asarda tasvirlangan voqea-hodisalar, qahramonlarning fazilat va nuqsonlariga
munosabat bildira oladi.
A2+
musiqa yoki rangtasvir asari zamiridagi badiiy jozibani his qila oladi.
Nazorat ishi. Insho va uning tahlili.
(2 soat, A2+: 3 soat)
Nazorat ishi: Test topshiriqlari asosida. (1 soat)
Takrorlash: (1 soat)
Sinfdan tashqari o‘qilgan asarlar muhokamasi: (1 soat, A2+: 2)
25-26-mavzu. Said Ahmad. “Qoplon”, “Sobiq” hikoyalari. (2 soat)
Adibning hayoti va ijodi haqida qisqacha annotatsia.
“Qoplon” hikoyasida laganbardor va manfaatparast kimsa tabiatiga xos
illatlarning tasvirlanishi. Qurbonboy va qoplon obrazlarini taqqoslab baholash
zarurligi. “Sobiq” hikoyasida ishlab chiqarishni mafkuraga moslashtirgan sho‘ro
tuzumi tartibotining muayyan shaxs taqdirida namoyon bo‘lishi. Hikoyalarning til
xususiyatlari, muallif nuqtayi nazarining yashirin ifodalanishi.
27-mavzu. Musa Jalil. “Ishonma” she’ri. (1 soat, A2+: 2)
Musa Jalil hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot.
Shoirning Ikkinchi jahon urushi yillarida asirlikka tushishi va Maobit
qamoqxonasida qatl etilishi. “Maobit daftari” she’rlar turkumining yaratilish tarixi.
“Ishonma” she’rining g‘oyaviy mazmuni. Asir shoir qalbidagi shubha va
gumonlarning she’rda o‘z ifodasini topishi. O‘z Vatanini sevgan inson iroda
kuchining she’rda badiiy mujassamlanganligi.
Dostları ilə paylaş: