92
▪
Mavzu bo`yicha asosiy rasm va illyusrtatsiyalar
§2.3. MEXATRONIK TIZIMLARNI TRANSPORT VOSITALARDA
QO`LLASH
2.3.1. Mexatronika tizimlarni avtomobil transportida qo`llash
Yerusti transport vositalari ichida eng kompyuterlashgani bu avtomobil
transportidir (transportlovchi robotlar bu yerga kirmaydi).
Avtomobil (yunon.
autos
- o`zim va lot.
mobilis
- harakatchan) o`z dvigateli
bilan oson harakatlanadigan g'ildirakli yoki yarim gusenitsali relssiz transport
mashinasidir
24
.
Hozirgi vaqtda yengil avtomobilning 40% narxini elektron komponentlar va
dasturiy ta`minot egallaydi. Avtomobillarda texnik yangiliklar kiritishning 90% ni
elektron sistemalar tashkil qiladi. Premiyum klassdagi yengil mashinalarda 70
tagacha
protsessorlar mavjud, elektron tizimining 50 dan 70% xarajatini dasturiy
ta`minot tashkil qiladi. Amalda zamonaviy avtomobil - bu kompyuter,
faqat
g`ildirakli. Ana shu elektron tizimlarning asosini мexatronika tizimlari (MT) ташкил қилади.
Avtomobil bozoridagi kuchli raqobat mutaxassislarni yangi zamonaviy
texnologiyalarni qo`llashga majbur etadi.
Zamonaviy avtomobil MTlari quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
-
dvigatelni boshqarish;
-
uzatmalar korobkasini boshqarish;
-
harakat xavfsizligini ta`minlash (tormoz, diagnostika, xavfsizlik podushkalari,
kruiz-kontrol, navigatsiya tizimi va h.k.)
-
qulaylikni yaratish (klimat-kontrol, audio- va videotizimlarni avtomatik
boshqarish) va h.k.
24
Малкин В. С. Основы эксплуатации и ремонта автомобилей. — Ростов н/Д: Феникс, 2007. — 431 с.
93
Lekin, avtomobillarga asosiy qo`yiladigan talab – ularning xavfsizligidir.
Shuning
uchun, quyida avtomobillarning xavfsizlik sistemalarini ko`rib chiqamiz.
Hozirgi vaqtda avtomobil ixtirochi-olimlarning asosiy maqsadi
yo`l-transport
hodisalar
(YTH) ni
kamaytiruvchi “aqlli” elektron qurilmalarni ishlab chiqarish hisoblanadi.
Bu ishlarning natijasi -
avtomobilni xavfsiz boshqarish tizimi (AXBT)
ning yaratilgani bo`ldi.
Inglizchada (
AVSM -Advanced vehicle safety management
)
25
.
Bu tizim avtomatik ravishda
mashinalar orasidagi kerakli oraliqni saqlay oladi, mashinani sfetoforning qizil signalida
to`xtatadi, haydovchiga burilish uchastkasida mashina tezligining katta ekanligi
haqida xabar
beradi va h.k. Hatto, yangi tizimlar to`qnashish bo`lganda maxsus datchiklarning
radiosignalizatori yordamida tez yordam mashinasi chaqirish imkoniyatiga ega.
Avtomobilni xavfsiz boshqarish tizimining 2 ta turi mavjud.
1.
Avtomobilning aktiv xavfsizlik tizimi.
2.
Avtomobilning passiv xavfsizlik tizimi.
Avtomobilning aktiv xavfsizlik tizimi
(AAXT) –YTHni
oldini olish va
avtomobilning konstruktiv xossalariga bog`liq holda ular kelib chiqish sabablarini
yo`qotishga qaratilgan avtomobilning konstruktiv va ishlatish xususiyatlari
yig`indisidir. Boshqacha qilib aytganda AAXT – avariya sodir bo`lish sabablarini
yo`qotib, avtomobilni xavfsiz ishlatishga qaratilgan barcha tizimlari yig`indisidir
26
.
Eng ko`p ma`lum bo`lgan va eng ko`p qo`llanidigan aktiv xavsizlik tizimlari
quyidagilar:
•
tormozni antiblokirovkalash tizimi (TAT) -
antilock braking system
(ABS);
•
yetakchi g`ildiraklarni probuksovkalashdan himoyalash tizimi -
anti-slip
system (ASS)
;
•
favqulodda
tormozlash tizimi -
emergency braking system (EBS)
va
boshqalar.
Yuqorida keltirilgan tizimlar avtomobilning tormozlash va dvigatelni
boshqarish tizimlari bilan konstruktiv bog`langan, ular bilan birga o`zaro aloqada
25
http://www.geeks4thewin.com/Topics/advanced-vehicle-safety-management/
26
http://systemsauto.ru/active/active.html
94
bo`ladi. Bu esa ushbu tizimlarning samadorligini oshirishga imkon beradi.
Bundan tashqari zamonaviy avtomobillarda
quyidagi aktiv xavfsizlik
tizimlari o`rnatilmoqda:
•
adaptiv kruiz-kontrol ;
•
avtomatik parkovkalash tizimi;
•
aylana bo`yicha nazorat qilish tizimi va b.
Avtomobilning passiv xavfsizlik tizimi
(APXT)– YTHsi ro`y berganda,
haydovchi va passajirlarning shikastlanishidan
himoyalashga qaratilgan
avtomobilning konstruktiv va ishlatish xususiyatlari yig`indisidir
27
.
Ular qatoriga quyidagilar kiradi:
•
xavfsizlik kamarlari -
seat belts
;
•
xavfsizlik podushkalari -
airbags
;
•
xavfsizlik kamarlarini tarang tortish qurilmasi -
seat belt tensioners
va b.
Dostları ilə paylaş: