Katta ijtimoiy guruhlar psixologiyasi Katta guruhlar miqdor jihatdan ko’pchilikni o’z ichiga olgan insonlar jamoasi bo’lib, ularning har bir a’zosi kichik guruhdagilardan farqli o’zaro bir-birlari bilan muloqatda bo’lish imkoniyatiga ega bo’lavermaydi. Masalan, O’zbekiston Milliy universiteti jamoasi katta guruh. Uni tashkil etuvchi talabalar, magistrantlar, aspirantu-doktorantlar, professor-o’qituvchilar, texnik xodimlar va xo’jalik xodimlari – bu minglab insonlar guruhidir. Ularning barchasini birlashtiruvchi maqsadlar mushtarak, umumiy makon borligi uni yaxlit guruh deb atashga imkon beradi. Shunday bo’lsa-da, uning barcha a’zolari bir-birlarini tanimasliklari, hamkorlikda bir-birlariga ta’sir ko’rsata olmasliklari mumkin. Xuddi shunday – katta guruhlarga yana O’zbekiston aholisini, o’zbek yoshlarini, bayramda ko’chaga chiqqan xaloyiqni misol sifatida keltirsa bshladi. Demak, katta guruhlarning boshlang’ich chegarasi 30-40 kishidan ortiq bo’lsa, uning oxirgi ko’rsatgichi haqida gapirish ancha mushkul bo’ladi.