Zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat transport universiteti


Maxsus vazifadagi maydonchalarning maydonini aniqlash



Yüklə 257,78 Kb.
səhifə9/12
tarix13.12.2023
ölçüsü257,78 Kb.
#175719
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
jamilov

Maxsus vazifadagi maydonchalarning maydonini aniqlash
Maxsus vazifadagi maydonchalarga quyidagilar kiradi:

  • Vaqtinchalik turish joyi va HK ni shatakchi yordamida manyovrlash uchun mo‘ljallangan angaroldi maydoni;

  • Angarda texnik xizmatdan o‘tkazilgan HK uchun me’yoriga yetkazish ishlari maydonchasi;

  • Aviata’mirlash ustaxonalari yoki doklar yaqinida joylashadigan, HK ni yuvish maydonchasi;

  • Maxsus mashinalar va perron mexanizatsiyasi to‘xtash joylari uchun, perronning TJ yaqinida joylashadigan maydoncha;

  • HK dvigatellarini oldindan ishga tushirish va sinab ko‘rish, shatakchilarni tirkash va uzish, samolyotni yurgizib kelishdan oldin ijro starti uchun kutishga mo‘ljallangan startoldi maydonchalari.

Maxsus maydonchalar uchun, aeroportlarning sinflari bo‘yicha maydonlarning me’yoriy qiymatlari 13-jadvalda keltirilgan:
13-jadval

Maxsus maydonchalar

Aeroport sinfi

I

II

III

IV

V

Angaroldi maydoni, ming. m2

34-39

32-34

19-21

5-12

0-5

Me’yoriga yetkazish ishlari uchun, ming. m2

20-28

18-22

10-12

5-10

0-5

HKni yuvish uchun, ming. m2

12



12

8

8

0-4

Maxsus mashinalar va perron mexanizatsiyasi uchun, ming. m2

4.5

3,5

2,5

0,75

0,35

Startoldi maydonlari, ming. m2

36-48




24-36

16-24

8-16

-

Aeroportning texnik-xizmat xududidagi binolar va inshootlarning rejalashtirilgan parametrlarini asoslash.
Texnik xizmat hududi (TXH) avtomobillar kirib keladigan asosiy yo‘l (temir yo‘l) tomondan bevosita aerodrom chegarasi yaqinida, mavjud muhandislik tarmoqlari, suv, issiqlik, energiya va gaz ta’minotlarini hamda eng yaqin aholi punktlariga ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatish sistemalaridan foydalanishni hisobga olgan holda joylashtiriladi.
Texnik xizmat hududi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Yo‘lovchilar kompleksi (aerovokzal-terminallar);

  • yuklar kompleksi (yukombori);

  • HKga texnik xizmat ko‘rsatish kompleksi (angar); - aeroportning aviayonilg‘i ta’minoti kompleksi (YoMM);

  • aerodrom xizmati bazasi; qo‘shimcha vazifadagi binolar va inshootlar.

Ko‘rsatib o‘tilgan komplekslaridagi qurilish maydonchalari, binolar va inshootlarning hajmi shu inshootlarning o‘tkazish qobiliyati, “tig‘iz” paytda, bir sutkada HKning xarakatlanishi jadalligidan kelib chiqib, aviatashishlarning notekislik omili, HKning ro‘yxatdagi soni, tranzit HK turi va ularning tavsiflarini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Yer ustida xizmat ko‘rsatiladigan TXH ning asosiy bino va inshootlar aerodrom perroniga tutashadigan liniyada joylashtiriladi.

Yüklə 257,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin