Haydovchi tomonidan belgilangan tezlikda harakatlanish .
Bir xil distantsiyani saqlagan holda oldingi avtomobil tezligi bo`yicha harakatlanish. Oldindagi avtomobil to`xtaganda berilgan distantsiyani saqlagan holda avtomatik to`xtash Oldingi mashina yurganidan 3 sek o`tgandan keyin harakatlanish .
Harakat paytida orqa va yon tomondagi “o`lik” zonalarni nazorat qilish 2.3.5-rasm. Adaptiv kruiz-kontrol tizimining asosiy vazifalari
100
Parkovkani nazorat qilish –Parking distance control (PDC) 30 . Akustik
parkovkalash tizimi ultratovushli datchikli tizim bo`lib, asosiy maqsadi parkovka
vaqtida avtomobil va to`siqlar orasidagi distantsiyasini nazorat qilishdir.
Ultratovushli datchiklar mashina va yaqin turgan to`siqlar orasidagi distantsiyani
o`lchaydi va bu distantsiya kamayishi bilan akustik signallar xarakteri o`zgaradi va
displeyda haydovchi uchun ogohlantirish signali paydo bo`ladi.
2003 yilda parallel parkovkalash imkoniyatiga ega avtomobil chiqdi.
Birinchi bo`lib bu ishni
Toyota Prius uddaladi.
Zamonaviy avtomobillarda avtomatik parkovkalash tizimlari mavjud. Ular
quyidagicha ishlaydi (2.3.6-rasm):
1)
ultratovushli datchiklar (
ultrasonic sensor ) mashina perimetri bo`ylab
joylashtiriladi. Ular soni qancha ko`p bo`lsa, shuncha yaxshi. Ular atrof-muhit
haqidagi vaziyatni skanerlab boshqaruv blokiga signalni etkazishadi. Faoliyat
masofasi o`rtacha 4 m dan ko`proq.
Elektr energiyani ultratovush to`lqinlariga (chastotasi 20 kGts dan ortiq
bo`lgan mexanik tebranishlarga) o`zgartirib beruvchi sensorli qurilma
ultratovushli datchik deyiladi. Uning ishlash printsipi radarga o`xshash;
2)
sistemaning “bosh miyasi” bo`lgan boshqarish bloki ultratovushli
datchiklardan signallarni qabul qilib olib, qayta ishlaydi va samarali parkovkalash
uchun kerakli barcha boshqa boshqaruv tizim va modullarni ishga tushiradi;
3)
mashinaning kurs bo`yicha barqarorlik sistemasi avtoparkovka rejimida
boshqarish blokidan nazorat qilinadi va mashinani berilgan trayektoriyada saqlab
turish uchun javob beradi;
4)
dvigatel to`liq avtoparkovka rejimi nazoratiga o`tadi. Bunda
aylanishlar soni rostlanib, yonilg`i berish jadalligi nazorat qilinadi;
5)
rul boshqaruvi – rul g`altagi aylanishi ultratovushli datchiklardan
olingan signallar asosida amalga oshiriladi. Uning aylanish jadalligi real
vaqt
rejimidagi avtoparkovka sistemasi tomonidan boshqariladi. Haydovchi ishtiroki
30
https://www.privatefleet.com.au/glossary/what-is-park-distance-control/
101
kerak bo`lmaydi.
6)
uzatmalarni avtomatik korobkasi avtoparkovka nazoratiga olinadi.
“
parking ” va “
to drive ” rejimlarini o`zaro almashtirish elektronika boshqaruvi bilan
bajariladi.