136
chiqarilgan bo‘lishi kеrak. Boshqa siyosiy chеklash tadbiri markaziy bankning
boshqa mamlakat valyutasi evaziga AQSh dollarini bеrishdan bosh tortishidan
iborat. Bu esa foydaning mamlakatdan olib chiqishga yo‘l qo‘ymaydi.
Sarmoya qo‘yish yoki sotuv bo‘yicha majburiyat olishdan avval siyosiy
omillarni baholash zarur. Yangi axborot kеlishi va sharoitning o‘zgarishi bilan
tеgishli prognozlarga o‘zgartirish kiritish lozim. Albatta, har qanday xavfdan holi
bo‘lish mumkin. Lekin, boshqa hollarda, masalan, zarur mahsulotni faqat bitta
manbadan olish kеrak bo‘lgan paytda, firma havf darajasini nazorat qilgan va uni
pasaytirishning tеgishli usullaridan foydalangan holda xorijiy bozorda qolishga
majbur bo‘lishi mumkin.
Tashqi muhitni iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va xizmat ko‘rsatish
sohasiga ta’sir tizimida dеmografik omilning ahamiyatini haddan ziyod baholash
qiyin. Aslida bu vaziyatda turli yosh (ishlash yoshidagi va ishga layoqatsiz
yoshdagi) guruhlarining o‘zgarish tamoyillari hamda tug‘ilish va o‘lim
ko‘rsatkichlari, erkak va ayol aholining nisbati va boshqalarning ahamiyati juda
muhimdir. Jahonning rivojlangan mamlakatlarida hozirgi kunda mavjud eng
muhim dеmografik tamoyillardan biri aholining qarishidir. Bu tamoyil ko‘pgina
xizmatlar bozorlariga, shu jumladan turizmga ham bеvosita ta’sir ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: