Zbekiston respublikasi


 Avtomobillarning aktiv xavfsizlik tizimi



Yüklə 10,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/219
tarix17.09.2023
ölçüsü10,93 Mb.
#144789
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   219
K. Gafurov - Mexatronika 1-qism

2.3.2. Avtomobillarning aktiv xavfsizlik tizimi
AAXTning asosiy vazifasi avariyali vaziyatlarning oldini olish hisoblanadi. 
Boshqacha qilib aytganda, AAXTning vazifasi xavfli vaziyatlarni “his qilish” va 
to`qnashuvlarning oldini olish, yoki, minimum, tezlikni kamaytirishdir.
AAXTning asosini 
tormozni antiblokirovkalash tizimi (ABS
tashkil 
qiladi. Yangi avtopilotlar qo`llanilayotgan bir paytda 
ABS
juda oddiy bo`lib va uning
himoyalash xususiyati juda past bo`lib ko`rinishi mumkin. Lekin bu xato fikr
hisoblanadi. Shu kunlarda 
ABS
ning boshqarish tizimi va datchiklari boshqa elektron 
tizimlarning asosi bo`lib kelmoqda. Yillar bo`yicha 
ABS
yangi qo`shimcha modullar 
bilan ta`minlanib kelinmoqda, chunki aktiv xavfsizlik 
ABS
dan boshlanadi.
Tormozlashda g`altaklarning blokirovkasi bilan 100 yil oldin kurashish 
boshlangandi. Bu muammoni boshlanishida temir yo`llarda sezdilar (g`altagi 
blokirovkalangan vagonlar relsdan tushib ketish holatlari bor edi). XX asr o`rtasida 
27
 http://systemsauto.ru/passive/passive.html  


95 
tormozlashda g`altaklar blokirovkalashini oldini olish sistemalari aviatsiyada keng 
tarqaldi. Birinchi marta seriyali ishlab chiqarilgan elektronli 
ABS
i bo`lgan avtomobil
1978 yilda 
S
-klassdagi Mercedes (
W116
) avtomobili bo`ldi (2.3.1-rasm).
 
2.3.1-rasm. Mercedes (W116) avtomobilining tormozni antiblokirovkalash 
tizimi (ABS
1 – elektr yuritmali gidravlik nasos; 2 – g`altaklar aylanish tezligi datchiklari;
3-boshqarish bloki 
ABS
lar quyidagi komponentlardan iborat: g`altaklar aylanish tezligi (chastotasi) 
datchiklari, boshqarish bloki (elektron protsessor), servoklapanlar, elektr yuritmali 
gidravlik nasos va bosim akkumulyatori (2.3.2-rasm). 
Intensiv tormozlashda g`altaklar aylanishdan to`xtaydi, avtomobil sirpana 
boshlaydi va rul bilan boshqarish imkoniyati bo`lmaydi, tormoz yo`li uzunligi esa 
bunda juda o`sishi mumkin. Bu quyidagicha ro`y beradi: g`altak aylanayotganida 
protektor va yo`l orasidagi kontaktda qovushqoqlik ishqalanishi (
трение 
сцепления
) paydo bo`ladi, uning kuchi blokirovkada paydo bo`ladigan sirpanish 
ishqalanishi (
трение скольжения
) kuchidan katta bo`ladi. Qovushqoqlik 
ishqalanishisiz g`altaklar yon tomon kuchlanishlarni qabul qilolmaydi, shuning 
uchun avtomobil inertsiya ta’sirida sirpanishni davom ettiradi: bunda to`siqlarni 


96 
aylanib o`tish yoki burilishga qaytish mumkin bo`lmaydi.
ABS
bunday vaziyatga yo`l qo`ymaydi (2.3.2-rasm): g`ildirakdagi datchiklar 
2
aylanish tezligini sekundiga 10 marta o`lchab boshqarish bloki 
3
ga axborotni 
yuboradi. G`ildiraklar blokirovkalanganda g`altaklarning yana aylanishini 
ta`minlash uchun boshqarish bloki 
3
bir yoki bir nechta tormoz magistrallarida 
bosim akkumulyatori 
4
yordamida bosimni rostlaydi va servoklapanlar 
5
vaziyatga 
qarab ochilib-yopiladi hamda bu bilan g`altaklarning blokirovkasi yoqotiladi.
Barcha zamonaviy 
ABS 
lar to`rt kanalli hisoblanadi, ya`ni elektronika har 
bir g`altakni alohida boshqaradi.
Bunday holatda haydovchida tormozlashda ham to`siqlarni aylanib o`tish 
imkoniyati paydo bo`ladi (2.3.3-rasm). 

Yüklə 10,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin