she’riy va nasriy nutq xususiyatlarini ifodali o‘qishda aks
ettira oladi;
turli janr va hajmdagi 3-4 ta she’riy matn yoki uning parchasini yoddan
ifodali ayta oladi.
Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi:
A2
asarda tasvirlangan
voqea-hodisalar, qahramonlarning fazilat
va nuqsonlarini
o‘qituvchi yordamida izohlay oladi.
A2+
xalq og‘zaki ijodi, mumtoz, zamonaviy va jahon
adabiyotiga oid asar va
uning qahramonlariga yozma hamda og‘zaki tarzda qisqacha tavsif bera oladi.
Nazorat ishi: Insho va uning tahlili.
(2 soat, A2+: 3 soat)
Takrorlash: (1 soat)
Nazorat ishi: Test topshiriqlari asosida. (1 soat)
Sinfdan tashqari o‘qilgan asarlar muhokamasi. (1 soat, A2+: 2 soat)
O‘quvchilar sinfda va mustaqil o‘qishlari, yod olishlari lozim bo‘lgan
asarlar:
Abdulla Avloniyning “Vatan” she’ri.
Abdulla Oripov. “O‘zbekiston” she’ri.
Erkin Vohidov. “Nido” dostonidan parcha.
Nodar Dumbadze. “Hellados” hikoyasi.
Dostları ilə paylaş: