1.1. Jismoniy tarbiya nazariyasinining manbalari. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasining rivojlanishi uchun quydagilar asosiy manba hisoblanadi: -
mamlakatimizda jismoniy madaniyat va sportni yuksaltirishning yullari hozirgi payitdagi ahvoli, haqidagi
xukumat qarorlari, qonunlari :
-jamiyatining rivojlanishi davomida insonni har tomonlama kamol toptirish haqidagi progressiv ta
limotlar. Bu ta limotlar insonning har tomonlama rivojlanishi huquqinigina ovoza qilish bilan
kifoyalanmay, uning mazmunnini ochishga urinish hamda shu goyalarni amalga oshirish yullarini
nazariy, amaliy jihatdan asoslashdan iboratdir:
-jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati sohasi buyicha olib borilgan va olib borilayotgan ilmiy izlanish
lar va boshqa aralash fanlarning jismoniy tarbiyaga oid tuplagan nazariy, amaliy bilimlar tizimi: -ijtimoiy
turmush tarzining hayotiy amaliyoti tajribasi, jamiyatning yuqori jismoniy tayyorgarlikka ega bulgan
kishilarga talabi
-jamiyat a zolarining jismoniy tarbiya qonuniyatlarini bilishi va shu asosda inson jismoniy kamoloti
tizimini tuzish va uni boshqarishga intilishni vujudga kelishi:
-jismoniy tarbiya tizimi mavjud jamiyat manaviyatining bir bulagi hisoblangan jismoniy madaniyat
kontsepiyalari:
-jismoniy tarbiya praktikasi - manba sifatida nazariy qoidalarning hayotiyligini tekshiradi, amaliyotdagi
tugilgan original goyalardan foydalanadi va ular esa tarbiya nazariyasi va metodikasini boyitadi.
-Arxiv materiallari, shaxsiy kuzatish natijalari (kundaliklar, sportchilar va ularning murabbiylarining
rejalari, musobaqa bayonnomalari, konspektlar, ma'ruza matnlari va h. k. lar) jismoniy tarbiya
nazariyasini boyitadi va unga manba bulib xizmat qiladi.
1.2. Jismoniy tarbiya nazariyasining rivojlanish davrlari Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasining rivojlanishi bir necha davrlarni uz ichiga oladi.
Birinchi davr -inson uzining ijtimoiy faoliyati davamida harakat faoliyatini organizmga ta' siri haqidagi
eng dastlabki (emperik) bilimlari (Ponamarev. N.I. 19u5). Eng dastlabki emperik bilimlarning tuplanishi
“mashqlanganlik” ning foydasini kuzatish usullarini anglashga imkon yaratdi. Bu “jismoniy mashqlar”
ning va “jismoniy tarbiya”ning paydo bulishi uchun sharoit yaratilishida omil bulib xizmat qildi.
Ikkinchi davr -jismoniy tarbiya jarayonida qullanilaboshlagan dastlabki uslubiyatlarning yaratilishiqadimgi Yunonistonda quldorlik davlati davrini va Urta asrni uz ichida oladi(G.D.Xarabuga, 19u4).
Jismoniy tarbiyadagi bu uslublar, tajribalar oqali vujudga keltirilgan bulib, filosoflar, pedagoglar, vrachlar
odam organizmi faoliyati qonuniyatlarini hali bilmasligi sababli jismoniy mashqlar ta'siri mexanizmini
tushuntira olmas, shunga kura jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishning foydasini tashqi natijalarga
qarab baholardilar. Yunonis tonning jismoniy tarbiya uslubiyati aytarli darajada ma'lum edi. U mavjud
vositalar va uslubiyatlarni rivojlantirish uchun ularni yagona tizimiga birlashtira olgan edilar.
Urta asrning Urtalarida uslubiyatlarining xillari ortdi. Gimnastika, suzish, o’yinlar, kamon otish, otda
chopish, qilichbozlik buyicha dastlabki qullanmalar paydo buldi.Ajdodlarimiz Abu Nasr Farobiy, Abu Ali
Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniylarning tan tarbiyasiga oid ilmiy dunyoqarashlari vujudga
keldi(Usmonxujaev T.N.1995)
Uchinchi davr -jismoniy tarbiya haqidagi nazariy bilimlami intensiv tuplanishi. Uyg'onish davridan XIX
asming oxirigacha bulgan davrni uz ichiga oladi. Inson tarbiyasi, uni uqitish, davolash haqidagi fanning
rivojlanishi, filosofiyalar, pedagog va vrachlarning jismoniy tarbiya muammolariga e'tibor qila
boshlashlari davri, falsafiy, pedagogik va tibbiy malumotlarning, bilimlarining vujudga kela boshlagan
davri. Bu malumotlar hali turlicha edi, chunki kupincha usha davrda mustaqilroq sanalgan filosofiya,
pedagogika, meditsina, fanlari tarkibida voyaga etar edi. Yul-yulakay, ammo zarur bulgan darajada
bunday ilmiy fanlarning vakillari kupincha uz muammolarini jismoniy tarbiyaning rolini hisobga olmay
hal qilish mumkin emasligini tushuna boshladilar. Yangilanish davridayoq pedagog-gumanistlar va
xayoliy sotsialistlar jismoniy tarbiyaga bir butun tarbiyaning majburiy qismlardan biri deb qaray
boshladilar.
Jumladan, shvetsariyalik demokrat, pedagog I.G.Pestalotstsi tomonidan bolalar harakat qobiliyatini
rivojlantirish uchun tuzilgan jismoniy mashqlar tizimini yaratishdagi buginlar(sustavnaya) gimnastikasi
umumiy pedagogika nazariyasi ichida alohida urinni egallaydi. XVIII asrda anatomlar tomonidan
jismoniy mashqlar “biomexanikasi” buyicha izlanishlar olib borildi, XIX asrda esa jismoniy tarbiya
haqida ilmiy nazariy ishlar vujudga keldi.
Jamiyat hayotida jismoniy tarbiyaing roli, tarbiyani sinfiy xarakterga ega ekanligi ilmiy asoslandi.
Tarbiyaning mazmuni ochildi va unda jismoniy tarbiyaning urni aniqlandi hamda shaxsni har tomonlama
rivojlantirish yullari belgilandi.
Aynan shu davrda jismoniy tarbiya nazariyasiga asos solindi deb hisobga olinib, shu soha buyicha ilmiy
farazlar va bilimlar tuplanishi orqali mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi.
Turtinchi davr - XIX asrning oxiridan ilmiy va uquv fani sifatida jismoniy tarbiyaning nazariyasi va
metodikasi shakllanabordi. Bu davrning xarakterli tomoni shundaki, fan sifatida jismoniy tarbiya jamiyat
hayotining boshqa jabhalariga ham ta'sir kursata boshladi. Jismoniy tarbiya sohasi nazariyasi olimlaridan
biri Petr Fransevich Lestaft uzining tarix metodikasiga oid asarlari bilan hozirgi zamon jismoniy tarbiya
nazariyasi va metodikasi mustaqil ilmiy-nazariy va uquv fani (predmeti) ekanligini ilmiy-amaliy
isbotladi.
Beshinchi davr - rivojlangan mamalakatlar va sobiq shurolar davlati olimlarining izlanishlari davri bulib,
fanning intensiv rivojlanishi materialistik dialektikaga asoslangan holda usha davrda progressiv
hisoblangan metodlarga tayanib amalga oshirildi.
Jismoniy tarbiya muammolarini kompleksli hal etishda butun bir olimlar jamoalari, mutaxassislashtirilgan
ilmiy va uquv muassasalari samarali mehnat qildilar. Amaliy materiallarning mulligi, yangi
qonuniyatlarning ochilishi, dastlabki yagona jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasining
differentsiyalanishiga olib keldi. Yangi maxsus fanlar “Jismoniy madaniyatni tashkillash va boshqarish”
“Jismoniy mashqlar biomexaniqasi” , “Sport psixologiyasi”, “Sport metrologiyasi”, “Sport fiziologiyasi”,
“Davolash fizkul'turasi”, “Jismoniy mashqlar gigienasi” va boshqalar ajralib chiqdi. Yuqoridagi
fanlarning ayrim sohalari qator aralash fanlarning bilimlaridan keng foydalanish lozimligini kursatdi.
Masalan, bolalarning sport mutaxassisligi muammosi -bu faqatgina sport pedagogikasi muammosigina
bulib qolmay, ijtimoiy , psixologik, sotsiologik va biologik muammolardir. Jismoniy tarbiya nazariyasi va
metodikasi kursida pedagogik jarayon muammolarini umumiy psixologiya, pedagogika, fiziologiya va
boshqa fanlarning dalillarisiz tula izohlab, isbotlab bulmaydi.