Topshiriq: Har bir talaba belgilangan ko’cha bo’yicha qoplamadagi sodir bo’lgan deformatsiyalarni aniqlab yechim tavsiya qilishi qilishi kerak
7-amaliy ish. Yo‘l qoplamasining yedirilishini prognozlash.
Ishning maqsadi: Mavjud shahar yo‘llaridagi Yo‘l qoplamasining yedirilishini prognozlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
Nazariy qism Yo‘l qoplamasining yedirilishini prognoz qilishning ko‘pgina usullari chet ellarda chop etilgan. Yo‘llarga transport talablarini ta’minlashni ko‘zda tutuvchi uslublarning ayrimlari quyida qisqacha bayon etilgan. Yorilishni paydo bo‘lishi, ko‘chib chiqishi va qoplamani, o‘yiqlar va izlarning paydo bo‘lishi, ravonlikni yo‘qolishi–bu uslub besh xarakterli turdagi deformatsiyalarini baholash asosida transport, atrof–muhit va davom etayotgan operatsion faoliyati ta’siri ostida har yili yo‘l yuzasi holati progressiv o‘zgarish sifatida yeyilishni baholaydi. Yo‘l to‘shamasining mustahkamligi modifikatsiyalangan strukturaviy ko‘rsatkich bilan baholanadi. Transport jadalligi 80 kN standart ekvivalent aksariyat yuklarning nisbiy soni yoki transport oqimining barcha o‘qlarining o‘tishlar soni bilan xarakterlanadi.
Yo‘l qoplamasining yedirilishini baholash uchun yo‘llarga transport talablarini ta’minlash usuli Benkelman asbobi bilan o‘lchanadigan yo‘l yuzasining qalinligi yoki burilishining modifikatsiyalangan umumlashgan indeksi qiymatlaridan foydalanadi. Yo‘l to‘shamasining umumlashgan ko‘rsatkichi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(7.1)
bu yerda; – qoplama qatlam qalinligi ning mm dagi mustahkamlik koeffitsiyenti;
– tayanch – ustki qatlamining qalinligi;
– bundan tashqari, asos qalinligi pastki qatlam.
Koeffitsientlarning xarakterli qiymatlari asfaltbeton qoplamalari uchun 0,41, maydalangan tosh asoslari 0,12, asosning pastki qatlami 0,10 tengdir.
– yo‘l to‘shamasi qalinligining umumlashgan ko‘rsatkichida to‘shalgan grunt ta’siri quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(7.2)
Bu yerda –koeffitsient–tajriba yo‘li bilan aniqlangan "ko‘tara olish qobiliyati soni".
U. Peterson yo‘l to‘shamasi mustaxkamligining umumlashgan ko‘rsatkichid va Benkelman asbobi bilan o‘lchanadigan mm yo‘l to‘shamasi egilishi qiymati o‘rtasidagi taxminiy nisbatlarni aniqladi
(7.3)