Zbekiston respublikasi


-rasm. Avtomobilining tormozni antiblokirovkalash tizimi sxemasi



Yüklə 10,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/219
tarix17.09.2023
ölçüsü10,93 Mb.
#144789
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   219
K. Gafurov - Mexatronika 1-qism

2.3.2-rasm. Avtomobilining tormozni antiblokirovkalash tizimi sxemasi
1 – elektr yuritmali gidravlik nasos; 2 – g`altaklar aylanish tezligi datchiklari;
3-boshqarish bloki; 4-bosim akkumulyatori; 5-servoklapan 
Zamonaviy avtomobillarda asosan konstruktsiyasi sezgir element va uzatish 


97 
elementlaridan tashkil topgan 
magnitrezistorli aylanish chastotasi datchiklari 
va 
Xoll datchiklari
qo`llaniladi (2.3.4-rasm). Magnitrezistorli datchiklarda magnit 
maydoni o`zgarishi natijasida qarshilik o`zgaradi. Xoll datchiklarida magnit 
maydoni o`zgarishi natijasida kuchlanish o`zgaradi. Bu o`z navbatida, tok 
qarshiligining o`zgarisiga olib keladi. Bunday signalni apparat yoki dasturiy usulda 
qayta ishlangandan keyin g`altaklar aylanish chastotasini hisoblab topish mumkin.
2.3.3-rasm. ABSning samaradorligini ko`rsatuvchi foto 
 
 
2.3.4-rasm. Aylanish chastotasi datchigini o`rnatish joyi 
 


98 
Adaptiv (moslashuvchan) kruiz-kontrol tizimiAdaptive Cruise Control 
(ACC).
 
Harakat paytida oldingi mashina orasidagi distantsiyani nazorat qiladigan 
tizimlar 90-yillar o`rtasida paydo bo`ldi: 1995 yilda 
Mitsubishi
sedan 

Diamante
” 
ni bozorga olib chiqdi. 1999 yilda 
S
-klassdagi 
Mercedes W220
da 
ABS
bilan birga 
ishlovchi distantsiyani boshqaruvchi 
Distronic
tizimi yaratildi. Shundan keyin bu 
tizim yildan yilga rivojlanib ketmoqda. Bu tizimning asosiy funktsiyalari 2.3.5- 
rasmda ko`rsatilgan. 
ACC
tizimi tarkibiga masofa datchiklari, boshqarish bloki va ijro qurilmalari 
kiradi. Masofa datchiklari oldinda harakatlanayotgan avtomobilning tezligi va 
ungacha bo`lgan masofani o`lchash uchun xizmat qiladi. Masofa datchiklari sifatida 
radar
va 
lidarlar
ishlatiladi. 
Radar (ingl. 
Radar, Radio Detection and Ranging
– radioaniqlash va 
masofani o`lchash)
28
– ob`ektga elektrmagnit to`lqinlarni yuboradi va qaytish signali 
- aks-sado (exo)ni qabul qilib oladi. Oldinga ketayotgan avtomobilning tezligi 
qaytgan to`lqinning chastotasi o`zgarishi bo`yicha, avtomobilgacha masofa esa -
signal qaytish vaqti bo`yicha aniqlanadi. Olingan parametrlar elektrik signalga 
o`zgartiriladi va boshqarish blokida yuboriladi.
Lidarda (ingl. 
Lidar, Light Identification Detection and Ranging 
–nur 
yordamida masofani aniqlash va o`lchash)
29
infraqizil lazer nurlaridan 
foydalaniladi. Ular ishlash printsipi radarga o`xshash va radarga nisbatan arzon 
turadi, lekin ish faoliyati aniqligi ob-havo sharoitiga bog`liq, shuning uchun 
premium-klass avtomobillarda radarlar ishlatiladi. Masofa datchiklari asosan oldingi 
bamperda yoki radiator panjarasida o`rnatiladi. Faoliyat radiusi 150 m ni tashkil 
qiladi.
 
28
Bowen, Edward George. Radar Days. — CRC Press, 1998. 
29
Middleton, W. E. K, and Spilhaus, A. F., Meteorological instruments, University of Toronto, 3rd ed.-2002, 402 р. 


99 

Yüklə 10,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin