29
1.3.6-rasm. Mexatronikaning boshqarish interfeysi /hisoblash texnikasi
elementlari
5. Mexatronika-Kompyuter / Axborot tizimi elementlariga apparat
ta`minoti va dasturiy ta`minot kiradi.
Ular quyidagi vazifalarni bajarishga mo`ljallangan:
•
avtomatlashtirilgan
dinamik
sistemalarni
tahlil
qilish;
ularni
modellashtirish, optimallashtirish va loyihalash;
•
sistemalarni virtuallashtirish;
•
tezkor boshqaruvni ta`minlash;
•
simulyatsiyali modellashtirish.
Va shu asosda inson-operator bilan inson-mashina interfeysi (
HMI
)
orqali
dasturlash rejimlarida MTlarning harakatlanish jarayonida o`zaro aloqada bo`ladi va
tashqi (periferiyadagi) qurilmalar bilan ma`lumotlarni almashinadi.
MTlarning kompyuter boshqarish tizimi odatga boshqarish tizimining yuqori
bosqichiga kiradi.
30
1.3.7-rasm. Mikrokontroller tuzilishi
Shunday qilib, tarkibida uchta zaruriy qismi bo`lgan va energetik hamda
axborot oqimlar bilan bog`langan - mexanika (aniqrog`i elektromexanika), elektron
va kompyuterli qismlar MTlarning boshqa tizimlardan
farq qiluvchi birlamchi
xususiyati hisoblanadi.
Bu komponentlar interfeyslar bilan bir-biriga ulangan.
Interfeys (ing.
interface
– ajratish yuzasi, to`sin) – ikkita tizim, qurilma va
dasturlarni bir-biri bilan hamkorlik qilish usul va uslublari hamda imkoniyatlaridir.
Masalan,
USB, CAN, Ethernet
va h.k.
USB
(ing.
Universal Serial Bus
– universal ketma-ket shina)
hisoblash
texnikasi atrofidagi qurilmalardan o`rta va kichik tezlikda axborotlarni uzatish
uchun ketma-ket interfeys.
Ethernet
([`i:θә nεt]
inglizchadan
ether
[`i:θәr] «efir») – kompyuter
tarmoqlari uchun axborotni paket shaklida uzatish texnologiyasi.
31
O`tgan asrning 80-yillarida
BOSCH
kompaniyasi
tomonidan tarmoq
interfeysining yangi kontseptsiyasi
CAN – (Controller Area Network)
taklif qilindi.
CAN
– shina bir vaqtning o`zida raqamli axborotlarni qabul qiluvchi va
etkazib beruvchi har qanday qurilmalarni ulashni ta`minlab beradi. Bunday shinalar
yuqori tezlikda axborotni etkazib bera oladi.
Dostları ilə paylaş: