Atmosfеra havosidagi chang zarrachalarining inson organizmiga
zararli ta'siri
Sanoat nihoyatda rivojlangan katta shaharlar va sanoat markazlarining atmosfеra
havosidagi chang, tutun, qurum va tumanlar ba'zi vaqtlarda quyosh nurlarini to’sib qo’yib,
yеr yuziga ultrabinafsha nurlarining o’tishiga yo’l bеrmaydi.
Ultrabinafsha nurlarining yеr yuziga yеtarli miqdorda tushmasligi, o’z navbatida, turli
kasalliklarni, ayniqsa bolalarda raxit kasalligini kеltirib chiqaradi.
Namli tomchilar holatidagi aerozollarga tumanlar dеyiladi. Katta shaharlarda atmosfеra
havosi tarkibidagi chang miqdorining har xil bo’lishi shaharni obodonlashtirishga, daraxtlar
va o’rmonlarning bo’lishiga, sanoat korxonalarining katta-kichikligiga hamda ular shahar
hududidan joylashishiga bog’liqdir.
F.F. Erisman nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti bеrgan ma'lumotlarga qaraganda havodagi
o’rtacha yillik chang miqdori dala joylaridagi 1 m 3 havoda 0,01 mg, turar joylarda 0,12 mg,
shahar markazi havosida 0,13, sanoat korxonalari joylashgan joylardagi havoda 0,15 mg tеng
bo’ladi.
Atmosfеra havosidagi chang zarrachalari inson organizmiga noxush ta'sir, qiladi.
Changlarning asorati ular tarkibidagi kimyoviy moddalarning biologik faolligiga, tabiatiga,
fizik jixatiga bog’liq bo’ladi. Masalan, havodagi chang tarkibidan qo’rg’oshin, margimush,
marganеts, kadmiy, ftor aerozollari organizmiga muttasil tushib turgach, surunkali kasalliklar
paydo bo’lishi aniq Jumladan, kamqonlik, flyuoroz, poliartrit, polinеvrit kabi kasalliklarni
kеltirib chiqarishi mumkin. Ayniqsa radioaktivlik xususiyatiga ega bo’lgan changlar o’ta
xavfliligi bilan ajralib turadi. Radioaktiv changlar naqadar xavfliligini Chеrnobil fojeasida,
Sеmipalatinsk poligonining asorati borgan sari namoyon bo’layotganida ko’rish mumkin.
Zaxarli bo’lmagan yirik diamеtrli chang zarrachalari ko’z va burunning shilliq
qavatlariga tushib, ularni jaroxatlaydi, yallig’lanish jarayoni burunda, tomoqda, kеkirdakda
va bronx naylarida kuzatiladi. Bunday xollar o’tkir va surunkali rinit, laringit, faringit,
traxеit, bronxit yoki traxеo-bronxit, laringotraxеit kabi kasalliklarni kеltirib chiqaradi. Nafas
yo’llari orqali o’pkaga kvarts changlari tushsa pnеvmokonioz kasalligini, elеktr
stantsiyalardan chiqadigan qurumlar tarkibida 14,9—19,7% atrofida krеmniy (silitsiy)
kumushoksid moddasining bo’lishi esa slikoz kasalligini kеltirib chiqaradi.
Katta industrial shaharlarning atmosfеra havosi tarkibida mazkur modda 20—30% ga
еtishi mumkin. Shuni aytish kеrakki, changlarnnng eng mayda zarrachalari organizmga
zararli ta'sir ko’rsatadi.
S. Gol'dbеrg olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlari shuni ko’rsatadiki, ulkan issiqlik quvvati
ishlab chiqaradigan markaziy stantsiyalar (TETs) joylashgan rayonlarda 322 ta maktab
o’quvchisi tеkshirilganda, ulardan 58,3% ning o’pkasida anchagina salbiy o’zgarishlar,
16,3% ida esa silikoz kasaliklarining birinchi bosqichi qayd qilingan.
Havodagi gaz tarkibining o’zgarishi gigiyеnik nuqtai nazardan xavfli xisoblanadi.
Havoda qandaydir noxush xid sеzilsa va nafas yo’llari orqali organizmga ko’proq kirib
qolsa albatta kasallik sodir bo’ladi.
Biroq shunday gazlar ham borki, ular o’ta zaxarli bo’lishiga qaramay, sira xidi bo’lmaydi.
Jumladan, is gazini inson sеza olmaydi. Ko’pincha shahar atmosfеra havosiga sanoat
korxonalari juda ko’p turli xususiyatli xidsiz va xidli gaz aralashmalari chiqarib tashlashi
mumkin. Katta industrial shaharlarga kirib kеlganida havo tarkibi, uning musaffoligi
buzilganligini sеzish mumknn. Masalan, Olmaliq, Chirchik, Navoiy va boshqa shaharlar
atmosfеra havosining tarkibida 10 va undan ziyod gazlar bo’ladi. Bular, albatta, bunday
220
shaharlardagi sanoat korxonalaridan, avtotransport vositalaridan ajralib chiqadigan zararli
gazlardir. Havo tarkibidagi zararli gazlar to’g’ridan-to’g’ri nafas yo’llariga kirib, o’pkaning
alvеolalariga, qonga o’tadi, yoxud shilliq qavatidagi namliklar bilan birikib, uni
yalliglantirishi mumkin. O’zbеkistonda olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari zaxarli gazlar
ko’pincha yoshi o’tgan kishilarga, shunnngdеk yosh bolalarga ancha kеskin ta'sir etishini,
kasalliklar xiyla og’ir o’tishini, bunda bеmorlarning ancha qismi nobud bo’lishi
mumkinligini ko’rsatdi.
Bular, albatta, bunday shaharlardagi sanoat korxonalaridan, avtotransport vositalaridan
ajralib chiqadigan zararli gazlardir. Havo tarkibidagi zararli gazlar to’g’ridan-to’g’ri nafas
yo’llariga kirib, o’pkaning alvеolalariga, qonga o’tadi, yoxud shilliq qavatidagi namliklar
bilan birikib, uni yalliglantirishi mumkin. O’zbеkistonda olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari
zaxarli gazlar ko’pincha yoshi o’tgan kishilarga, shunnngdеk yosh bolalarga ancha kеskin
ta'sir etishini, kasalliklar xiyla og’ir o’tishini, bunda bеmorlarning ancha qismi nobud
bo’lishi mumkinligini ko’rsatdi.
Ma'lumotlar shaharlar aholisi o’rtasidagi nafas yo’li kasalliklari bilan atmosfеra
havosining ifloslanishi orasida uzviy bog’lanish borligini ko’rsatadi. Ayniqsa zararli
tumanlarning paydo bo’lishi oqibatida sanoat korxonalari joylashgan shaharlar aholisi
o’rtasida turli kasalliklar ko’plab uchraydi. Shuni ham aytish kеrakki, shahar havosi tarkibida
zararli moddalar kam bo’lsada, lеkin surunkali ravishda mavjudligi turli xastaliklari kеltirib
chiqaravеrar ekan.
M. Maslova bеrgan ma'lumotlarga qaraganda, nеft kimyosi kombinati joylashgan rayon
havzasida sulfat angidridi, vodorod sulfit gazi, aromatik uglеvodorodlar va boshqa
omillarning bo’lishi yosh bolalar o’rtasida ko’p kasalliklar kеlib chiqishiga, o’pka
faoliyatining o’zgarishi va nafas olishning tеzlashishiga sabab bo’lar ekan. Bunda ayniqsa
allеrgiya, pnеvmoniya, bronxial astma, dеrmatitlar avj olganligi aniqlangan.
N. Skvеrtsova ma'lumotlariga ko’ra, o’pka rakining kеlib chiqishi bilan atmosfеra
havosining turli chiqindilar bilan ifloslanishi o’rtasida bog’liqlik mavjud.
Xullas, atmosfеra havosining zararli gazlar, chang, qurum, tumanlar bilan ifloslanishi o’z
navbatida mazkur havzada yashovchi kishilar organizmiga asoratli ta'sir ko’rsatmasdan
qolmaydi.
Muammoli vaziyat
Kimyo sanoati turli-tuman kimyoviy moddalarni - kislotalar, ishqorlar, tuzlar va
anorganik moddalarni, minеral o’g’itlar, zaharli ximikatlar, polimеrlar, sintеtik tolalar,
erituvchilar, smolalar va boshqa ko’pdan-ko’p vositalarni ishlab chiqaradi.
Kimyo sanoati inson salomatligi uchun zaharli moddalarni atrof-muhitga chiqarib
tashlanishi tufayli atmosfеra havosini muhofaza qilishning asosiy yo’nalishi shahar va aholi
yashaydigan punktlarda havoning sifatini yaxshilash; barcha xududlarda chiqindilarni
kamaytirish, kam chiqindili va chiqindisiz tеxnologiyani joriy etish, tozalovchi qurilmalarni
yaratish va ularning samaradorligini oshirish.
Adabiyotlar:
1.
A.To’xtaеv Ekologiya. T., ―O’qituvchi‖., 1998y.
2.
Yu.Shodimеtov Ijtimoiy ekologiyaga kirish. T., «O’qituvchi‖, 1994y.
3.
G.V.Stadnitskiy, A.I.Rodionov Ekologiya. Moskva., «Visshaya shkola‖.,1988y.
4.
Sh.Otaboеv, M.Nabiеv Inson va biosfеra. T., ―O’qituvchi‖, 1995y.
5.
―O’zbеkistonda atrof-muhitni himoya qilish va tabiiy rеsurslardan foydalanish‖., O’zR
tabiat muhofazasi Davlat qo’mitasining ma'ruzalari. T., 1993y.
221
9 - МАВЗУ
Сув манбаьлари, уларнинг санитария ҳолати. Чиқинди
сувларни тозалаш
I. ТАЪЛИМНИНГ ТЕХНОЛОГИК МОДЕЛИ
Ўқув соати: 3 соат
талабалар сони: 10 – 12 та
Ўқув машғулоти шакли
Билимларни кенгайтириш ва чуқурлаштириш бўйича лаборатория
машғулот
Лаборатория
машғулотининг режаси
26.
Сув манбаьлари, уларнинг санитария ҳолати.
27.
Сув муҳитини ифлослантирувчи моддалар.
28.
Сув, юқумли ва юқумсиз касалликлар.
29.
Сув сифатини яхшилаш усуллари.
Ўкув машғулотининг мақсади: Талабаларга сув манбаьлари, уларнинг санитария ҳолати. Сув
ҳавзаларидаги юқумли ва юқумсиз касалликлар ҳақида тушунча ҳосил қилиш. Сув
сифатини яхшилаш усуллари.
Педагогик вазифалар:
Талабаларни сув муҳитини
ифлослантирувчи моддалар
манбаьлари тўғрисида.
Сув сифатини яхшилаш йўллари.
Сувнинг органолептик
хусусиятлари ва кўрсатгичлари.
Ичимлик сувига қўйиладиган
гигиеник талаблар.
Антропоген омилларнинг сув
сифатига таъсири тўғрисида
тушунча берилади.
Ўқув фаолиятининг натижалари:
талабалар биладилар:
Уйда машгулотга оид материаллар билан
танишиб, иш дафтарига таҳлил усулини ѐзиб
келадилар.
Сувни ифлослантирувчи моддалар, манбаьлар
ва уларни тозалаш усуллари ўрганилади.
Саноат корхоналари ва хўжалик тармоқлари
чиқинд сувларини очиқ ҳавзаларга тушишини
олдини олиш қонунларини ўрганадилар.
Сув таркибидаги органик моддаларни
ўрганадилар.
Таълим усуллари
Лаборатория машғулоти, тезкор сўров, ақлий ҳужум,
мунозара.
Таълим воситалари
Дарслик,
маъруза
матни,
ўқув
қўлланмалар,
кўргазмали қуроллар, идишлар.
II. ТАЪЛИМНИНГ ТЕХНОЛОГИК ХАРИТАСИ
Таълим шакли. Иш
босқичи
Фаолият
ўқитувчиники
талабаларник
и
Маъруза: тайёргарлик босқичи
1-боқич.
Ўқув машғулотига
кириш
(30 дақ)
1.1. Мавзуни мақсади, режадаги ўқув
натижаларини эълон қилади, уларнинг
аҳамиятини ва долзарблигини асослайди.
Машғулот
ҳамкорликда
ишлаш
технологиясини қўллаган ҳолда ўтишни
маълум қилади.
1.2. Тезкор сўров ѐрдамида ушбу мавзу
бўйича маълум бўлган тушунчаларнинг
айтилишини таклиф этилади (1- илова).
1.3.
Талабалар
жавобини
тинглайди,
хатоларини тўғрилайди.
1.4.а 1.4. Талабаларга «Ақлий хужум» усули
1.1.Тушунчаларин
и айтадилар.
1.2.
Саволлар
берадилар
1.3.Талабалар
жавоб берадилар,
1.4.
Жадвал
устунларини
тўлдиради
ва
муҳокамада
иштирок этади.
222
бўйича тезкор ва аниқ тушунтирилади
(2-илова)
тушунчаларга
изохларни
тўғрилайди ва саволларга жавоб қайтаради.
1.5. Тушунчаларга изохларни тўғрилайди
ва саволларга жавоб қайтаради.
2-боқич.
Асосий босқич
(65 дақ)
2.1. Талабаларга сув манбаьлари,
уларнинг санитария ҳолати, тозалаш
усуллари бўйича ўқув материаллар
берилади ва уларга иш бошлашни таклиф
қиладилар.
2.2.
Вазифани
бажаришда
ўқув
материаллари (дарслик, маъруза матни,
ўқув
қўлланмалардан
фойдаланиш
мумкинлигини эслатади).
2.3. Ишни тугаллаган талаба иш
натижаларини тўғрилигини текширади ва
камчиликларни тўғрилаб туради.
2.4. Саволларга жавоб беради.
2.5. Гурухларга тест саволларини
тарқатади. (3 илова).
2.6. Гурухлар фаолиятига умумий балл
берилади.
2.1.
Саволлар
беради.
2.2.
Сув
манбаълари,
уларнинг
санитария
ҳолатини
таснифлайдилар.
2.3. Сув сифатини
аниқлаш
услубларини
ўрганади.
2.4.
Сувнинг
органолептик
хусусиятини
ўрганади.
2.5.
Тест
саволларига
жавоб берадилар.
3 – босқич.
Якуний
(10 дақ.)
3.1. Мавзу бўйича якун қилади, олинган
билимларни
келгусида
касбий
фаолиятларида аҳамиятга эга эканлиги
муҳимлигига
талабалар
эътибори
қаратилади.
3.2. Мустақил иш учун мавзу ―Илмий
техникавий ва ижтимоий – экологик
сиѐсатнинг бирлиги ва зиддиятлари‖
берилади.
3.3.
Келгуси машғулот учун мавзу
.―Чиқинди
сувларни биологик сув
ҳавзалари, биофильтрлар воситасида
тозалаш.
Чиқинди
сувларни
зарарсизлантириш‖ берилади.
3.4. Саволларга жавоб беради
3.1.
Саволлар
беришади.
3.2.
Топшириқларини
ѐзиб олишади.
1-илова
ТЕЗКОР СЎРОВ УЧУН САВОЛЛАР
63.
Атроф – муҳит сув манбаьларига қандай таъсир кўрсатмоқда?
64.
Сув ҳавзаларига ҳар йили қанча миқдорда чиқиндилар ташланмоқда?
65.
Сув рангининг характери қандай аниқланади?
66.
Сув қандай рангларга эга бўлиши мумкин.
67.
Сув рангининг интенсивлиги қандай аниқланади?
68.
Сувнинг табиий ҳолатини нима ўзгартиради?
69.
Сувни қандай тиндирилади ва рангсизлантирилади?
70.
Сув тиндиргич воситалари деб нимага айтилади?
223
2-илова
АҚЛИЙ ХУЖУМ УЧУН САВОЛЛАР
29.
Сувни ифлослантиришда антропоген таъсири?
30.
Грунт сувлари деб қандай сувларга айтилади?
31.
Ичимлик сувига қандай гигиеник талаблар қўйилади?
32.
Кўллар сувининг кўрсатгичлари қандай?
33.
Сув рангининг характери қандай аниқланади?
34.
Сувни тиниқлигини қандай аниқланади?
3 – илова
МАВЗУ БЎЙИЧА ТЕСТ САВОЛЛАРИ
1.
Кўкимтир сувли дарѐлар ботқоқликлардан бошланганда улар сув рангининг
ўзгариши қандай моддларга боғлиқ?
а)
Альбумин
б)
Глицин
в)
Гумин
г)
Тимин
д)
Ифлосликларга
2. Амударѐнинг ўртача 1 дакикада окими неча миқдорга тенг?
а)
2000м
3
б)
1500м
3
в)
1200м
3
г)
2300м
3
д)
4000м
3
3. Сирдарѐнинг ўртача 1 дакикадаги окими неча миқдорга тенг?
а)
540м
3
б)
600м
3
в)
350м
3
г)
400м
3
д)
700м
3
4. Ўзбекистоннинг халк хужалигида кандай сув омборлари тараккиѐтда катта роль уйнамокда?
а)
Туямуйин
б)
Кайроккуш
в)
Чордара
г)
Зарафшон
д)
А,В,С
5. Кейинги 30 - 40 йил мобайнида нима максадда сув омборлари курилди?
а)
Сувни туплаш учун
б)
Электр кувват ошириш учун
в)
Сугориш учун
г)
Тупрок йигиш учун
д)
Ахолини сув билан таминлаш
6. Сув оркали таркаладиган хавфли юкумлм касалликлар?
а)
Ичбуруг, диарея
б)
Гепатит, вабо
в)
Корин тифи
г)
Паратиф, ошкозин ичак, ўткир касалликлари
224
д)
А,В,С,Д
7.Одатда сувнинг кўкаришига қарши самалѐтлар ѐрдамида 1 м
3
сувга неча граммдан
CUSO
4
сепилади?
а)
0,2
б)
0,4
в)
0,5
г)
0,3
д)
0,6
Вернушка методи
Бу тремингда 3 та ѐки 5 та гуруҳга материал тарқатилади ва ҳар бир гуруҳ якка ҳолда
белгилайди. Кейин бу материал қайтадан гуруҳларга аралаштирилиб берилади, Яна
белгиланади, 3 ѐки 5 марта гуруҳлар ўртасида айлангандан сўнг ўқитувчи ва талабалар
билан умумий тўғри жавоб муҳокама қилинади.
№
Сув ва юқумли,юқимсиз
касалликлар
Сув орқали тарқаладиган
юқумли касалликлар
Юқумсиз
касалликлар
1
Ичбуруғ касаллиги
2
Бўқоқ касаллиги
3
Флюороз касаллиги
4
Тишнинг кариеси
5
Остеосклероз
6
Сийдик йўлида тошларнинг пайдо
бўлиши.
7
Сувнинг қаттиқлик даражасининг
пасайиши натижасида юрак қон-
томир касалликларининг келиб
чиқиши
8
Гепатит касаллиги
9
Қорин тифи касаллиги
10
Паратиф касаллиги
11
Диарея касаллиги
12
Туляремия
13
Дизентерия
14
Бруцеллез
225
Мавзу: Сув сифатини яхшилаш усуллари.
(ўқув-услубий қўлланма)
1.
Дарнинг мақсади:
Водопровод иншоотлари қандай усул билан қурилмасин, уларнинг вазифаси асосан
аҳолига тарқатиладиган хўжалик ичимлик сувини 28-74-82 Давлат стандарти - ―Ичимлик
сув‖ талабига лойиқ қилиб ишловдан ўтказишдир. Бунда сув сифатининг ҳамма
кўрсаткичлари қабул қилинган меъѐрга тўғри келиши керак.
Сув дейилганда одам кўз ўнгида тиниқ ва рангсиз суюқлик намоѐн бўлади. Аммо
бундай сув фақат ер ости қатламларида жойлашгандир. Дарѐ, ариқ, канал, кўл ва сув
омборларидаги сувлар бундай талабга тўла жавоб бермайди.
Очиқ сув ҳавзаларидан олинадиган сув аҳолига тоза ҳолда етиб бориши учун унинг
сифатини турли усуллар билан яхшилаш, лойқалигини тиндириш, кўзга кўринмас майда
муаллақ заррачалардан тозалаш ва одамлар уни ичишга иштиѐқманд бўладиган қилиш
керак бўлади. Сувнинг сифатини яхшилашнинг асосий усулларидан бири тиндириш,
рангсизлантириш ва зарарсизлантиришдир.
Сув тиндирилганда унинг таркибидага майда муаллақ заррачалар барҳам топади.
Рангсизлантириш усуллари билан сув қоллоид моддалардан ѐки эриб, ранг берадиган
моддалардан озод қилинади. Сувни зарарасизлантиришдан мақсад унинг таркибидаги
бактерия ва вирусларни қириб ташлаш, шу билан уни истеъмол қиладиган аҳоли ўртасида
турли юқумли касалликлар тарқалишини олдини олишдир. Бунинг учун фильтр,
коагулянтлар, турли реагентлар, дизенфекция қилувчи моддалар - хлор, оҳакли хлор, озон
ва бошқа физик усуллардан фойдаланилади. Сувнинг ҳидини ва мазасини йўқ қилиш сув
манбаини танлашга боғлиқдир. Сув ҳиди ва мазасидан унга ишлов бериш орқали қутилиш
мумкин.
Баъзи ҳолларда сув таркибидаги кишилар учун зарарли моддаларни йўқотиш учун
махсус усуллардан фойдаланилади, масалан, фтор элементини камайтириш ѐки уни сувга
қуйиш, йод элементини сувга қуйиш ѐки темир элементини сувдан йўқотиш ва ҳакозо.
Ҳар бир муайян ҳолда турли усуллар қўлланилиб, сувнинг сифатини давлат стандарти
талабига жавоб берадиган қилиш мумкин.
Сувни тиндириш ва рангсизлантириш. Сув таркибидаги фито ва зоопланктонлар
олиб ташланмаса, сув тозалаш иншоотлари улар билан ифлосланиб, самарали ишлай
олмайди. Шунинг учун ҳам сувни олдиндан фито ва зоопланктонлардан тозалаш учун у
микрофильтрлардан ва барабанли элаклардан ўтказилади. Мирофильтрлар ва барабанли
элакларнинг асосий элементлари кўп қиррали барабанлар бўлиб, улар тўғри бурчакли
рамалар этиб ясалган, орасига фильтрловчи тўрлар тортилган бўлади. Ишлов бериладиган
сув барабан ичига оқизилади, тўрлардан фильтрланиб, микрофильтр камерасига ўтади,
ундан иншоотнинг бошқа хоналарига киради, Элаклар айланиб туради. Тўрларда
ушланиб қоладиган ифлосликлар воронкалар орқали канализация қувурларига юборилади.
Сувдаги муаллиқ моддаларнинг 30-40 фоизини микрофильтр ушлаб қолади,
зоопланктонлар 100% гача, фитопланктонлар эса 60-90% гача ушланиб қолади.
Микрофильтрларнинг водопровод иншоотларида ишлатилиши бошқа объектлар ишини
яхшилайди. Маълумки, механик тиндириш ва фильтрлаш йўли билан 0.1 мм ўлчамдаги
муаллақ заррачаларни ушлаб қолиш мумкин бўлади. Сувдаги коллоид ва жуда кичик
дисперсли аралашмаларни улар таркибини парчалаш ва коагуляциялаш йўли билан
йўқотиш мумкин бўлади.
Дарѐ, канал, катта ариқ сувлари сувнинг ҳаракат тезлиги, оқаѐтган ери, грунти ва
юзасига қараб, ўз таркибида муаллақ туриб қолувчи заррачаларни ушлайди, бундай
заррачалар ѐмғир сувлари билан ювилиб сувга тушиши, хўжалик оқава сувлари тушиши
оқибатида янада кўпайиши мумкин.
Сув таркибидаги заррачаларнинг муаллақ ҳолда бўлиши сув ҳаракатининг тезлиги,
заррачалар солиштирма оғирлиги ва диаметрига боғлиқдир. Сув ҳаракати секин бўлиб,
заррачалар оғирлиги кўп бўлса, сувдаги моддаларнинг чўкишини тезроқ таъминлаш учун
226
водопровод иншоотларида тиндиргичлардан фойдаланилади. Улар ўз тузилишига кўра
турлича бўлади. Сув тезлигини тиндиргичларда секундига 1 метрдан бир неча мм гача
пасайтириш мумкин.
Кўпгина тиндиргичлар ѐтиқ тўртбурчак сув ҳовузлари хизматини ўтайди. Бундай
тиндиргичларда сув кирган заҳоти секинлашиб, қарама-қарши томонга секин
ҳаракатланади, унинг йўлида тўсиқ бўлса, ҳаракатининг тезлиги анча пасаяди.
Тиндиргичлардаги сувни тақсимлаш учун сув кириш тешигидан унинг эни бўйича
сув қуйиш ѐки тешикли тўсиқлар ўрнатилади. Ётиқ тиндиргичларда моддалар иккита бир-
бирига тик кучлар таъсирида муаллақ туради, параллелограмма қонуни кучига асосан
тиндиргич тагига чўкади ѐки сув оқими билан тиндиргичдан чиқиб кетади. Бу эса, ўз
навбатида, икки тезликнинг ўзаро нисбатига боғлиқ бўлади.
Тик тиндиргичлар цилиндр ѐки тўртбурчакли, конуссимон, тўнкарилган пирамида
ҳолида бўлиб, сув марказий қувурдан киради, 180˚ бурилиб пастга тушади, сўнгра
юқорига секин ҳаракатланади, кейин тиндирилган сув айланма новлар орқали пастга
тушиб, фильтрловчи хоналарга оқиб боради. Бунда сувнинг оғирлик кучи ва сув ҳаракат
кучи сувдаги заррачаларга тўғри қарама-қарши йўналишда таъсир кўрсатади. Шунинг
учун тиндиргичлар самарали ишлаши учун сув ҳаракатининг тезлиги жуда секин бўлмоғи
керак.
Ётиқ тиндиргичларда сув ҳаракатининг тезлиги одатда 2-4 мм/сек, сувнинг
тиндиргичдан ўтиш вақти 4-8 соат.
Шаҳар ва шаҳарчалар кўпайиб бораѐтган, сувга талаб ошиб бораѐтган ҳозирги
шароитда аҳолининг сувга бўлган талабини тиндиргичлар ѐрдамида қондириш қийин,
бунинг устига сувдаги эриган коллоид моддаларни тиндиргичлар ѐрдамида ушлаб қолиб
бўлмайди. Шунинг учун сувдаги муаллақ моддаларнинг чўкишини тезлатиш учун турли
реагентли усуллардан фойдаланишга тўғри келади.
Dostları ilə paylaş: |