sodda ko’rinishi bo’lib, u organik dunyoni rivojlanish jarayonida sezuvchanlik
qobiliyatiga ega bo’lgani tufayli sezgi vazifasini bajaruvchi birlamchi psixologik
obrazlar paydo bo’la boshlaydi, ular organizm harakati ehtiyojini, fazoviy
chamalash (mo’ljallash) maqsadini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Xuddi ana
shu davrdan boshlab muhitga, ekologiyaga to’g’ri moslashish va harakatni idora
qilish funktsiyalari yuzaga keladi. Aks ettirishning sodda shakllari murakkabroq
shakllarining rivojlanishi uchun zarur hart-haroitlar sifatida xizmat qiladi.
Organik dunyoning keyingi evolyutsion taraqqiyot davrida voqelikning ham
sensor, ham aqliy obrazlarni qamrab oluvchi sodda sababiy aloqalar va vaqtni
idrok qilish yuzaga keladi, buning natijasida xatti-harakatni to’g’ri ifodalash
imkoni va faollik xususiyati tug’iladi. Bevosita harakat qiluvchi qo’zg’atuvchi
organizmning to’g’ridan to’g’ri reaksiyasiga javobi oldindan, ilgarilab aks
ettirishni keltirib chiqaradi. Inson faoliyatining ijtimoiy hartlanganligi tufayli
in'ikos faolligi oshibgina qolmay, balki u sifat jihatidan mutlaqo boshqa xususiyat
kasb eta boshlaydi. Aks ettirishning tanlovchanlik va maqsadga yo’nalganlik
xususiyatlari hamkorlik faoliyati jarayonida mehnat quroli orqali tabiatni
o’zgartirish ehtiyoji darajasi ko’rsatkichi aniqlanadi. Mazkur jarayonlarda psixik
aks ettirish nafaqat hissiy obrazlarni, balki mantiqiy tafakkur, madaniyat mahsulini
o’zida ifodalovchi ijodiy fantaziya,o’z navbatida til tarkibiga kiruvchi belgilar,
alomatlar tizimining mohiyatiga qorishib, yaratuvchi sifatida aks ettirishning
tubdan, radikal o’zgarishga olib keladi. Bunday toifadagi in'ikosning oqibatida
ideal obrazning paydo bo’lishiga puxta zamin hozirlaydi, imkoniyatlarning
ro’yobga chiqishi uchun barcha hart-haroitlar yaratadi. Aks ettirishning to’g’riligi,
adekvatligi o’zini kelib chiqish manbaga ko’ra, mazkur manbaning moddiy tavsifi
bilan miyada nerv impulslarini qayta ishlash o’rtasidagi qiyosiy jarayonni
mujassamlashtiradi va sub'ektning psixologik jihatidan namoyon bo’lishi,
rivojlanishi, o’zgarishi, takomillashishi kabi holatlarni ham bevosita, ham bilvosita
usullar yordami bilan turlicha shaklda, tarzida, ko’rinishda ifodalaydi.
Psixologiya fanida aks ettirishning quyidagi ko’rinishlari tan olinadi: fizik,
fiziologik, psixik, ong, o’zini anglash.
Dostları ilə paylaş: