9.6. Asosiy tushuncha va atamalar Shaxs taraqqiyoti; ijtimoiy va genotipik omillar; yosh davrlari psixologiyasi; genetik, tug’ma yoki orttirilgan ijtimoiy omillar; intellektni rivojlanish bosqichlari; bolalik; ilk yoshlik davri; maktabgacha tarbiya yoshi davri; bolalikning maktab davri; o’smirlik va o’spirinlik davrlari; professional o’z-o’zini anglash bosqichlari; attraksiya va emosional munosabatlar; do’stlik; sevgi; yetuklik davri psixologiyasi; akmeologiya.
9.7. Rezyume Xulosa qilib aytganda, O’zbekistonda Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturida ta’kidlangan innovasion, yangicha hamda progressiv ta’limning mohiyati ham, aynan, akmeologik omillarni inobatga olganligi, shaxsga individual, insonparvarlik tamoyillari asosida yondoshuv zarurligi e’trof etilganligi va bular o’z navbatida talabalardagi professional mahoratni o’stirishni nazarda tutganligi bilan ahamiyatlidir. Bu vazifalarning amalda ro’yobga chiqishi har bir shaxsning taraqqiyot davrlariga mos ravishda rivojlanishi va mehnatining mahsuldorligiga erishishini ta’minlaydi hamda shaxsning jamiyatdagi mavqyeini mustahkamlaydi.