Mavzu. Nafas olish mashqlari. (2 soat)
Nafas olish ifodali o‘qishning asosi ekanligi. Alohida olingan tovushlar
talaffuzi. Tez aytishlarda nafas olishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Mavzu. Orfoepik qoidalar va ularning amaliyoti. (2 soat)
Ertaklarni ifodali o‘qish. Aka-uka Grimmlarning “Tulki bilan g‘ozlar” asari
matni ustida ishlash.
Mavzu. She’rlarni ifodali o‘qish mashqi. (1soat)
She’riy matnlarni ifodali o‘qishning insonga estetik zavq berishi, tuyg‘ularini,
hissiyotlarini nafislashtirishdagi ahamiyati. “Ko‘pdin berikim...” (Zahiriddin
Muhammad Bobur).
Mavzu. Intonatsiya haqida umumiy ma’lumot (1 soat).
Intonatsiyaning fikr va tuyg‘ular ifodasidagi o‘rni hamda ahamiyati. “O‘zbekiston”
she’ridan parcha. (Abdulla Oripov.) “Yaxshiyamki, bu yurtning...” (Anvar Obidjon),
“Muallim” (Ikrom Otamurod), “Antonim” (Kavsar Turdieva).
Mavzu. To‘xtam (pauza) (2 soat). Uning rang-barang ko‘rinishlari, vazifasi va
ahamiyati.
Dostları ilə paylaş: