Õzbekiston respublikasida jismoniy madaniyat tizimini rivojlanis-fayllar.org
1.3. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasining boshqa fanlar bilan bog'liligi Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi qator ilmiy fanlar bilan chambarchas bog'liq. Harqanday fan
faqatgina uzining ilmiy izlanishlari bilan chegaralanib qolsa tulaqonli samara beraolmaydi. Jismoniy
tarbiya nazariyasi va metodikasi bir necha fanlar qushilishi orqali maxsus pedagogik muammolarni hal
qiladigan predmetga aylangan.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi umumiy pedagogika, psixologiya, inson umrining yoshi
davrlarining psixologiyasi va jismoniy tarbiya psixologiyasining ilmiy izlanishlari natijalaridan
foydalanadi. Ayniqsa, sport pedagogikasi barcha fanlar bilan uzviy bog'langan. Oldingi yagona,
bulaklarga bulinmagan jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasidan alohida pedagogika fanlari ajralib
chiqdi, bular qatorida sport pedagogikasi fanlari ham, lyokin ularning sunggi rivojida bir-biri bilan uzaro
uzviy bog liqligi namoyon buldi. Mustaqil fanlar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi ishlab chiqqan
umumiy qoidalarga tayanadi, olingan aniq dalillaryangi umumlashtirishlar uchun materialdir. Bu degani,
jismoniy tarbiyaning butun pedagogik muhitini uz ichiga olgan boshlangich, keng ilmiy izlanish va
uqitish predmetidan asta-syokinlik bilan maxsus sport sohasi fanlari ajralib chiqaboshlaganligidir:
gimnastika, engil atletika, sport o’yinlari fanlari va h. k.lar. Ammo jismoniy mashqlarning alohida turlari
uchun kerakli bulgan, nisbatan umumiy qonuniyatlar, qaysiki, hamma turlar uchun ta'sir kursata olganlari
alohida fan bulib ajralmadi va ajralib chiqishi ham mumkin bulmasdi. Ana usha qonuniyatlarni ishlab
chiqish hozirgi zamon jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanining asossini tashkil qiladi.
Biologiya fani bilan bog liqligi -jismoniy tarbiya vositalarini shug ullanuvchilar organizmiga ta'siri
reaktsiyasiniurganish kerakligiga aloqalordir. Jismoniy tarbiya jarayonini samarali boshqarish anatomiya,
fiziologiya, bioximiya, sport tibbiyoti fanlarining qonuniyatlarini hisobga olish bilangina amalga
oshirilishi mumkin.
Shuni esda saqlash lozimki, jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasining boshqa fanlar bilan bog' liqligi
bir tomonlama bulmay, ikki tomonlamadir. Jismoniy tarbiya haqidagi fanning rivojlanishi aralash
fanlarga ta'sir etmay qolishi mumkin emas. Masalan, sportning nazariyasi va amaliyoti psixologlar va
fiziologlarning bolalar va katta yoshdagilar organizmining potentsial imkoniyatlari degan tasavvuriga
aytarli tuzatishlar kiritilishiga olib keladi.