Topshiriq: Har bir talaba belgilangan ko’cha bo’yicha noqulay ob havo sharoitini hisobga olgan holda harakat jadalligini o’lchashi kerak
4-amaliy ish. Yo‘l sharoiti, transport oqimi va havo-iqlim omillarining harakat sharoitiga ta’sirini baholash.
Ishning maqsadi: Mavjud shahar yo‘llaridagi Yo‘l sharoiti, transport oqimi va havo-iqlim omillarining harakat sharoitiga ta’sirini baholash. bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
Nazariy qism Harakat sharoitini tashkil qiluvchi omillar o‘zaro bog‘liq bo‘lgan murakkab tizimni hosil qiladi. Tizimning o‘zaro ta’sir umumiy tavsifi uchun transport oqimi harakat tarzi qabul qilingan. Doimiy harakat tarzida xavfsiz va qulay harakat sharoiti Thar=f (H, A, Y, TO, M) =const bo‘lganda kuzatiladi .
«Haydovchi–avtomobil–yo‘l–transport oqimi–atrof–muhit» kompleksi o‘zaro ta’sir jarayonida «atrof–muhit» bosh omil hisoblanib , ob–havo va iqlim sharoitlari bilan ifodalanadi.
Harakat sharoitini baholashning murakkabligi va unda ko‘p sonli ko‘rsatkichlarni tahlil qilish zaruriyati masalaga tizimli yondashishni talab qiladi. Tizimli yondashish ikki yo‘nalishda olib boriladi – tizimli tahlil va sintez.
Tizimli tahlilda avtomobil, transport oqimi holati, yo‘l sharoiti, havo–iqlim sharoitini tashkil qiluvchi omillarning harakat sharoitiga alohida va birgalikdagi ta’siri tahlil qilinadi.
Sintezda ko‘rsatkichlar alomatlari bo‘yicha umumlashtirilib, ularning harakat sharoitiga ta’siri baholanadi. Avtomobillar harakat sharoitini tadqiq qilishda «avtomobil–yo‘l» tizimidan kelib chiqib, masalaga tizimli yondashildi.
Tadqiqotlarda havo–iqlim omilining avtomobillar harakat sharoitiga ta’siri o‘rganilganda yil 3 xil davrga, ya’ni, qishki, bahorgi–kuzgi va yozgi davrlarga bo‘lingan va ularning mavsumiy davrlari keltirilgan. O‘zbekiston iqlim sharoitida bu mavsumiy davrlar farqlanadi, davrlarning boshlanishi va muddati o‘zgarib, oradagi tafovut 20–25 kunni tashkil qiladi. Havo–iqlim sharoiti ta’siridan qatnov qismi samarali kengligining, ko‘rinish masofasining va tishlashish koeffitsientining kamayishi kuzatiladi. Ma’lumki, mavjud foydalanuvdagi yo‘llarda quruq, toza, tekis va mustaxkam qoplamada tishlashish koeffitsienti 0,45 dan yuqorini, oraliq muhit, ya’ni qoplama nam bo‘lsa 0,35–0,45 ni, qoplama ustki yuzasida qor yoki suv qatlami bo‘lsa 0,2–0,35 ni, yupqa muz qatlami bo‘lsa 0,1 ni tashkil qilishi aniqlangan.
Havo–iqlim sharoitini tadqiq qilishda uning ta’sir davomiyligini aniqlash muhim ahamiyatga ega, chunki havo–iqlim sharoitining ba’zi bir ko‘rsatkichlari ta’siri hodisa kuzatilgandan keyin ham davom etadi. Masalan, yog‘ingarchiliklar ta’siri qoplama quriguncha davom etadi, ya’ni qordan keyin uning erish vaqti, yomg‘irdan so‘ng qoplamaning qurish davomiyligi va h. . Tadqiqotlarda yomg‘irdan keyin 5 soatgacha uning ta’siri davom etishi aniqlangan .
(4.1)
bunda – hodisani kuzatilishi davomiyligi, soat;
– hodisadan keyingi ta’sir davomiyligi, soat.
Topshiriq: Har bir talaba belgilangan ko’cha bo’yicha yo’l transport hodisasi sodir bo’lishi mumkin bo’lishi mumkin bo’lgan joylarini tahlil qilishi kerak