3. Inson psixikasining ilmiy-tadqiqot metodlari
Yaqin va uzoq chet el psixologiyasi fanida inson psixikasini tadqiqot qilish
metodlarining turlicha klassifikasiyasi (tasnifi) berilgan. Umumiy psixologiya
sohasi bo’yicha xilma-xil ilmiy asosga qurilgan nazariyalar mavjud bo’lib,
ularning har qaysisi to’kislik va nuqsonli tomonlariga ega. quyida biz rus psixologi
B.G.Ananev tavsiya qilgan klassifikasiyaga asoslangan holda metodlar
xususiyatini yoritib beramiz.
B.G. Ananev psixikani o’rganish metodlarining tashkiliy, empirik (amaliy),
olingan natijalarni qayta ishlash yoki statistik hamda natijalarni harshlash deb
nomlab, ularni to’rtta katta turkumga, guruhga ajratgan. Mazkur metodlar guruhi
o’z navbatida uning maqsadi va vazifasiga binoan yana bir nechta toifa hamda
turlarga bo’linadi. Navbatdagi fikrda ana shu metodlarning umumiy, xususiy va
o’ziga xos xususiyatlariga hamda qiyosiy tavsifiga to’xtalamiz.
Tadqiqot metodlarining birinchi guruhi tashkiliy deb nomlanib, u o’z ichiga
qiyoslash, longityud (uzluksiz), kompleks (ko’pyoqlama) deb ataladigan turlarni
qamrab oladi. qiyoslash metodi umumiy psixologiya (turli guruhlarni o’zaro
solishtirish), sosial psixologiya (katta yoki kichik guruhlar hamda ularning har xil
toifalarini o’zaro taqqoslash), medisina psixologiyasi (sog’lom va bemor
kishilarning psixik xususiyatlarini qiyoslash, sport psixologiyasi (sportsmenlar
holati, ularning uquvchanligi va ishchanligini o’zaro chog’ishtirish) kabi fanlarda
unumli foydalaniladi.
Umumiy psixologiyasi fanida qiyoslash metodi turli yoshdagi odamlarning
bilish jarayonlari, shaxs xususiyatlari, bilimlarini o’zlashtirish xossalari, aqliy
qobiliyati, saloshiyati, taraqqiyoti dinamikasi, shaxs jinsiy tafovutlari va o’ziga
xosligi, individual-tipologik holatlarini o’rganishda tatbiq etiladi. Rus psixologlari
L.S.Vigotskiy,
P.P.Blonskiy,
A.A.Smirnov,
B.G.Ananev,
D.B.Elkonin,
P.Ya.Galperin singari olimlar va ularning shogirdlari tadqiqotlarida qiyoslash
metodidan foydalanilgan. Keyingi yillarda xalq ta'limi va oliy ta'lim tizimida
hamda ishlab chiqarishda XX asrning 70- yillaridan e'tiboran to Hozirgi davrgacha
"inson omili" muammosining mushokamaga qo’yilishi, vaqt taqchilligi, ishchanlik
imkoniyati, qobiliyati, psixologik moslik masalalarining aloshida ahamiyat kasb
etishi mazkur metodni keng qo’lamda qo’llashni taqozo etmoqda. Bundan tashqari,
tajribada olingan miqdoriy ma'lumotlar ishonchlilik darajasini oshirish uchun ham
iyoslash metodi ishlatiladi. Ayniqsa, sinaluvchilardagi o’zgarishlarni ko’ndalang
kesim holatda olib qarash, tadqiqot bosqichini kesib, ya'ni vaqtincha to’xtatib,
loshida tashlil qilish ushbu metodga borgan sari diqqat-e'tibor tobora ortib
borayotganligidan dalolat beradi. Masalan, tajribaning birinchi bosqichining turli
yoshdagi va jinsdagi odamlarga ta'sirini aniqlash va hokazolar shular
jumlasidandir.
Umumiy psixologiyada qiyoslash metodi bilan bir qatorda longityud
(uzluksiz) metodi ham keng qo’lamda qo’llaniladi. Ushbu metodning boshqa
metodlardan farqli tomoni shundan iboratki, uning yordamida bir yoki bir necha
sinaluvchilar uzoq muddat, shatto o’n yillar davomida (A.Termenning 50 yillik
uzluksiz tajribasi shozircha rekord shisoblanadi) tekshiriladi. Longityud metodidan
AqShlik A.Termen, nemis psixologi V.Shtern, fransuz R.Zazzo va Sh.Byuler, rus
psixologlari N.A.Menchinskaya, A.N.Gvozdev, N.S.Leytis, V.S.Muxina va
boshqalar ko’p davrlardan beri unumli foydalanib keladilar.
Mazkur metod orqali har xil jinsli egizaklar (Shasan-Shusan, Fotima-Zushra)
yoki aralash jinsli (Shasan-Zushra, Fotima-Shusan) qo’shaloqlar kuzatilgan.
Shuning
uchun
bir
talay
tadqiqotlarning
"ona
kundaligi"
(N.A.Menchinskaya, V.S.Muxina) deb nomlanishi bejiz emas. Uzoq muddat
davomida muayyan bir shaxsni (kichik guruhni) kuzatish sinaluvchida yangitdan
paydo bo’layotgan fazilatlarining taraqqiyot dinamikasi, uning xulq-atvoridagi
illatlar (me'yordagi xatti-harakatdan chetga og’ish) va ularning oldini olish
muammolari yuzasidan material yig’ish, shuningdek, murakkab psixologik
munosabatlar, ichki bog’lanishlar, qonuniyatlar, mexanizmlar to’g’risida
mukammal, ishonchli, barqaror ma'lumotlar to’plash imkonini yaratadi.
Longityud metodi yordamida sub'ektiv omillarning o’ziga xosligidan
tashqari, sinaluvchiga ob'ektiv (tabiiy) hart-haroitlarning, ijtimoiy psixologik
mushitning ta'siri ham o’rganiladi. Chunonchi, egizaklarning o’zaro o’xshashligi
va ularning tafovutlanishi, ta'sirlanishi, shis-tuyg’ularining o’zgarishi, shaxslar
o’rtasidagi individual farqlar (ishchanligi, temperamenti, oliy nerv faoliyati
sistemasi va hokazolar) yuzasidan olingan ma'lumotlar longityud metodining
harofati bilan ro’yobga chiqadi.
XXasrning ikkinchi yarmida XXI asrning boshlarida fan va texnikaning
taraqqiyoti psixologik tekshirishlarning ilmiylik darajasini yanada oshirish uchun
(sub'ektiv omillar ta'sirini kamaytirish maqsadida) kompleks programma asosida
boshqa fanlar (medisina, fizika, fiziologiya, biologiya, sosiologiya, kibernetika,
statistika, filosofiya, logika) bilan birgalikda tadqiqot ishlarini olib borishni taqozo
qilmoqda. Bu voqelik fan olamida integrasiya (qo’shilish, uyushish) jarayoni yuz
berayotganligi ko’rsatkichi ifodasidir. Amaliy xususiyatga molik ilmiy-tekshirish
ana shu ko’pqirrali (kompleks) yondashishni talab etmoqda. Psixologiya sohalari
(psixofiziologiya, kosmos, tibbiyot psixologiyasi, mushandislik yoki aviasion
psixologiya) o’rtasida esa tadqiqot ob'ektiga tizimli yondashish prinsipi amalga
oshirilmoqda. Ushbu ijtimoiy psixologik voqelik sohalar diffensiyasidan
(ajralishidan) dalolat bermoqda. Kompleks metod yordamida o’rganilayotgan
ob'ektdagi o’zgarishlar turli sohaviy nuqtai nazaridan tashlil qilinadi yoki ularga
har xil yondashiladi. Masalan, shaxsning muayyan bilimlarni egallash xususiyati
psixologik
jishatdan
tekshirilayotgan
bo’linsa,
kompleks
(ko’pyoqlama)
yondashish ta'sirida ana shu o’zgartirishning falsafiy, mantiqiy, fiziologik, ijtimoiy,
biologik xususiyatlari ochib beriladi. Aytaylik, keksayishning biologik omillarini
o’rganish qari kishidagi psixologik, fiziologik,mantiqiy jishatlarining ochilishiga
xizmat qiladi. Kompleks (ko’pqirrali) programma (dastur) yordamida amalga
oshirilgan tadqiqotning natijasi ilmshunoslik uchun muhim ahamiyatga molik
bo’lib, insonshunoslik muammolarini shal qilishda ham aloshida ijobiy rol
o’ynashiga shak -shubsha yo’q.
Ilmiy-tadqiqot metodlarining ikkinchi guruhi amaliy (empirik) metodlar
majmuasidan iborat bo’lib, uning tarkibiga kuzatish (o’zini o’zi kuzatish),
eksperiment (tabiiy, laboratoriya), test (sinash), anketa (varaqa), so’rov,
sosiometriya, sushbat, intervyu, faoliyat jarayoni va mashsulini tashlil qilish,
tarjimai shol (biografiya),-shaxsiy guvoshnoma, shujjat, turmush faoliyati
voqealarini tashlillash kabilar kiradi. Amaliy metodlar sinash, tekshirish, diagnos
(tashxis) va prognoz (bashorat) qilish vazifalarini bajaradi. Insonning tug’ilishidan
tortib to umrining oxirigacha davr oralig’ida sodir bo’ladigan psixologik
o’zgarishlarni chuqurroq, ob'ektiv ravishda tadqiq etish uchun navbati bilan amaliy
(empirik) metodlar guruhidan foydalanish samarali natija beradi. Chunki bir metod
ikkinchisini to’ldirishga xizmat qiladi. Ilmiy-tadqiqot metodlarining uchinchi
guruhi olingan natijalarni qayta ishlashga mo’ljallangan bo’lib, statistik (miqdor)
va psixologik sifat tashlili turlarga ajratiladi. Psixologik-pedagogik tadqiqotlarda
ko’pincha quyidagi statistik metodlardan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |