik sanaladi. Bu hujjatlar
tashqi ko'rmish jihatidan ham nuqsonsiz bo‘lishi, fikr aniq, to ‘g‘ri,
mantiqiy, izcliil, asosli va ikkinchi tomonning xususiyatlarini
hisobga
olgan holda bayon etilishi zarur.
Rasmiy stilda fonetik xususiyatlar bo‘lmaydi. Chunki unda talafluzga
xos belgilar uchramaydi, adabiy m e’yorga qat'iy rioya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: