37
pufaklik davriga o‘tadi. Suyuqlik bilan to‘lgan
pufakcha finna
de
yiladi. Finnali go‘shtni yaxshi pishirilmasdan iste’mol qilgan
odam uni o‘ziga yuqtiradi. Odam –
qoramol tasmasimon chu-
valchangining asosiy xo‘jayini, qoramollar esa oraliq xo‘jayini
hisoblanadi.
Yassi chuvalchanglarning kelib chiqishi.
Yassi chuvalchanglar
orasida eng qadimgisi ichaksiz kiðrikli chuvalchanglar hisoblanadi.
Ular tuzilishi bo‘shliqichlilarning lichinkasiga o‘xshash bo‘ladi. Ke-
yinchalik kiðrikli chuvalchanglarning parazit
yashashga moslashishi
tufayli tuzi
lishi soddalashib borgan va ulardan so‘rg‘ichlilar hamda
tasmasimon chuvalchanglar kelib chiqqan.
1. Jigar qurti qanday tuzilgan?
2. Jigar qurti qanday rivojlanadi?
3. Jigar qurtining asosiy va oraliq xo‘jayinlari qaysi hayvonlar bo‘ladi?
4. Qoramol tasmasimon chuvalchangi qanday tuzilgan?
5. Qoramol tasmasimon chuvalchangi qanday rivojlanadi?
6. Qoramol tasmasimon chuvalchangi odam va qoramollarga qanday yuqadi?
Terminlarni ularga mos keladigan tushunchalar bilan birga juftlab ko‘r sating.
a) lichinka;
1) tasmasimon chuvalchanglarning
yuqumli pufak davri;
b) oraliq xo‘jayin;
2) so‘rg‘ichlilarning noqulay sharoitga chidamli davri;
d) asosiy xo‘jayin;
3) hayvonlarning
voyaga yetmagan davri;
e) sista;
4) lichinka parazitlik qiladigan organizm;
f) finna;
5) voyaga yetgan
parazit yashaydigan organizm;
g) so‘rg‘ich.
6) yopishuv organi.
Dostları ilə paylaş: