111
31-§. Nerv sistemasi va sezgi organlari
qoladi va nasldan naslga o‘tadi. Bitta turga kiruvchi hamma
hayvonlarning shartsiz reflekslari bir xil bo‘ladi.
Shu bilan birga hayvonlarning hayoti davomida hosil bo‘ladigan
reflekslar ham bor. Agar akvariumdagi baliqlarga biror signal bilan
ta’sir etib, masalan, chiroq yoqib oziq berilsa va bunday oziqla-
nish
bir necha bor takrorlansa, bu signal oziq berilmaganda ham
baliqlarni jalb qila boshlaydi. Hosil bo‘lgan bunday reflekslar
shartli
reflekslar deyiladi. Shartli reflekslar nasldan naslga o‘tmaydi va uzoq
saqlanib qolmaydi.
1. Baliqlarning orqa miyasi qanday tuzilgan?
2. Baliqlarning qaysi sezgi organlari rivojlangan?
3. Yon chiziqlar qanday vazifani bajaradi?
4. Baliqlarda shartsiz reflekslar qanday hosil bo‘ladi?
5. Shartli reflekslar qanday hosil bo‘ladi?
Baliqlar sezgi organlarini ular uchun xos belgilar bilan birga juftlab yozing:
a) ko‘zlar;
1) sezgir hujayrali xaltachalar;
b)
hid bilish;
2) tananing ikki yonida joylashgan;
d) yon chiziqlar;
3) qovoqsiz, yumilmaydi;
e)
eshitish;
4) bosh suyaklari bilan qoplangan;
f) ta’m bilish;
5) og‘iz, halqum va tana yuzasida bo‘ladi;
g) tuyg‘u.
6) mo‘ylovlardan iborat.
1. Baliqlar yon chiziq yordamida:
a) suv oqimi va tovushni payqaydi;
b) oziq mazasini biladi;
d)
suv oqimi, bosimi va to‘siqni sezadi.
2. Baliqlar miyachasi:
a) harakatni boshqaradi;
b) hazm qilish organlari ishini boshqaradi;
d) nafas olish organlari ishini boshqaradi.
Dostları ilə paylaş: