86
2.2.7-rasm. Avtomobil yig`ish zavodida avtomobil kuzovini payvandlash sexi
Bajaradigan operatsiyalari turi bo`yicha barcha
sanoat robotlari
texnologik
va
yordamchi
robotlar turiga bo`linadi.
Texnologik
robotlar
asosiy
texnologik
operatsiyalarni
bajaradi,
yordamchilari esa asosiy texnologik jihozlarga xizmat ko`rsatish ishlarini bajaradi.
Yordamchi robotlarni avtomatlashtirish vositalariga kiritadilar.
Operatsiyalarni bajarish imkoniyatiga qarab sanoat robotlari
maxsus,
maxsuslashtirilgan va universal
turlarga bo`linadi. Maxsus
SRlari bitta konkrekt
vazifani bajaradi (m., payvandlash, ma`lum yig`ish operatsiyasi yoki bo`yash va
h.k.). Maxsuslashtirilgan SRlari bir nechta bir-biriga o`xshash ishlarni bajaradi (m.,
ishchi asboblari almashtiriladigan yig`ish robotlari, ma`lum
turdagi texnologik
jihozlarga xizmat ko`rsatish robotlari va h.k.). Universal robotlar o`zlarining texnik
imkoniyatlari darajasida har xil asosiy va yordamchi operatsiyalarni bajaradi.
Qurilish robotlari
qo`l me`natini va og`ir ishlarni avtomatlashtirishda
ishlatiladi. Hozir bu juda dolzarb masala hisoblanadi.
Robot
ERO Concrete Recycling Robot
(betonni qayta ishlash roboti) beton
inshootlarni tez va samador demontaj qilish uchun yaratilgan (2.2.8-rasm).
87
O`zining unikal texnologik yechimlari evaziga
robot bu ishni chiqindisiz,
changitmasdan bajaradi, ajratib olingan ko`pgina materiallarni ikkinchi marta uy
qurish uchun ishlatish mumkin. Betonni buzish katta
bosim ostidagi suv oqimi
ta`sirida bajariladi. Shu vaqtda vakuum sistemasi hosil bo`lgan substantsiyani so`rib
yig`ib oladi. Robot separatori sement, suv va boshqa chiqindini ajratadi. Shunday
qilib, ho`l beton qorishmasi germetik taraga upakovkalanadi, suv filtrdan o`tib,
qaytib sistemaga beriladi, chiqindilar maxsus qoplarga solinadi (2.2.9-rasm).
Dostları ilə paylaş: