Zbekiston respublikasi


-rasm. Radiopriyomniklar kontur katushkalrini yig`ish uchun



Yüklə 10,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/219
tarix17.09.2023
ölçüsü10,93 Mb.
#144789
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   219
K. Gafurov - Mexatronika 1-qism

 
2.1.4-rasm. Radiopriyomniklar kontur katushkalrini yig`ish uchun 
robototexnik kompleks 
1-yuklovchi qurilma; 2-oraliq joy; 3-yuksizlantiruvchi qurilma; 4-guruhli 
boshqarish qurilmasi; 5-rotorli stol; 6-yuklovchi qurilma; 7-tozalash uchun vanna; 
8-kavsharlash uchun vanna; 9-flyuslash uchun vanna 
Bir ish davrida barcha texnologik operatsiyalar parallel-ketma-ket yig`ish 
printsipi asosida bajariladi.
Kompleksning bir davr ishlash vaqti - 10 s. 
Bunday komplekslarni qo`llash ish unumdorligini 10 barobar oshadi, ishlab 
chiqarish maydonlari qisqaradi, butun yig`ish jarayonini avtomatlashtirishga olib 
keladi. Bunday komplekslarni boshqa detallar uchun qayta sozlash mumkin. Buning 
uchun ishchi organlar va boshqaruvchi dasturlar almashtiriladi.


62 
2.1.5-rasm. Sanoat roboti МПС-9С 
 
2.1.2. Moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlari 
Sanoatda qo`llaniladilan mexatronik qurilmalarni 
moslashuvchan ishlab 
chiqarish tizimlari
asosi deb qarash mumkin.
Moslashuvchan ishlab chiqarishni
quyidagicha tushunish mumkin: 
texnologik tizimni tez va uncha ko`p mehnat va boshqa xarajatlar talab qilmasdan 
yangi yoki modernizatsiyalangan mahsulot ishlab chiqarish uchun yoki yangi 
texnologik jarayonlarni amalga oshirish uchun qayta tashkil etish xususiyati 
tushuniladi. Shu bilan birga ishlab chiqaradigan mahsulotning sifatini va uni 
ishlatishdagi ishonchliligini oshirish masalasi ham ijobiy hal etilishi kerak. 
Moslashuvchan ishlab chiqarish tizimi ko`p bosqichli ierarxik strukturaga 
ega.
Pastki bosqichi ayrim ob`ektlarning - ma`lumotni tahlil qilish va boshqarish
mikroprotsessorlari bilan ta`minlangan texnologik tizimning bajarish moslamalari 
(masalan, stanok), hamda ob`ektning holati va texnologik operatsiya parametrlarini 
o`lchaydigan datchikni dasturiy boshqarishdan iborat. 
Tahlil qilish va boshqarish uchun ma`lumotlar mikroprotsessorga 
yetkaziladi. 


63 
Bundan tashqari, bu ma`lumotlar (yoki ularning bir qismi) keyingi 
bosqichga, ya`ni, bir nechta stanoklar, robotlar va yordamchi mexatronik jihozlarni 
o`z ichiga olgan moslashuvchan ishlab chiqarish moduliga (MIChM) yuboriladi.
MIChM ning mikroEHMi modulning har bir ob`ektidan ma`lumotlarni 
oladi, ularni hamkorlikdagi faoliyatini muvofiqlashtiradi, har biri uchun alohida 
boshqarish tizimini shakllantiradi hamda texnologik jarayonlarning borishi 
to`g`risida kerakli ma`lumotlarni tizimning keyingi bosqichiga yetkazadi (2.1.6-
rasm). 
Ba`zi bir modullar moslashuvchan avtomatlashtirilgan uchastkalar (MAU)
va moslashuvchan avtomatlashtirilgan texnologik tizimlarga (MATT) biriktiriladi. 
Uchastka va tizim pastki bosqichdan ma`lumotlarni, yuqori bosqichdan esa 
topshiriqlarni olib, ularni o`zining EHM yordamida avtomatlashgan tarzda 
solishtiradi hamda moslashuvchan ishlab chiqarish sistemasining quyi bosqichlariga 
topshiriq beradi. Texnologik jarayon uchun topshiriqlar EHM xotirasiga avvaldan 
kiritib qo`yilgan bo`lib, ular tayyorlanadigan mahsulot turiga qarab o`zgartirishga 
moslashtirilgan. 
MAU va MATT tarkibiga ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini va 
qo`shimcha texnologik parametrlarni nazorat qilish uchun avtomatlishtirilgan 
uskunalar kiritilgan, bunda EHM barcha modullarning berilgan parametrlar va 
algoritm bo`yicha hamkorlikdagi ishini muvofiqlashtiradi. 
MAU va MATTdan tashqari sexning moslashuvchan ishlab chiqarish 
sistemasi avtomatlashtirilgan tayyor mahsulotlar, detallar, asboblar va sexning 
tayyor mahsulotlari uchun omborxona, sex ichida yuradigan avtomatlashtirilgan 
transport, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi, sex texnologik xizmati, 
dispetcherlik xizmati, mahsulotni texnik nazorat qilish bo`linmalari va h.k.ni o`z 
ichiga oladi. Bunda ularning barchasi maxsus dastur bilan ta`minlangan va qayta 
moslashtirishga mo`ljallangan EHM bilan boshqariladi. 
Ishlab chiqarishda o`zida o`lchov-nazorat va diagnostik apparaturani hamda 
axborotni 
qayta 
ishlash 
mikroprotsessorli 
vositalarni 
mujassamlantirgan 


64 
komplekslarni birlashtirgan texnik nazoratlash va jihozlarni har qanday darajada 
diagnostikalash muhim rol o`ynaydi. 
Dasturlar orqali boshqaraladigan o`lchov moslamalari qayta aloqa vazifasini 
bajaradi, bunda moslamalar texnologik jarayondan chiquvchi o`lchov natijalarini 
sifat nazorati talablariga mos holda jarayonni muvofiqlashtirish uchun qayta 
yuboradi. 

Yüklə 10,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin